|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 456
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
1. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarda ona
tilidan ekologik tarbiya mazmunida mashqlar bajarish ekologik ta’lim-tarbiyaga oid bilimlarni
shakllanishiga yordam berdi.
2. Tabiatshunoslik va geografiya darslari tabiat, atrof-olam tuzilishi va tabiatning xilma-
xilligi haqidagi bilimlarni berai aqli zaif o‘quvchilarda to‘g‘ri ilmiy dunyoqarashni shakllanishga
zamin yaratildi.
3. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv
faoliyatlari tabiatdagi o‘zgarishlarni ijtimoiy foydali mehnat bilan birgalikda bog‘lashga o‘rgatildi.
4. Sinfdan tashqari o‘qish Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
maktablarda mustaqil bilim olish va o‘qiganlarini ekologik tahlil, ekologik savodxonlik, ekologik
madaniyat shakllantirishda muhim o‘rini egalladi.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv
fanlari bilan funksional bog‘lanishlarni yuzaga keltiradi aqli zaif o‘quvchilarda ekologiyaga oid
bilimlarni kundalik hayotida mustahkamlanib, ko‘nikma, malakalarga aylanib borishiga olib keldi.
5. Shu yo‘nalishda bajarilgan ishlar Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarini kelgusida biror kasbni tanlashi hamda ularda o‘zi
yashayotgan Vatanining tabiati, ekologiyasiga nisbatan milliy g‘urur, ekologik ong, ekeologik
savodxonlikni oshirish va ekologik madaniyat shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
Olingan tadqiqot natijalari, ilmiy yangiligi Oligofreopedagogika fani ta’lim jarayonida
ekologik ta’lim tarbiyaning metodologik didaktik asoslari, tamoyillari, qoununiyatlari, pedagogik-
psixologik imkoniyatlariga doir materallar bilan boyitadi. O‘quv fanlari aro aloqadorlik asosida
tashkil etilgan ekologik ta’lim tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlovchi o‘quv materialga
ega bo‘ladi.
Shunday qilib, o‘quvchilarda ekologik savodxonlikni amalga oshirishning o‘rni va rolini
aniqlash, ekologik tarbiya mohiyati maktab yoshdagi bolalarning yoshi, psixologik xususiyatlarini
hisobga olgan holda, ekologik ta’lim va tarbiyaning samarali shakl va usullarini ajratib ko‘rsatish
va asoslash masalalari urg‘u berildi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, yurtimizda ekologiyaning ijtimoiy roli ortib bormoqda va
u tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishning, barcha jamiyatimiz a’zolarining
ekologik savodxonligini oshirish, ekologik madaniyatli bo‘lish davr taqozosidir.
|
| |