• To’garak nomi
  • Mashg’ulot turi: Aralash Mashg’ulot shakli: Guruhlarda ishlash Mashg’ulot jihozi
  • Mashg’ulot o’tish joyi
  • 1-guruh
  • Guruhlarning taxminiy javobi
  • 1-guruh uchun geografik nomlar
  • O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi




    Download 28,1 Kb.
    Sana27.06.2021
    Hajmi28,1 Kb.
    #15199

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

    SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

    Qumqo`rg`on tumanidagi Davlat

    11- ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktab-internati

    Geografiya fani o`qituvchisi Qo`ziyeva Dilfuzaning

    “Yosh ekologlar” to’garagi uchun

    “O'zbekiston qo'riqxonalari” mavzusidagi

    mashg’ulot

    I S H L A N M A S I

    To’garak nomi : “Yosh ekologlar”

    O’tish sanasi:

    Mashg’ulot mavzusi: Tabiatni muhofaza qilish va milliy urf-odatlarimiz.

    Mashg’ulot maqsadi: o’quvchilarning geografiya fanidan olgan bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, tabiatga nisbatan hurmat, mehr-muhabbat hamda uni e’zozlash kabi xislatlarni shakllantirish.

    Mashg’ulot turi: Aralash

    Mashg’ulot shakli: Guruhlarda ishlash

    Mashg’ulot jihozi: Insonning o’simlik, hayvonlarga ta’sirini ifodalovchi rasmlar va jadvallar, bukletlar, tabiat manzarasi aks ettirilgan rasmlar, maqollar, hadislar, topishmoqlar.

    Mashg’ulot o’tish joyi: sinf xonasi

    Mashg’ulotning borishi

    I.Tashkiliy qismdan so’ng, o’qituvchi mashg’ulotni kirish so’zi bilan boshlaydi.

    Tabiatda hamma narsa o’zaro bog’langan. Insoniyat jamiyatini o’rab olgan tabiat behisob modda va hodisalarining majmuidan iboratdir. Ular o’zaro chambarchas bog’langan va bir-birlariga ta’sir etib turadi. Jonsiz tabiatdagi har bir jism bir-biri bilan va jonli tabiat, yani o’simlik hamda hayvonat dunyosi bilan ham o’zaro ta’sir ko’rsatib turadi. Tabiatning barcha komponentlari va ularning elementlari o’zaro bog’lanish bilan birga muayyan muvozanatda turadi. Muvozanatning buzilishi butun tabiatning o’zgarishiga olib keladi.

    II. Guruhlar bilan ishlash. O’qituvchi mavzu bo’yicha guruhlar bilan suhbat o’tkazadi.



    O’qituvchi: O’zbek xalqi tabiatga tarixan uzoq davrdan beri mehr bilan qarashga, uni asrab-avaylashga o’rganib kelgan. Xalqimizda tabiatni muhofaza qilishga oid juda ko’p odatlar bor. Qani, qanday urf-odatlarni bilasiz?

    1-guruh: Uvol degan so’z ko’pchilik xalqlarda bo’lmasa kerak. Uvol barcha noz-ne’matlarga, tabiatning barcha elementlariga tegishli bo’lib, odamlarni, tabiatni, umuman hamma narsani nobud qilmaslikka, e’zozlashga undaydi. Bu haqda juda ko’p iboralar, maqollar mavjud. Masalan:

    Non tabarruk, me’yorida ol,

    Ushog’i ham bo’lmasin uvol.

    2-guruh: Qur’oni Karim va Hadisi Shariflarda atrof-muhitni toza saqlash, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, ularni isrof etmaslik, o’simlik va hayvonat dunyosini asrashga, umuman, ekologik vaziyat va tabiatni muhofaza qilishga katta ahamiyat berilgan. Musulmonchilikda har qanday moddiy ne’matlardan isrofgarchilik bilan foydalanish uvol va gunoh hisoblanadi.

    1-guruh: Suvga bo’lgan hurmat odobi. Ilgari kichik ariqcha yuzlab xonadondan oqib o’tar va uni hech kim iflos qilmas edi. O’simlik olamiga bo’lgan munosabati va mehrini belgilovchi bayramlardan “gul bayrami” va “lola bayrami”ni ko’rsatib o’tish mumkin.

    2- guruh: Azaliy bayramlarimizdan bo’lgan Navro’z bayrami asrlar davomida ona Yerga va tabiatga mehr-muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, uni ardoqlash tuyg’ularini tarbiyalagan. Tabiat bilan insonning o’zaro chambarchas aloqasini, ularning bir butunligini ifodalovchi bu bayram dehqonchilik bayramigina emas, balki geoekologik bayramdir.

    O’qituvchi: Tarixiy udumlardan biri bo’lgan “Taganak” haqida eshitganmisiz?

    Unday bo’lsa, bu udum haqida o’zim ma’lumot beraman. Bu udumga ko’ra tog’ va tog’ etaklarida yashovchi xalqlar erta bahorda yig’ilib, tog’-toshdagi buloqlar ko’zini ochib, jilg’alar yo’lini shox-shabbalardan, loyqalardan tozalaydi.



    O’qituvchi: Xalq o’zaki ijodida, ya’ni xalq dostonlari, ertak, maqol va masallarda ham tabiatni muhofaza qilish targ’ib etib kelingan. Keling! Siz bu haqda hikmatli so’z, hadislardan bilasizmi?

    1-guruh: “Tabiat korxonasining rahbarlari Yer, Suv, Quyoshdir. Ularning qonuniyatlarini buzma”.

    2-guruh: “Yosh bo’l bog’ qil, qari bo’l, bog’ qil”.

    1-guruh: “Sen ekkan daraxtning mevasini sen yemasang, kelgusi avlodlaring iste’mol qiladi, buning savobi esa ulug’dir”.

    2-guruh: “Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o’tqazsa, so’ng uning mevasidan qush yoki hayvon esa, uning ekkanidan, yeyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi”.

    O’qituvchi: Xalqimizda “Yaxshidan bog’ qolar” degan maqol bor. Farg’ona vodiysida, Toshkent viloyatida qadim-qadimdan daraxt ekish, bog’ qilish odati mavjud. Farg’ona vodiysida o’g’il farzand tug’ilganda 10 ta terak ekish odati bo’lgan. O’g’il balog’atga yetguncha bu teraklar ham o’sib, uy-joy qurish uchun yaroqli bo’lib qolar edi. Yurtimizda har yili bahorda daraxt ekish oyligi, obodonchilik ishlarini o’tkazish odat tusiga kirib qolgan. Siz ham bu oylikda qatnashganmisiz, nechta nihol ekkansiz, qanday yumushlarni bajargansiz?

    Guruhlarning taxminiy javobi: Bu oylikda faol qatnashib, 3 ta nihol ekdik. Ko’cha, uy, hovlilarni tozalash, tartibga solish, obodonlashtirishda faol qatnashdik.

    O’qituvchi: Endi sizlarning bilimlaringizni va aktyorlik mahoratingizni aniqlash maqsadida “Meni tushun” o’yinini o’tkazamiz. Bu shartda guruh sardori uchtadan geografik nomlarni tanlashadi.

    1-guruh uchun geografik nomlar – Suv, Osmon, Yomg’ir.

    2-guruh uchun geografik nomlar – Globus, Vulqon, Shamol.

    III. Mashg’ulotni yakunlanadi va uyga vazifa beriladi.



    O’qituvchi: Mashg’ulot ishini yakunlaydi, mashg’ulotga faol qatnashgan o’quvchilarni e’tirof etadi va uyga vazifa beradi.
    Download 28,1 Kb.




    Download 28,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi

    Download 28,1 Kb.