|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 441
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
ta’limi tizimi bilan tanishish uchun Finlyandiyaga muntazam ravishda kelib turadilar. Bundan
tashqari, fin mutaxassislari ham Finlyandiyaning ta’lim siyosati bo‘yicha ma’ruzalar o‘qish uchun
turli mamlakatlardan takliflar oladilar. Barcha xorijiy mutaxassislarning bitta umumiy savoli bor
edi: fin bolalarining o‘qish va imlodagi bunday yuqori ko‘nikmalari nimaga asoslangandir?
Bunchalik sodda tuyulgan savolga sodda javob berishning iloji yo‘qdir. O‘zlashtirishning yaxshi
ko‘rsatkichlari bir qator omillarning faoliyati natijasidir: ta’lim tizimining tuzilishi (sinf 9 yil
davomida birgalikda va bir xil tarkibda o‘qiydi), qaror qabul qilishning taqsimlangan vakolatlari
va maktablarning 141 ta’lim-tarbiya berishdagi muxtorligi, ta’lim jarayoni o‘quvchiga
yo‘naltirilgan, o‘qishdagi qiyinchiliklarga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun yaxshi ishlab chiqilgan
maxsus ta’lim tizimi, o‘quvchilarga har tomonlama ko‘maklashish tizimi (ta’lim masalalari
bo‘yicha maslahatlar berish, maktab psixologlari va ijtimoiy xodimlar, maktablardagi sog‘likni
saqlash), malakali va o‘z ishiga sodiq o‘qituvchilar tarkibi, bepul ta’lim. O‘qishdagi yutuqlarni
faqatgina maktabga aloqador hollar bilan izohlab bo‘lmaydi, chunki maktabni o‘rab turgan
atrofmuhitni ham e’tiborga olish kerak. Shuning uchun ham, XVI asrning o‘rtalarida fin tilida chop
etilgan ilk kitobning alifbe bo‘lganligi tasodif emasdir. Aholining umumiy savodxonligi nuqtai
nazaridan kelib chiqqan holda, 1660 yillarda qabul qilingan va unga binoan o‘qishning elementar
ko‘nikmalariga ega bo‘lmaganlarning uylanish va turmushga chiqishi mumkin emasligi
to‘g‘risidagi farmoyish juda ham katta turtki bo‘lib xizmat qildi. 136
Finlyandiyani ma’rifatli mamlakatga aylantirish rejalari paydo bo‘ldi. Buning uchun esa
yangi ta’lim muassasalari, ona tilidagi adabiyot, yoshlar birlashmalari va ishchilar harakati kerak
bo‘ldi. Ko‘pchilik adabiy asarlarning mazmunida oddiy xalqning hayoti yotar edi va bu narsa aholi
o‘rtasidagi o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam berar edi.
Finlarning kitob o‘qishni yaxshi ko‘rishlari to‘g‘risida so‘z borar ekan, bunda tovuq va
tuxum dilemmasini ko‘rish mumkin: kitoblar borligida ularga talab ham paydo bo‘ladi, xalq kitob
so‘ragan vaqtida esa, demokratik jamiyatda doimo taklif bo‘ladi. 137
Dastlab “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z texnikaviy taraqqiyot bilan
bog‘liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan – “texos” (techne) – san‘at,
hunar va “logos” (logos) – fan so‘zlaridan tashkil topib “hunar fani” ma‘nosini anglatadi. Biroq
bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim
zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-
ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon – bu
mehnat qurollari bilan mehnat ob‘ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta‘sir etishh natijasida
mahsulot yaratish borasidagi (ishchi-mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta'rifni tadqiqot
mavzusiga ko‘chirish mumkin, ya‘ni: PT – bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya)
vositalari yordamida o‘quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta‘sir ko‘rsatish va aks ta‘sir
mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishining
kafolatlaydigan jarayondir.
Yuqorida keltirilgan ta‘rifdan ko‘rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlashda texnologiya
jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta'riflar soni pedagogik
adabiyotlarda nihoyatda ko‘pdir. Pedagogik adabiyotlarda “texnologiya” atamasining xilma-xil
ko‘rinishhlarini uchratish mumkin: “o‘qitish texnologiyasi”, “O‘quv jarayoni texnologiyasi” va
hokazo.
PT o‘qitish jarayonining o‘zaro bog‘liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish,
bosqichlarini qurish, ularni joriy etishh shartlarini aniqlashtirish, mavjud imkoniyatlarni hisobga
logan holda belgilangan maqsadga erishishni ta‘minlaydi. Yoxud PT o‘qituvchining kasbiy
faoliyatini yangilovchi va ta‘limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig‘indisidir.
136
Pyayvi Lipponen, Falsafa fanlari doktori, tarix va jamiyatshunoslik o‘qituvchisi, 2011-2015
yillarda Parlament deputati.
137
Yukka Saryala, Professor, 1995-2002 yillarda Milliy ta’lim kengashining Bosh director.
|
| |