452
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni so‘zsiz amalga oshirish,
respublika hududlaridagi ekologik muammolar yechimiga ta’lim tizimini joriy qilish bilan hissa
qo‘shish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish,
ekologik ongi va
ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini
samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilab qo‘yilgan140
Dunyoning jo‘g‘rofiy-siyosiy tuzilishi o‘zgarmoqda. Bunday sharoitda inson tomonidan
biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot uchun qulay tabiiy muhitni
saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro
munosabatlarida
muvozanatlarga erishish muammosi borgan sari dolzarb bo‘lib qolmoqda».
XXI asrda tabiat bilan insoniyat o‘rtasidagi munosabatlar tobora keskinlashmoqda.
Ekologiya muammolarining keskinlashuvi insoniyatning, jumladan, maktab o‘quvchilarining
ekologik ma’lumotga bo‘lgan ehtiyojini oshirmoqda. Yer sharining, jumladan, Markaziy Osiyo,
xususan, O‘zbekiston Respublikasining turli hududlarida vujudga kelgan noqulay ekologik
vaziyat, Respublikaning iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu esa xalq xo‘jaligida tabiat zahiralaridan omilkorlik bilan foydalanadigan, shuningdek,
atrof-muhit bilan
munosabatda yuksak axloqiy, estetik fazilatlarga ega kishilarga bo‘lgan
ehtiyojlarni har qachongidan ham kuchaytirmoqda. Bu zaruriyat o‘quvchilarga ekologik ta’lim-
tarbiya berishni umumiy ta’lim, ayniqsa, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktablarda asosiy vazifalaridan biri qilib qo‘yilmoqda.
Yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga, ijtimoiy va iqtisodiy faollikka, hayotda o‘z o‘rnini
topa olish mahoratiga ega bo‘lgan, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalarning
yutuqlarini
yaxshi o‘zlashtirgan mutaxassislarning yangi avlodini tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi (yangi taxriri)141 Qonuni , “Atrof-muhitni muhofaza
qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi Davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘ristida”gi Prezident qaraorida mamlkatda ekologik havfsizlikni ta’minlash, ekologik
vaziyatni yaxshilash, qulay ekologik
holatni barqaror saqlash, ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini ta’minlash hamda sodir etilayotgan
huquqbuzarliklarning olidini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada
jonlantirish maqsadlari belgilab qo‘yilgan142 Bular bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda.
Dunyodagi turli joylarda vujudga kelayotgan og‘ir ekologik holatlarning inson sog‘lig‘iga
salbiy ta’sir etayotgani, atrof-muxitni muhofazasiga oid ekologik ta’lim-tarbiyaning
ilmiy
asoslangan reja va dastur asosida tashkil etish zarur ekanligini kun tartibiga qo‘ygan. Bunday
dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lsa ham alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktabning intellektual kamchiligiga ega bo‘lgan o‘quvchilarning o‘ziga xos
va ularning imkoniyatlari darajasiga mos keladigan biron bir mukammal ekologik ta’lim-tarbiyaga
oid dastur yoki o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilmagan.
Rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan bolalarni ekologik ta’lim va tarbiyalash muammosi
ko‘plab Rossiya defektologlari tomonidan ko‘rib chiqilgan. (V.I. Vorobieva, V.V. Voronkova,
T.N. Golovina, E.A. Ekjanova, V.G. Zubarev, E.A. Kovaleva , I. V. Kabelko, E. M. Kalinina, N.
G. M., N. Morozova, J. E. Orazboev, T. I. Porotskaya, V. I. Sivoglazov, E. A. Strebeleva, B. K.
Tupono‘gov, M. V. Ulemaeva, T. V. Shevyreva va boshqalar),
ularning tadqiqotlari ushbu
mavzuga qiziqishni aks ettiradi va uning ahamiyati va dolzarbligini ko‘rsatadi, lekin faqat
kontekstda.
140
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentininu “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari to‘plami.-T., 2017. B-
39.
141
Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўg‘рисида»ги Qонун- Ўзбекистон Республикаси Qонун
хужжатлари тўплами Т.: 2020 йил 29 сентябр
142
Мирзиёев Ш.М. “Атроф-муhитни муhофаза qилиш hамда экологик назорат соhасидаги Давлат органлари
фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўg‘ристида”ги Ўзбекистон Республикаси Президенти qарори-
Т.,2021 йил 31 декабр