|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 453
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarning
intellektual kamchiligiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni atrof-muhit, tabiatga muhabbat, tabiatga
to‘g‘ri munosabat, tabiatni muhofaza qilish, tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish, tabiiy
boyliklarni ko‘paytirishda, ekologiyani saqlashda faol qatnashishga oid bilim-ko‘nikmalarni hosil
qilishni amalga oshirilishining ilmiy-nazariy
asoslarini
Respublikamizda defektolog
olimlarimizdan P.M.Po‘latova ishlab chiqqan.143 Ammo bu muhim pedagogik muammo hali
yetarlikcha hal etilmagan.
Mamlakatimiz katta, cheksiz tabiiy boyliklarga egadir. Ammo tabiatimiz qanchalik qudratli
bo‘lmasin bugun, albatta, u qo‘riqlanishi lozim, toki kelgusi avlodlar uning boyliklaridan
to‘laqonli bahramand bo‘lishi kerak. Tabiatni muhofaza qilish yangi jamiyatimiz qurilishining
g‘oyat dolzarb, muhim vazifalardan biridir.
Tabiiy resruslardan maxsus maktab o‘quvchilarini har tomonlama to‘g‘ri foydalanishga
o‘rgatib
borish,
biz
pedagoglarning
muqaddas
burchimizdir.
O‘zbekiston
Respublikasining«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. 144 Bu qonunga
oid hujjatlarning mohiyati, mazmuni va vazifalarini barcha maktab o‘quvchilari, jumladan, alohida
ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning intellektual kamchiligiga
ega bo‘lgan o‘quvchilari yaxshi anglagan holda ularga amal qilishi hamda bu qonunning amalda
bajarilishini ta’minlashga ham o‘z hissalarini qo‘shishlari zarur.
Oqilona yondashilgan tabiat – tan-sihatlik, salomatlik, osoyishtalik, zavq-shavq, ruhiy
boyliklarning bitmas-tuganmas manbai, u insonlarning xo‘jalik faoliyatlari uchun beto‘xtov
moddiy resurslar yetkazib turadi. Tabiatni avaylab-asrash, tabiiy holda saqlash haqida g‘amxo‘rlik
qilish hozirgi kundagi har bir madaniyatli kishining hayotiy vazifasiga aylanishi kerak.
Sog‘lom o‘quvchilar qatori alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktabning intellektual kamchiligiga ega bo‘lgan o‘quvchilarining ekologik
ongini, ekologik savodxonligini, ekologik madaniyatini shakllantirishda tabiat va undan oqilona
foydalanish to‘g‘risidagi bilimlarni ommalashtirish o‘quvchilarni ekologik tarbiyalashning asosiy
nizomi hisoblanadi.
Qonunda har bir o‘quvchining amaliy faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan.
Shubhasiz, bu alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarning,
maktab-internatlarining intellektual kamchiligiga ega bo‘lgan o‘quvchilarning shu bilan birga
uylarida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilarga ham taalluqlidir.
Yuqorida aytib o‘tilganlar ilmiy tadqiqot ishimizga “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning intellektual kamchiligiga ega bo‘lgan
o‘quvchilarning ekologik savodxonlikni oshirish yo‘llari” tadqiqot mavzusi etib tanlashga turtki
bo‘ldi.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarning
ekologik savodxonligini oshirish maqsadi ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash, tabiatni sevish, jonli
va jonsiz tabiatga mehr-muruvvatli bo‘lish, tabiat boyliklaridan oqilona, tejamkorlik bilan
foydalanishga o‘rgatish, tabiatni muhofaza qilish ko‘nikmalarin i shakllantirishdir.
Tadqiqot ishimizda Yashnaobod tumanidagi 52- sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab tadqiqot bazasi sifatida xizmat qildi.
Tadqiqot ob’ekti sifatida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
maktabning 1-sinf o‘quvchilarinig ekologik savodhonligini oshirishga qaratildi.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarida
ekologik savodxonlikni oshirish jarayonlari tadqiqot predmeti qilib belgilab olindi.
Yuqoridagi belgilab olingan maqsadlarni amalga oshirishda biz quyidagi vazifalarni belgilab
oldik:
143
Ўзбекистон Республикасининг “Табиатни муhофаза qилиш тўg‘рисида”ги Qонуни- Т.:-1993 йил 29-январ
144
П улатова П.М.Махсус мактабларда экологик таълим-тарбиянинг илмий назарий асослари.-Т.:-“Фан ва
технология”- 2009 йил.
|
| |