|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 422
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Bepul ta'lim - bepul ta'lim berish bilan birgalikda o‘quvchilarga barcha o‘quv jihozlari va
tushlik ham bepul taqdim etiladi.
Individuallik – darslarni o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilar bilan o‘qituvchilar yoki
yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilar alohida shug‘ullanishadi. finlyandiyada o‘quvchilar qo‘shimcha
darslarga qoldirilmaydi.
Amaliylik – o‘quvchilarni imtihonga emas balki hayotga tayyorlash. Darslarda o‘quvchilar,
masalan, viza kartadan qanday foydalanish, shartnomalar tuzish, saytlar yaratish, tikish, ovqat
pishirish, marketing va sotuv ishlari bilan shug‘ullanish kabi amaliy ishlar bilan shug‘ullanadilar.
Ishonch va o‘qituvchilar salohiyati – barcha maktablardagi o‘qituvchilar magistratura
darajasiga ega bo‘lishlari shart. O‘quvchilarga uy vazifasi deyarli berilmaydi, ota-onalar
farzandlari bilan uyda shug‘ullanmaydi va o‘qituvchilarning o‘quvchilarni hayotga tayyorlashiga
to‘liq ishonishadi.
Ixtiyoriylik – dars jarayonida qay darajada ishtirok etish o‘quvchilar ixtiyorida.
O‘qituvchilar o‘quvchilarni darsga qiziqtira olmasalar o‘quvchilar sinfni tark etishi yoki o‘zlari
yoqtirgan boshqa biror mashg‘ulot bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Mustaqillik – fin ta'lim tizimida o‘qituvchilar o‘quvchilarni imkon qadar o‘zlari bilim va
ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari kerakligiga yo‘naltiradi. Bilimlarni hayotda qanday tatbiq etish
ko‘nikmalari amaliy mashg‘ulotlar yordamida shakllantiriladi. O‘quvchilarning har qanday
fikrlari inobatga olinadi va qo‘llab quvvatlanadi.
Finlyandiyada ta'lim islohotlarining muvaffaqiyatida fin xalqining o‘zaro tenglik va
hamkorlik qadriyati, shuningdek, ta'lim tizimi va boshqa ijtimoiy xizmatlar o‘rtasida jamiyatda
ijtimoiy adolatni ta'minlash bo‘yicha yuqori darajadagi hamkorlikning mavjudligi va ularning
yagona uyg‘unlikda faoliyat ko‘rsatishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, Finlyandiya muvaffaqiyatining sabablari haqida gapirar ekanmiz, ushbu
yutuqning yana bir tomoni Finlyandiya ta'limida nimaga urg‘u berilsa PISA dasturidagi
baholashlar ham aynan shular bilan chambarchas bog‘liq. Ya'ni o‘quvchilarga faqat bilim berish
o‘rniga, savodxonlik qobiliyatlarini rivojlantirish finlyandiya ta'limining markazida turadi, bu fin
o‘quvchilariga PISA kabi savodxonlikka yo‘naltirilgan baholash tizimida ustunlik beradi.
O‘qituvchilarning yuqori salohiyatga ega ekanligi fin ta'lim muassasalarining
muvaffaqiyatga erishishidagi navbatdagi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Sinf rahbarlari
ham, fan o‘qituvchilari ham o‘qitadigan fan mazmunini juda yaxshi bilishadi va o‘quvchilarning
sinflarda faol bo‘lishlari uchun turli xil o‘qitish metodikalaridan foydalanadilar. Shuningdek, ular
bilimlarni tushuntirish uchun ko‘plab kundalik hayotiy misollardan foydalanadilar.
Bundan tashqari, fin jamiyatida mavjud yuqori saviyadagi kitobxonlik madaniyati ham
o‘quvchilarning muvaffaqiyatiga bevosita ta'sir qiladi. Finlyandiyada kutubxonalar tarmog‘i juda
zich joylashgan va ular doimo gavjum.
Singapur
Singapur Osiyoning muvaffaqiyatga erishgan mamlakatlaridan biridir. Mamlakat
rivojlanmagan holatdan oʻzini-oʻzi olib chiqib, iqtisodiyoti rivojlangan davlatga aylandi. Ushbu
sanoat inqilobi paytida mamlakatning taʼlim tizimi ham chetda qolmadi. Bugungi kunda Singapur
maktab tizimi dunyodagi eng yaxshi maktab tizimi hisoblanadi.
Ushbu muvaffaqiyatning sirini Singapur iqtisodiyotining markazida taʼlim turganligi bilan
izohlash mumkin. Xalqaro baholash dasturi PISA ga koʻra, eng yuqori natijalarga erishgan
oʻquvchilar singapurlik hisoblanadi. Bundan tashqari, Singapur matematika va boshqa fanlar
boʻyicha eng yuqori reytingga ega mamlakatlardan biri hisoblanadi.
Singapurning maktab taʼlim tizimi loyiha ishi yaratish va ijodiy fikrlashga undaydi. Natijada,
mashgʻulotlar oʻquvchilarni muayyan mavzular boʻyicha muammolarni hal qilish qobiliyatlari va
bilimlari bilan yondashishlariga qaratilgan. Oʻquv dasturining maqsadi oʻquvchilarga real
dunyoda muammolarni hal qilishga yordam beradigan amaliy bilim va koʻnikmalarni berishdan
iboratdir.
|
| |