|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 438
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, tarix darslarida intellektual o‘yinlardan foydalanish
samaradorligini oshirishda ta’lim vositalarining o‘rni muhim hisoblanadi. Ta’lim vositalaridan
texnik, yordamchi, o‘quv-uslubiy va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali aqliy
metodning samaradorligini oshirilishiga erishiladi. O‘quvchilar dars jarayonida muhim tarixiy
faktlarni o‘zlashtirishlari va ular haqida aniq tasavvur hosil qilishlarida ta’lim vositalaridan
foydalanish eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Shuningdek, Intellektual metodlarda
ta’limning zamonaviy vositalari tarix fanini o‘qitishda ko‘rsatmalilik va samaradorlik
ko‘rsatgichini yanada oshiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. F.Axmedshina, F.Aqchayev, Tarix fanini o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan
foydalanish. Toshkent, 2018.
2. Toshpulatov T, G‘afforov Ya. Tarix o‘qitish metodikasi.T.,2000
3. Sa’diev A.Maktabda tarix o‘qitish metodikasi. T., 2011
4. Aqchayev F. Tarix fanini o‘qitishda innavatsion texnologiyalar. Jizzax “Sangzor” 2014.
5. N.A. Muslimov, M.Usmonboeva, M.Mirsolieva Innovatsion ta’lim texnologiyalari va
pedagogik kompetentlik. Toshkent, 2016.
6. A.R.Rahmatullayeva. Oliy ta’limda tarix fanlarini o‘qitish metodikasi. Toshkent. 2018.
TA’LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI O‘RNI
Ochilova Nargiza G‘aybullayevna
JDPU Musiqa madaniyati fakulteti o‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Mazkur maqolamizni Finlandiya ta’lim tizimiga bir nazar solish bilan boshlashni joiz deb
bildik. Finlandiyada ta’lim jarayoni unga hissa qo‘shgan nufuzli davlat va jamoat arboblari,
olimlarning fikrlari joy olgan. Undan so‘ng maqolamizni asosiy qismi boshlanadi.
Finlyandiya o‘z mustaqilligining yuz yilligini nishonlayotgan yilda, boshlang‘ich o‘rta
maktab yarim asrdan beri faoliyat yuritmoqda. Xalq maktablari va pullik o‘rta ta’limdan chiqib
ketishda qarshiliklar kuzatildi. Islohotlarga qarshi chiqqanlar, yangi tizim ta’lim darajasining
pasayib ketishiga olib kelishi va iqtidorli bolalarga o‘zlarini ko‘rsatishga imkon berolmasligini
ta’kidladilar. Biroq, o‘tgan yarim asr bizning qarorimiz to‘g‘ri bo‘lganligini ko‘rsatdi. O‘rta
maktablarimiz o‘quvchilari PISA (Xalqaro talabalar ta’lim yutuqlari tadqiqotlari) xalqaro
tadqiqotlarida qoyilmaqom natijalarga erishdilar va bizning ta’lim muassasalarimiz keng xalqaro
e’tibor ob’ektlaridir. Muvaffaqiyatimizning siri nimada? Barchasining asosida boshlang‘ich o‘rta
maktabning yagona tuzilmasi va unga biriktirilgan holda, o‘quvchilarning farovonligini
ta’minlashga yo‘naltirilgan turli toifadagi xizmatlar yotibti. Boshlang‘ich o‘rta maktab – bu
ma’lum ma’nodagi fin jamiyatining mitti holatidir. Turli xil oilalardan kelgan va turli darajadagi
iqtidorga ega bo‘lgan o‘quvchilar bir guruhda o‘qimoqdalar. Turli toifadagi ko‘maklashuvchi
xizmatlar, o‘quv qo‘llanmalari va issiq ovqatni o‘z ichiga olgan ta’lim jarayoni o‘quvchilar uchun
tamomila bepuldir. Ikkinchi muhim omil – bu ta’lim vazifalari bilan bir qatorda, bolalarning
ijtimoiy, axloqiy va jismoniy rivojlanishi bo‘yicha farqlarini ham e’tiborga oluvchi o‘quv rejasidir.
Tabiiyki, oliy ma’lumotga ega va o‘z ishiga sodiq bo‘lgan malakali o‘qituvchi markaziy omil
bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchilar o‘z ishlarida keng miqyosdagi pedagogik muxtoriyatga va ham
o‘z o‘quvchilarining ota-onalari, ham boshqaruvning ishonchiga egalar.
Bu Finlyandiyadagi maktablarga davlat komissiyalarining tekshiruvlar bilan kelmasligini va
faoliyat ustidagi ta’lim organlari nazoratining ham yo‘qligini anglatadi. Kuchli kasaba uyushmasi
tashkiloti ham o‘qituvchilarga ko‘maklashadi. SHuningdek, fin siyosatining ta’lim sohasidagi
barqarorligi, hamda an’ana va urf odatlarni amaliy ravishda birlashtirish qobiliyatimiz muhim omil
bo‘lib xizmat qiladi. Biz islohotlarni inqilobiy emas, balki evolyusion jarayonlar orqali amalga
|
| |