|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 421
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Yosh shkalasining ikkinchi uchida – o‘rta maktabni muvaffaqiyatli tugatgan ko‘p sonli
o‘quvchilar turadi (sanoati rivojlangan mamlakatlar ichida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri), buni
ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar har bir o‘quvchiga ko‘rsatilayotgan yuqori darajadagi
ishonch tasdiqlaydi. Mustaqillikka erishganidan so‘ng Estoniya markazlashmagan ta'lim tizimiga
o‘tdi va maktablarga ma'lum darajada avtonomiya, ta'lim dasturi va byudjet bo‘yicha qaror qabul
qilish huquqi, o‘qituvchilarni ishga olish va bo‘shatish imkonini berdi.
Maktab yoshidagi bolalar sonining qisqarishi eston ta'lim tizimi yetarli darajada kontingent
yashaydigan joylarda maktablar bo‘lishini, shu bilan birga maktab uchun zarur bo‘lgan kontingent
sonini nazorat qilishi shartligini talab qiladi.
Demografik tanazzul eston universitetlari uchun ham katta muammoga aylandi. Endi ular
soni kamayib borayotgan abiturientlarning har biri uchun nafaqat milliy oliy o‘quv yurtlari, balki
boshqa mamlakatlarning universitetlari bilan ham raqobatlashishiga to‘g‘ri kelardi. Estoniya
kompaniyalari katta miqdorda bitiruvchilar yetishmasligidan xavotirga tushishgandi.
Bundan tashqari, Estoniyaning pedagog kadrlari iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkilotiga a'zo mamlakatlar bilan qiyoslaganda katta yoshli kadrlardir. Maktabga yosh
mutaxassislarni jalb etish zarurati o‘qituvchi ish haqining bir muncha oshishiga olib keldi.
Estoniya, Shimoliy Evropa va Boltiqbo‘yi davlatlarida ta'lim davlat tomonidan
moliyalashtiriladi, ta'limga xususiy investitsiya kiritish nisbatan kam. Shunga qaramasdan
Estoniya ta'limga, masalan, Norvegiyadek mablag‘ sarflamaydi, maktabgacha ta'limda bir muncha
ko‘p pedagog bo‘lsa-da, ularning maoshi nisbatan kam. Estoniyaning ichki yalpi mahsuloti
iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a'zo davlatlar bo‘yicha o‘rtachadan ancha past,
shuning uchun ham uning ta'limdagi muvaffaqiyatlari moliyalashtirishga bog‘liq emas.
Estoniyaning yuqori natijalarga erishgani sabablarini tushunish uchun past natijali
o‘quvchilar
foizini
o‘rganib
chiqish
lozim.
PISA
baholayotgan
3 yo‘nalishning har biridagi yuqori natijalar haqida gap borar ekan, Estoniya ko‘rsatgan natijalar
yaxshi, lekin ularni zo‘r deb bo‘lmaydi. reytingda 1-o‘rinni egallagan Singapurda 39,1 foiz
o‘quvchilar maksimal natijalarni ko‘rsatdi, Estoniyada esa bu ko‘rsatkich atigi 20,4 foizni tashkil
etdi.
Biroq Estoniya past natijaga ega o‘quvchilar sonining juda kamligi bilan liderlik qilmoqda.
Estoniyalik 15 yoshli o‘quvchilarning atigi 4,7 foizi 3 yo‘nalish bo‘yicha tayanch darajadan past
ko‘rsatkichni namoyish qiladi. Bu reyting liderlari – Finlyandiya, Gonkong, Singapur va Janubiy
Koreya orasidagi eng yaxshi natija shuningdek, bu Germaniya va AQSHdagiga qaraganda ikki
marta kam.
Finlyandiya
PISA dasturi 2000 yilda tashkil etilgandan buyon Finlyandiya unda muntazam qatnashib
kelmoqda va erishgan natijalari bilan fin ta'lim tizimi dunyodagi ko‘plab mamlakatlarining
e'tiborini o‘ziga jalb qilmoqda. O‘tkazilgan yettita PISA siklining natijalarida ozgina tebranishlar
va so‘nggi ikki siklda biroz pasayish kuzatilsada, Finlyandiya ta'lim tizimi PISA tadqiqotlari
natijalari bo‘yicha uzoq davrda eng yaxshi natijalarga erishgan davlatlardan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari, keyingi muhim jihat shundaki, Finlyandiya PISA tadqiqotlarida ishtirok
etuvchi mamlakatlar orasida o‘quvchilarning haftalik o‘quv yuklamasi eng qisqa davlat
hisoblanadi. Fin o‘quvchilari haftada barcha fanlarni o‘rganish uchun o‘rtacha jami 36,1 soat
sarflaydilar, ushbu ko‘rsatkich maktab va maktabdan tashqari o‘quv jarayoninio‘z ichiga oladi.
Eng qisqa o‘qish vaqti va yuqori ballar Finlyandiya ta'lim tizimining jozibadorligini orttirdi.
Finlyandiyaning asosiy ta'lim to‘g‘risidagi qonunida ta'limning uchta asosiy maqsadi
belgilab berilgan: (1) o‘quvchilarga hayotda zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni
berish, (2) jamiyatda rivojlanish va tenglikni targ‘ib qilish hamda (3) butun mamlakat bo‘ylab
ta'lim sohasida tenglikni ta'minlash.
Finlyandiya ta'lim tizimining asosini quyidagi 7 ta tamoyil tashkil etadi deyish mumkin:
Tenglik - finlyandiyadagi barcha maktablar o‘quvchilarga bir xil sharoit va bir xil ta'lim
tizimini taqdim etadi.
|
| |