457
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
TIZIMLI YONDASHUV ASOSIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISH
O‘ktamova Shahnoza Uchqun qizi
JDPU sirtqi bo‘lim “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida
masofaviy
ta’lim” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi
O‘quv maqsadlariga erishishda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalarning
tom ma’no va mazmunini bilish, uning asosida har bir fan, darsning loyihasini tuzib chiqish uchun
har bir pedagog-o‘qituvchi tizim nazariyasini to‘la egallab olishi zarur. Bizning nazarimizda bu
o‘rinda «tizim» tushunchasining mohiyatini batafsil yoritib o‘tish maqsadga muvofiqdir. «Tizim»
deganda, o‘zaro funksional bog‘liq bo‘lgan qismlardan tashkil topib, bir butunlikni tashkil qiluvchi
narsa yoki hodisalarga aytiladi. Ob’ektiv borliqdagi barcha narsa va hodisalarga ham tizim deb
qarasa bo‘ladi. Uyg‘unlik nazariyasidan kelib chiqadigan tizimli yondashuv tamoyilining o‘ziga
xos, ancha murakkab qonun va qoidalari mavjud.
Har qanday tizim ikki yoki undan ortiq qismdan iborat bo‘lib, ayni vaqtda o‘zi ham, o‘zidan
yuqori pog‘onada turgan tizimga qism bo‘lib kiradi. Uning qismlari bir pog‘ona pastdagi tizimlar
hisoblanib, ular ham bir necha qismlardan iborat bo‘ladi. Bu hodisa chekli va cheksiz bo‘lishi
mumkin.
Tizimni tashkil qiluvchi qismlar deb faqat o‘zaro uzviy (funksional) aloqadorlikda bo‘lgan
qismlarga aytiladi.
Tizimni tashkil qiluvchi qismlarning bir xususiyati o‘zgarsa, shu tufayli boshqa qismlarning
ham xususiyatlari o‘zgarishlarga uchrasa, uni funksional aloqadorlik deyiladi.
Tizim xususiyatlari faqat boshqa tizimlar bilan aloqadorlikda namoyon bo‘ladi.
Aloqadorlik deb, tizimni shakllantirish xususiyatiga aytiladi. Yangi aloqadorlik xususiyati
funksiya deyiladi. Har qanday tizim asosini aloqadorliklar tashkil qilib, ular o‘z asoslariga nisbatan
tartibli va tartibsiz,
harakatchan va statsionar, qarama-qarshi va ko‘p tomonlama, nuqtaviy,
chiziqli, tiklanuvchan va tiklanmaydigan, oddiy va murakkab, determinlashgan, markazlashgan va
markazlashmagan, bir hamda ko‘p pog‘onali hamda va hokazo tarzda bo‘ladi.
Har bir ishda
tizimlar nazariyasidan kelib chiqish tizimli yondashuv tamoyili deyiladi. Zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning an’anaviy dars berish uslublaridan asosiy farqi ham darsni bir-biri bilan
funksional aloqadorlikda bo‘lgan bir necha qismlardan iborat bir butunlik –
tizimlilik deb
qarashdir . «Dars» deb ataluvchi, tartib va tezlikka ega, tiklanuvchan, murakkab, markazlashgan
bir pog‘onali tizimning o‘zaro funksional aloqadorlikda bo‘lgan qismlari quyidagilardir:
● tizimning markazida turuvchi va boshqa barcha qismlar aloqalarini o‘zidan o‘tkazuvchi
talabalar xohish-istagi;
● darsning mazmunini tashkil qilib, talabalar istagidan tashqari barcha qismlarni o‘ziga
xizmat qildiruvchi dastur va darslik;
● darsning umumiy metodologik asosini tashkil qiluvchi o‘git berish, tarbiyalash – didaktika
tamoyillari;
● darsni tushunishni osonlashtiruvchi hamda darsning tez va sifatli o‘tishiga xizmat qiluvchi
didaktik
materiallar;
● darsga zamonaviy tus beruvchi, uning mazmuni va mohiyatini to‘laroq ochib berishga
yordamlashuvchi o‘qitishning texnik
vositalari;
● dars o‘tuvchi o‘qituvchining kasbiy faoliyat tayyorgarligi degan qismlardir.
O‘qituvchi kasbiy faoliyatining muhim bosqichi didaktik jarayon (yoki o‘quv-bilish
tuzilmasi)ni loyihalash hisoblanadi. Aynan shu didaktik jarayon zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning asosini tashkil qiladi yoxud u belgilangan vaqt ichida ta’lim (tarbiya)
maqsadiga erishish uchun o‘quv elementi mazmunini talabalarga o‘zatish yo‘llarini aniqlab beradi.
Shu bilan birgalikda didaktik jarayonning nazariy asoslarini yaxshi bilmasdan turib samarali
zamonaviy pedagogik texnologiyani yaratish mumkin emas.