|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 443
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
haqida ma'lumotlar keltirib, jahon tajribasidan namunalar keltirib o‘tish talabalarni yangilik
yaratish ruhida tarbiyalashga turtki bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha ta'lim jarayonida avval qiziqish uyg‘otib, motivatsiya berib, so‘ngra
raqobat muhiti yaratilsa talabalarda innovatsiya yaratishdagi yashirin qobiliyatlari uyg‘otiladi va
albatta rag‘batlantirish amalga oshirilsa ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Talabalarga ilm-fan va
innovatsiya yaratishda yutuqlarga erishgan insonlardan misol keltirib, iloji bo‘lsa ulardan birini
o‘rnak bo‘luvchi inson sifatida darsga taklif qilib,yoki innovatsiyalar markaziga talabalarni
ekskursiyalarga etishni yo‘lga qo‘yilsa maqsadga tezroq erishilgan bo‘lardi.
Innovatsiyalar yarmarkasiga va hududdagi IT parklarga talabalarni ekskursiyaga etishni
tashkil qilsak ta'limda berilgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashda erishilgan yutuqlarni
ko‘paytirishiga ishonamiz.
Mutaxassisligiga mos ravishda mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalariga va
zavodlarga talabalarni amaliyotga yuborishni institutlarimizda allaqachon yo‘lga qo‘yganmiz.
Lekin bizning taklifimiz shundan iboratki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining
ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan bir vakilni faxriy mehmon sifatida institutga taklif qilib,
seminarda shaxsan nutqlarini eshitish sharafi va bundan olingan taasurotlar ko‘lami iqtidorli
talabalarni ruhlantirgan bo‘lardi.
Innovatsion ta'lim (ingl. "innovation"-yangilik kiritish,ixtiro) ta'lim oluvchida yangi g‘oya,
me'yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me'yor, qoidalarni
tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllanirish imkoniyatini yaratadigan ta'lim.
Innovatsion ta'lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta'lim
texnologiyalari yoki ta'lim innovatsiyalari deb yuritiladi.
O‘qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib darsni tashkil etar ekan, turli texnik
vositalardan ham (kompyuter, proyektor, elektron doska va hokazo) foydalanishi, interfaol
metodlar asosida dars o‘tishi ham mumkin. O‘qituvchining faoliyatida innovatsiyalar qanchalik
ko‘p bo‘lsa, mazmun shunchalik oshadi. Ta'limda innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlar
haqidagi tasavvurlar barqaror va mukammal shaklga ega emasligini ham e'tirof etish lozim. Har
bir o‘qituvchi ta'limda individual ravishda yangilik kiritishi mumkin. O‘z fanining mazmun-
mohiyati, mavzulari, shu sohadagi yaratilgan ilm-fan yutuqlari va innnovatsiyalar haqida yangi
ma'lumotlarni o‘rgangan holda o‘qitish jarayonida ularni qo‘llab, misollar keltirib, ta'limda yangi
metodni yaratishi, hamda shu asosida dars o‘tishi mumkin. Innovatsion texnologiyalar o‘qituvchi
o‘z faoliyatidan qoniqmasligidan kelib chiqadi, uni yaxshilashga doir yangilik kiritishga harakat
qiladi.
|
| |