|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 454
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
1. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari
ekologik savodxonligini oshirishga oid adabiyotlarni o‘rganish;
2. . Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab
o‘quvchilarida ekologik savodxonlikni oshirishning eng maqbul samarli yo‘llarini aniqlash;
3. . Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab
o‘quvchilarida ekologik savodxonlikni oshirishni eksperimental tajriba –sinov ishlari orqali
takomillashtirish yo‘llarini aniqlash, umumlashtirish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot ishimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi
Qonuni, «Tabiatni muxofaza qilish to‘g‘risida»gi, «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanish to‘g‘risida»gi, «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida»gi, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qounlari, «Uzluksiz ekologik ta’lim»
konsepsiyasi, preziden asarlari, Oliy Majlis sessiyalari materiallarida komil inson shaxsini
shakllantirish borasida olg‘a surilgan fikrlarga, inson komolotiga oid sharq ijtimoiy, ma’naviy
meroslari metodologik asos bo‘lib xizmat qildi.
Aqli zaif o‘quvchilarda ekologik savodxonlikni amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
1. . Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarda
ekologiyaga, tabiatni muhofaza qilishga oid bilimlarni o‘zlashtirildi.
2. Ekologik ta’lim-tarbiyaning mazmuni.
3. Alohida ta’lim ehtiyolri bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarda
oligofrenopedagoglarning ekologik ta’lim-tarbiya bo‘yicha pedagogik mahoratga ega bo‘lishi.
4. Alohidat ta’lim ehtiyolri bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarda ularni
o‘zlashtirish darajalari hamda qiziquvchanlik qobiliyatlarini orttirildi.
5. . Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda ekologik
ta’lim-tarbiya uzviyligi ta’minlandi.
6. . Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab
o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
omillarining o‘zaro aloqadorligiga erishildi.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarida
ekologik ta’lim-tarbiyaga oid tushuncha, bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishning o‘ziga
xos xususiyatlari quyidagi talablar asosida aniqlandi:
a) Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab
o‘quvchilarining yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish;
b) Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning
o‘qituvchi-defektologlari va o‘kuvchilarning o‘zaro munosabatlari asosida ekologik ta’lim-
tarbiyaga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
v) Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarda ekologik
ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda fanlararo bog‘liqlik, ekologik tarbiyaga oid materiallardan,
matnlardan foydalanish;
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarda fanlararo
bog‘lanish asosida ekologik ta’lim-tarbiyaga oid bilimlar berish tahlili shuni ko‘rsatdiki, tabiat
haqidagi bilimlar quyidagicha o‘zlashtiriladi:
1. Jonli va jonsiz tabiatning o‘zaro aloqadorligi hamda ularning farqi.
2. Tabiat jismlari va va ularning xususiyatlari.
3. Tabiat komponentlari va xislatlari.
4. Tabiat hodisalari va ularning ta’siri. Koinot va uning Yer bilan o‘zaro aloqadorligi.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarda fanlararo
aloqa yordamida ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirish maqsadlari, muammolari, talablari
hamda uslublar aniqlandi.
|
| |