|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 446
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
shaxsiy fazilatlarini shakllantirishga nima va qanday ta'sir qilishini bilish imkonini beradi. Bu
pedagogik ta'sir natijalarining ta'lim maqsadlariga muvofiqligini tekshirish va ta'lim jarayonining
mazmuni va uslubiga zarur qo‘shimchalar, tuzatishlar, tuzatishlar kiritish va boshqarish imkonini
beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Pedagogik faoliyatga kirish: darslik. / A.S. Robotov, T.V. Leontiev, I. G. Shaposhnikova
[va boshqalar]. – 2000. –y. 36-41. b
2. Pedagogika. Umumiy pedagogika asoslari. Didaktika: darslik. / I.I.Prokopiev, N.V.
Mixalkovich. - Minsk: TetraSystems, 2002. - y. 171-187. b
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV SIFATINI OSHIRISH JARAYONIGA
YANGICHA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI TAQBIQ ETISH OMILLARI
Qo‘ldoshev Sanjar O‘tkir o‘g‘li
Jizzax viloyati yuridek texnikumi o‘qituvchisi
Mana bir necha asrlardan buyon fan va ta’lim paydo bo‘libdiki yangidan yangi pedagogik
texnologiyalar yaratish va O‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashtirish hamda
amalyotda qo‘llash ustida ko‘plab olimlar ish olib borishgan va hali ko‘plab ochilmagan
metodlarni topib qo‘llashga harakat qilishmoqda.
Pedagogika sohasi yaralganidan buyon «Pedagogik texnologiya», «Ilg‘or pedagogik
texnologiya» kabi tushunchalar kopdan kop uchramoqda va turlicha izohlanmoqda.
Texnologiya so‘zi yunoncha bo‘lib, “texne” – mahorat, san’at; “logos” –ta’limot ma’nolarini
bildiradi. Bu so‘z sanoatda yoki qishloq xo‘jaligida tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish
jarayonida qo‘llanadigan usul va metodlar yig‘indisini bildiradi. Ta’lim jarayoniga nisbatan esa
bu tushuncha o‘qish va o‘qitishning o‘zaro uzviyligini, aloqadorlik bosqichlarini ajratish, ta’lim-
tarbiya jarayonida belgilangan maqsadga erishish uchun bajariladigan ishlarni muvofiqlashtirish,
ularning ketma-ketligi va bosqichma-bosqichligini ta’minlash, rejalashtirilgan barcha ishlar va
amallarni talab darajasida bajarishni anglatadi. Boshqacha aytganda, ta’lim texnologiyasi
tushunchasi ta’lim berish san’ati, ta’lim berish mahorati ma’nolarini ifodalaydi. Yangi pedagogik
texnologiya deyilganda ta’lim berish san’atini ishga solib, uni samarali tashkil etish, uni jahon
andozalari darajasiga ko‘tarish tushuniladi139.
Pedagogik texnologiya tushunchasi esa ta’limga yangi innovatsion texnologiyalar, texnik
vositalar, metod va usullar, yordamida ta’limni san’at darajasiga olib chiqish hamda har bir
oquvchi bilan yakkama yakka yolg‘iz uning ruhiy kechinmalaridan kelib chiqqan holda
metodlardan foydalanish demakdir.
Yangi pedagogik texnologiyalarda esa o‘quvchi asosiy o‘rinda yani o‘sha jarayonning
subyekti oqituvchi esa jarayon yaratuvchisi vazifasini bajaradi. Dars jarayonida o‘quvchi faol
shaxs sifatida harakat qiladi hamda dars mashgulotlari jarayonida olgan bilim va ko‘nikmalarini
amalda faol qo‘llaydi va esga oladi.
Yangi pedagogik texnologiyaning asosiy vazifasi o‘quvchini mustaqil fikr yuritishga, bilim
olishga, yangidan yangi narsalarni kashf qilishga undaydi.
Pedagogik texnologiya o‘quvchilarning qiziqishlarini oshirishga yanada ko‘proq bilim
egallashga, uz fikrini to‘laqonli va aniq bayon qilishni o‘rgatadi. Pedagogik texnologiya jarayoni
uchun eng asosiy talablardan biri talaba o‘quvchi qiziqishlari va sohasidan kelib chiqqan holda
ko‘proq bilim berish.
139
http://www.elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/11982-yangi-
pedagogik-texnologiya-tushunchasi
|
| |