|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 437
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Shu o‘rinda ta’lim vositalari va ularning turlari haqida to‘xtalib o‘tsak. Ta’lim vositalari -
o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o‘qitish samaradorligini oshiruvchi
yordamchi materiallar hisoblanadi. Tarix darslarida intellektual o‘yinlardan foydalanish
samaradorligini oshirishda ta’lim vositalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarni faollashtirish, qiziqarli
va samarali o‘tkazish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki ta’lim vositalaridan foydalanish
orqali tashkil etilgan darsda o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 20 foizgacha oshishi
mumkinligi isbotlangan.134
Tarix darslarida tashkil etiladigan aqliy metodlarni qo‘llashda ta’limning texnik,
yordamchi va o‘quv – uslubiy turlaridan foydalanish o‘quvchilarga o‘quv materialini
tushunishlariga va yahshi eslab qolishlariga yordam beradi. Ta’limning texnik vositalari
diaproektr, doska blaknot, doska stend, flipchart, videofilmlar va yozuv taxtasi kiradi. Yordamchi
ta’lim vositalariga model, mulyajlar, grafik, jadval, diagrammalar, namunalar, chizmalar,
sxemalarni misol qilishimiz mumkin. O‘quv-uslubiy matiriallarga mashqlar, yo‘riqnoma, o‘quv
topshiriqlari yozilgan tarqatmalar kabilarni aytib o‘tishimiz lozim. Ushbu vositalar ko‘magida
tarix darsida intellektual metodlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarga o‘quv materialini ko‘rgazmali
namoyish etish va uni tizimli yetkazib berishga erishiladi.
XXI asrda ta’lim vositalari bo‘yicha katta o‘zgarishlar yuz berdi. Hozirgi zamon axborot va
kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlari, global internet tarmog‘ining paydo bo‘lishi va
insoniyatning ko‘p qirrali faoliyatiga kirib borishi munosabati bilan yanada keskin ortib ketdi.
Global internet tarmog‘ining keskin rivojlanishi imkoniyatlaridan foydalanish ochiq ta’lim
tizimini vujudga keltirmoqda. Zamonaviy tarix darslarida intellektual metodlardan foydalanishda
davrga mos tarzda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanish yuqori
ta’lim natijalariga erishishga ko‘maklashadi.
Tarix fanini o‘qitish va o‘rganishga yangicha yondashish, ko‘p yillik maktab tajribasiga
hamda ilmiy-tadqiqot xulosalariga asoslangan holda darslarni zamonaviy pedagogik va axborot
kommunikatsiya
texnologiyalari
asosida
olib
borish
lozim.
Tarix fanini axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, o‘qitish bugungi kunning
ustuvor vazifalaridan biridir. Asrimiz globallashuv va axborot asri deb yuritilmoqda.
Darhaqiqat, har tomonlama rivojlanayotgan jamiyat taraqqiyotini bugun axborot
texnologiyalarsiz, ayniqsa, kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Zamonaviy kompyuter vositalari
va multimedia texnologiyalari ta’lim jarayonida didaktik material tayyorlash vazifasini
yengillashtiradi. Kompyuter bilan didaktik materiallarni uyg‘unlikda qo‘llash, o‘rganilayotgan
mavzuni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishga katta yordam beradi.135
Axborot kommunikatsiya vositalari o‘qitish va o‘rganish sifatini ko‘tarishga
o‘quvchilarning o‘quv materialini qiziqib o‘rganishga va puxta o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.
O‘qitishning axborot kommunikatsiya vositalari ekran qo‘llanmalar ya’ni animatsiyalar, internet
ma’lumotlari, videofilmlar, kinofilmlar, radio teleeshittirish va boshqalar kiradi. Ammo axborot
kommunikatsiya vositalari o‘qitish jarayonida o‘qituvchining o‘rnini bosa olmaydi. Shuning
uchun o‘qituvchi moderatorlik vazifasini a’lo darajada bajarishi kerak bo‘ladi.
Dars jarayonida ya’ni bitta mavzudagi dars bo‘yicha darslikda illyustratsiyalar, devoriy
(tablitsa) jadvallar, doskaga sxematik suratlar ishlanishi mumkin, yana film va boshqalar ham
bo‘lishi mumkin. Masalan: O‘rta asrlar Yevropa davri madaniyati haqidagi darsda darslikdagi
(rangli) illyustratsiyalar, davriy jadvallar, videofilmdan ham foydalanish mumkin.
Xitoy faylasufi Konfutsiy: “Eshitganimni yodimdan chiqaraman, ko‘rganimni eslab
qolaman, mustaqil bajarsam, tushunib yetaman», deb bejiz aytmagan. Ta’limda axborot hamda
pedagogik texnologiyalarni qo‘llaganda, o‘quvchilar eshitish, ko‘rish, ko‘rganlari asosida
mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘qitishning zamonaviy
pedagogik texnologiyalari qatoriga kompyuter texnologiyasini kiritish zarurati kundan kunga
oshib bormoqda.
134
A.R.Rahmatullayeva. Oliy ta’limda tarix fanlarini o‘qitish metodikasi. Toshkent. 2018. 46-bet.
135
Toshpulatov T, G‘afforov Ya. Tarix o‘qitish metodikasi.T., 2000. 47-48 betlar.
|
| |