|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 455
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qituvchi-
defektologlar quyidagi korreksion pedagogik-ekologik faoliyatning yo‘naltiruvchi va korreksion
rivojlanuvchi sifatlariga ega bo‘lishi kerak:
– Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qitish
nazariyasi va amaliyotida fanlararo aloqadorlikdan foydalanish;
– Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarda aqli zaif
o‘quvchilarning bilish va ijodiy faolligini koreksion rivojlantirish;
– Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarda aqli zaif
o‘quvchilarda ekologik savodxonlik, ekologik mada-niyatni shakllantirish.
– Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarida
ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirish, davrlari quyidagicha izohlanadi:
1. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab
o‘quvchilarining sog‘ analizatorlari orqali hissiy ekologik tasavvurlarning paydo bo‘lishi, uning
ongli anglanishi, shu asnodagi ehtiyojning sezilishi.
2. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarida
ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirish qaror topishi uchun pedagogik muhit yaratish.
3. Taklif etilgan metodikadan foydalanib, Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktabda ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirish.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda ekologik
ta’lim-tarbiyaning uzviyligi shundan iboratki, aqli zaif o‘quvchilarda ekologik ta’lim-tarbiyaga
oid olgan tushuncha, bilimlarni fikrlash zarurati va ekologik ehtiyoj, o‘zaro aloqadordir. Bular:
– ekologik ta’lim-tarbiyaga oid beriladigan bilim-larning mazmuni va ularning shaklini aniq
bo‘lishi;
– ekologiyaga oid bilimlarni puxta o‘zlashtirilishi;
– ekologik ta’lim-tarbiyaning zaif ko‘ruvchi, zaif eshituvchi, aqli zaif o‘quvchilarning
qiziqishiga qaratilgan bo‘lishi;
– ekologik tarbiya maxsus maktab o‘quvchilarini korreksion rivojlantirishga, ekologik
ongini ekologik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda ta’limni
tizimliligi va izchilligi ekologik ta’lim-tarbiyani uzviyligiga zamin yaratadi.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda aqli zaif
o‘quvchilarda ekologik savodxonlik, ekologik ong, ekologik madaniyatni shakllantiruvchi omillar
quyidagi-lardan iborat, deb hisoblash mumkin:
– dars;
– darsdan tashqari mashg‘ulotlar;
– to‘garaqlar;
– mavzuli suhbat, bahs, munozara;
– tabiat, salomatlik muzeylariga; – ekskursiya;
– didaktik o‘yinlar.
Yuqorida aytib o‘tilgan ekologik ta’lim-tarbiyaga oid bilim, ko‘nikmalarni shakllantirishda
quyidagilar nazarda tutildi:
– fanlararo bog‘lanishda ekologik savodxonlik amalga oshirishga erishildi.;
– Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari
savodxonligini oshirishga doir bilimlarning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olindi.;
– darslarni tashkil qilishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanildi;
– o‘quvchilarning o‘z tengdoshlari hayotiga bog‘liq ekologik savodxonlikni oshirishga
qaratilgan matnlardan foydalanildi;
– o‘quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya mazmunida qiziqarli o‘yinlar, va boshqa turdagi
topshiriqlar berildi va uni bajarishi nazorat qilindi;
Fanlararo bog‘liqlikka urg‘u berildi va har bir fan aosida o‘quvchilarni ekologik
savodxonligini oshirishga qaratilgan chorag‘tadbirlar amalga oshirildi.
|
| |