|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 423
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Singapur hukumati koʻproq oʻquvchilarning amaliy faoliyati va sogʻlom turmush tarzini
targʻib qilish uchun maktab taʼlim tizimini doimiy ravishda qayta koʻrib chiqadi va
takomillashtiradi. Masalan, 2017-yilda oʻquvchilarda akademik qatʼiyat tufayli stress va
psixologik muammolar koʻrsatkichi oshgani aniqlandi. Bunga javoban, taʼlim muassasalari
oʻquvchi-talabalarning bosimini yumshatish uchun imtihonlarda eng yaxshi natijalarni eʼlon qilish
roʻyxatini toʻxtatdilar. Bundan tashqari, mamlakatda oʻqituvchilarni taʼlimda miqdorga emas,
sifatga eʼtibor qaratishga undaydigan “Less Teach, Learn Learn” strategiyasi joriy etildi.
Singapurda ota-onalar farzandlarining taʼlim olishida asosiy rol oʻynaydilar. Va yana barcha
bolalar bir xil darajada aqlli deb hisoblanadi. Buning maʼnosi shundaki, singapurlik ota-onalar
uchun meros boʻlib oʻtgan qobiliyatlardan koʻra, bolaning oʻz harakati koʻproq maqtaladi.
Oʻquvchilar ham oʻzlarining muvaffaqiyati va strategik fikrlashlarini amaliyotda qoʻllay olish
bilan ota-onalariga javob qaytarishadi. Shunday qilib, dars soatlarida yoki taʼtil paytida ota onalar
farzandlarini qoʻshimcha darslarga yozdirsalar ham oʻqishda muvaffaqiyatga erishish butunlay
bolaning vazifasi hisoblanadi.
Taʼlim vazirligi maktablarda oʻqitiladigan qadriyatlarning mustahkamlanishi uchun ota-
onalar faolligini koʻrsatib oʻtadi. Har bir maktabda ota-onalarni qoʻllab quvvatlash guruhi (PSJ)
mavjud boʻlib, yiliga 2-marta yigʻilish oʻtkazadi. Ota-onalarning maktab faoliyatida ishtirokini
ragʻbatlantirish uchun platformalar mavjud.
Singapur maktablari tizimining oʻziga xos xususiyatlari orasida taʼlim aniq ifoda etilishi va
taʼlimning kerakli natijalarini aniqlash ajralib turadi. Ushbu asos Milliy oʻquv dasturlarini yaratish,
oʻqituvchilarning yuqori darajadagi tayyorgarligini va ularning pedagogik malakasini oshirishni
taʼminlashni osonlashtiradi, milliy taʼlim nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda konsepsiya va
amalga oshirish oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼminlaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston ta'lim tizimi uchun bir qator takliflar ilgari
surilmoqda:
- xalqaro ta'lim sifatini baholash dasturlarida O‘zbekistonning ishtiroki masalasini atroflicha
o‘rganib chiqish va ushbu dasturlarda ishtirokini ta'minlash;
- xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o‘quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki
monitoring qilishning “milliy dasturi”ni yaratish;
- ilm-fan yutuqlarining eng ilg‘or natijalari va adabiyotlarning ingliz tilida nashr qilinishini
inobatga olgan holda, maktablarda ingliz tilini o‘rgatuvchi turli xorijiy dasturlarni tadbiq etish
masalasini ko‘rib chiqish;
- maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya berishga mas'ul mutaxassislarning
malaka talablarini aniq mezonlar orqali belgilab qo‘yish va bolalarning umumiy ta'limga
yo‘naltirilishida butunlay mas'ulligini qonun bilan belgilab qo‘yish;
- maktabgacha ta'lim hamda umumiy o‘rta ta'lim muassasalaridagi guruh va sinflarda
xalqaro tajribada sinalgan usullardan kelib chiqqan holda o‘quvchilar sonining maksimal hamda
minimal ko‘rsatkichlarini belgilab qo‘yish;
- psixologik testlar yordamida boshlang‘ich sinflardagi iste'dodli bolalarni ajratib olib 8-9
yoshlilar uchun har bir maktabda ixtisoslashgan sinflar tashkil etish.
|
| |