|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 440
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
ajralib turadi va hunarga ega bo‘lish uchun bepul imkoniyat yaratadi. Kasb-hunar ta’lim dasturi
ham nazariy, ham amaliy o‘qitishni o‘z ichiga oladi.
Litseydagi ta’lim bepuldir. O‘qitish o‘quvchining o‘zlashtirish qobiliyatilariga asoslangan
holda 2 yildan 4 yilgacha davom etadi. Milliy umuta’lim o‘quv rejasi majburiy predmetlar shakliga
ega. Bundan tashqari, o‘quvchi o‘z xohishi bo‘yicha bir qator predmetlarni litsey o‘qitish kursini
bajarish uchun tanlaydi. Ikkinchi bosqich ta’limi diplomini olgandan so‘ng, o‘quvchi oliy o‘quv
yurtida ta’lim olishni davom ettirishi va universitet yoki oliy kasb-hunar ta’lim muassasasiga hujjat
topshirishi mumkin. Abiturient universitet yoki oliy kasb-hunar ta’lim muassasasiga kirish uchun
kirish imtihonini topshirishi kerak. Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli ravishda o‘tgan talaba, oliy
ta’limning ikki bosqichli kursini olish huquqiga va bakalavr unvoniga ega bo‘lishi, yoki yanada
uzoqroqqa ketib, qo‘shimcha kirish imtihonini talab qilmaydigan magistr unvoniga ham ega
bo‘lishi mumkin. Ta’lim olish va bitiruv imtihonlari bepuldir. Amalga oshirilayotgan talabalar,
o‘qituvchilar va tadqiqotchi-olimlar almashinuvi xalqaro bog‘lanishlarni ta’minlaydi. Ta’lim
olishning bepulligi, fin oliy ta’lim muassasalarining boshqa davlatlarning talabalari uchun
jozibador bo‘lishining muhim omilidir. Ta’lim bir vaqtning o‘zida ham tekin, ham bepul bo‘lishi
mumkinligi, xorijiy mutaxassislarning ancha hayron bo‘lishlariga olib keladi. Fin ta’lim tizimining
asosiga ham iqtidorli, ham harakatchan, ham boshqalarning ko‘magiga muhtoj bo‘lgan barcha
o‘quvchilarga istisno qilmagan holda, ta’lim darajasini yuksaltirishning bepul muqobil turlarini
taklif qilish g‘oyasi kiritilgan. Ta’lim olish imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumot berish maktab
kuratori orqali amalga oshiriladi. Talaba kreditlari tizimi o‘qish davrida iqtisodiy yordam berish
uchun mo‘ljallangan. Finlyandiyada ta’lim olishning bepulligi, ta’lim tizimining tenghuquqli va
adolatli ekanligini ko‘rsatmoqda. Sonya Kosunen, Doktorant, ta’lim vazirining parlamentdagi
sobiq yordamchisi.
Finlandiya o‘rta maktablari xalqaro taqqoslashlar davomida qoyilmaqom natijalarni
ko‘rsatdi. O‘rta maktab tenghuquqlilik omili bo‘yicha quriladi. Barcha yosh guruhlari, o‘quv rejasi
hamma uchun yagona bo‘lgan bir xil maktabga boradilar. Maktab bepuldir. Jamiyat maktab
ta’limini tashkillashtirish uchun javobgardir. Xususan, PISA (Xalqaro talabalar ta’lim yutuqlari
tadqiqotlari) xalqaro tadqiqotlaridagi Finlyandiyaning natijalari ortida, fin o‘qituvchilarni
tayyorlash tizimi turibti. O‘qituvchilik kasbi Finlyandiyada doimo yuqori obro‘ga ega bo‘lgan.
Maktab islohotining maqsadi, maktabni tanlashda o‘quvchining ijtimoiy kelib chiqishining
ta’sirini tenglashtirishdan iborat edi. Boshlang‘ich o‘rta maktabning vazifasi, har bir o‘quvchini
har qanday katta maktab ta’lim muassasasida o‘qishni davom etish uchun etarli bo‘lgan bilim va
qobiliyatlar miqdori bilan ta’minlashdan iborat edi. Maktabning vazifasi hanuzgacha ham yangi
ish kuchini shakllantirish va fuqarolikni tarbiyalashdan iboratdir. Zamonaviy maktab o‘zining
atrof muhiti bilan chambarchas bog‘liqdir. Otaonalarni maktab faoliyatiga o‘z farzandlari bilan
birga jalb qilishga harakat qilishmoqda, madaniyatlar xilma-xilligi ta’lim jarayoni uchun yangi
vazifalarni yaratmoqda va jamiyat yuqori tezlikda o‘zgarmoqda. Pedagoglarning faqatgina ilmiy
darajada tayyorligi etarli emasdir.
Finlyandiyada o‘qituvchilik kasbi ayniqsa o‘z davrining iqtidorli odamlarini Hozirgi kunda
Finlyandiyada, yangi axborot texnologiyalarining innovatsion o‘quv faoliyatiga taqdim qiluvchi
o‘quv muhiti va imkoniyatlarini axborotlashtirishga aloqador bo‘lgan, keng qamrovli o‘qituvchilar
malakasini oshirish kurslari tashkil qilingan.
Oxirgi yillarda mamlakatlar orasida musobaqaning yangi turi paydo bo‘ldi: o‘quvchilarning
o‘zlashtirishini baholash. Xususan, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) ushbu
masalada qiziqish bildirdi, hamda o‘qish va imlo, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha
o‘quvchilarning bilim, qobiliyat va ko‘nikmalarini taqqoslashni tashkillashtirdi. Ushbu tadqiqot
PISA (PISA= Programme for International Student Assessment, yoki Xalqaro talabalar ta’lim
yutuqlari tadqiqotlari) nomini oldi. Baholash dasturiga 30dan ortiq mamlakatlarning 15 yoshli
o‘quvchilarining ta’lim bo‘yicha yutuqlari karitiladi. Fin o‘quvchilari barcha PISA tadqiqotlarida
yaxshi natijalar ko‘rsatdilar. Fin o‘quvchilarining ayniqsa o‘qish va imlodagi qobiliyatlari xalqaro
miqyosdagi e’tiborga sazovor bo‘ldi. Xorijiy olim va o‘qituvchilar mahalliy maktablar va maktab
|
| |