|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 442
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Texnologiya o‘zining egiluvchanligi, natijalarning turg‘unligi, smaradorligi, oldindan
loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi.
Ob'ektiv borliqni o‘rganishhning tizimli yondasish metodi fanda keng ko‘lamda
qo‘llanilgach, uning ta‘siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus
olimasi N.F.Talizina texnologiyani “belgilangan o‘quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini
aniqlashdan iborat” deb tushuntiradi. Shuningdek, olima zamonaviy o‘qitish texnologiyasi haqida
fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qaras lozimligini uqtiradi: O‘qitish texnologiyasi – bu o‘quv
jarayonini nima real tavsiflasa o‘sha, o‘qituvchiga o‘rnatilagan maqsadlarga erishish uchun
nimaga tayanish zarur bo‘lsa. PTni fan sifatida e‘tirof etish G.K.Selevko tomonidan ham
ma‘qullandi: “Pedagogik texnologiya o‘qitishning birmuncha oqilona yo‘llarini tadqiq qiluvchi
fan sifatida ham, ta‘limda qo‘llaniladigan usullar, printsiplar va regulyativlar sifatida ham real
o‘qitish jarayoni sifatida mavjuddir”.
Yuqorida keltirilga ta‘riflardan ko‘rinib turibdiki, PT belgilangan boshlang‘ich maqsad va
mazmun asosida o‘quv jarayonini loyihalash sifatida talqin etilayapti. Bu bir jihatdan to‘g‘ri, lekin
teranroq fikr yuritilsa uning bir yoqlamaliligi ko‘zga taslanadi yoki bunday yondashuvlarda
o‘quvchi shaxsi inkor etilayapti. Bu kamchiliklarni birinchi bo‘lib akademik V.P.Bespalko
payqadi va o‘zining yirik asarida “PT – bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda
pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining
loyihasidir” deb ta‘rifladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirisga
imkoniyatlar yetarli. Nazariya va amaliyot birligining ta‘minlanishi PTning asl mohiyatini
aniqlashga yo‘l ochadi. Fikrimizcha, yangi PT fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta‘lim
amaliyotini maqbullastirishga yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. PT bu sohadagi
nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi.138
Pedagogik texnologiya o‘qitishning rejalashtirilgan natijalariga erishishni kafolatlaydi.
Bunga, faqat o‘quv jarayoni boshqariladigan taqdirdagina erishish mumkin. Boshqariluvchilik
tamoyilining ahamiyati shu bilan belgilanadi. Boshqarish – jarayonni rejalashtirilgan maromda
amalga oshirish, o‘qitish maqsadlariga erishish dasturini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi.
Mazkur tamoyil o‘qitishning joriy natijalarini ko‘p bosqichli diagnostik (tashxisiy) tekshiruvlar
o‘tkazish imkoniyatini, - ko‘zda tutadi butun o‘qitish davrida o‘qitish jarayonini boshqarish asosan
didaktik testlardan foydalanib amalga oshiriladi. O‘qitish jarayonida didaktik testlardan
foydalanish, teskari aloqani ta’minlaydi. Teskari aloqa natijalarining tahlili, ko‘zlangan natijaga
erishish uchun vositalar va uslublarni o‘zgartirish orqali o‘qitish jarayonini boshqarish
imkoniyatini beradi. Boshqarilish tamoyili, o‘qitish jarayonini va shu bilan birga uning natijalariga
muntazam ravishda tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi.
Pedagogik texnologiya - bu o‘quv jarayonini zamonaviy tashkil etish tizimi bo‘lib, u
ta'limning zaruriy sifatini ta'minlaydi va jadallashgan ilmiy-texnik taraqqiyot talablariga javob
beradigan, ta'lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish jarayonlarini texnika
va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etishning izchil
metodidir. Ta'lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi
bo‘lib hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta'sirini hisobga olgan
holda ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni
o‘zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi
(YuNESKO).
Ta'lim jarayonida yangi innovatsion texnika-texnologiyalardan foydalangan holda dars
o‘tish, so‘nggi texnikalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalaridan foydalangan holda
mashg‘ulotlar o‘tkazish, mutaxasislik bo‘yicha, masalan kimyo sohasidagi so‘nggi innovatsiyalar
138
Shamsiyeva Mohigul Olimjon qizi " Ta'limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan
foydalanish davr talabi bo'lib, u ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi"
|
| |