|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 426
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
-yangi nostandart royalarni ilgari sura oladigan;
-ratsional, zamonaviy talablarga javob beradigan metod va vositalarni;
- kasbiy va ilmiy axborotlarni o‘zlashtirishning yangi usullarini amaliyotda ko‘llay oladigan
- bo‘lishi lozim.
Talabalarning kasbiy sifatlarini shakllanishi o‘kitish jarayonida shaxs ijodkorlik
faoliyatining faolligi bilan to‘gridan- to‘g‘ri bog‘langan. Oliy ta’lim tizimida zamonaviy
o‘qitishning eng muhim vazifasi bu talabalarning kasbi bo‘yicha xabardorligini shakllantirish
uchun kulay shart-sharoit yaratishdir. Ijodkorlik faoliyati uzok vakt tayyorgarlik ko‘rishni,
eruditsiyani, qobiliyatlarni talab kiluvchi faoliyat hisoblanadi. Ijodkorlik faoliyati - inson faoliyati
asosi barcha moddiy va ma’naviy boyliklar manbaidir. Bo‘lajak mutaxassisning muvaffakiyatli
ijodkorlik faoliyati garovi zarur axborotni o‘z vaktida tanlab olishi xisoblanadi. Ijodiy fikrlar va
farazlarni generatsiyalashga undovchi asosiy omillar ehtiyojlari hisoblanadi. Bu extiyojning sifati
bilimlar va malakalar bilan qurollanganlik bilan belgilanadiIdrok qilish ko‘pincha psixologlar
tomonidan mustakil faoliyat sifatida tavsiflanadi. Masalan bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining
kasbiy faoliyatida idrok kilishning mustakilligini kuzatishda namoyon bo‘ladi. Ob’ekt (biror
texnik buyumining eskizi)ni tasvirlash jarayoni idrok qilish maqsadining aniqligisiz bo‘lishi
mumkin emas, chunki kuzatish mashqlari yaxshi kuzatuvchanlikning rivojlanishi bilan
yakunlanadi. Ish jarayonida talabaning kuzatuvchanligi - ukuv va kasbiy bilimlarni
shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan faol fikrlash faoliyatidir. Obektni o‘rganishda
o‘rganilayotgan predmet tugrisida yanada to‘lik va anik tasavvurga ega bo‘lish uchun detallarni
takkoslash, shaklning xossalarini, uslubning xususiyatlarini aniqlash zarur.
Shunday kilib yukoridagi fikrlardan kelib chikib, idrok kilish va sezish jaraënini tadkik etish
masalalari buyicha biz ta’lim oluvchilarda bilish faoliyatining bu turini maksadga yo‘naltirilgan
xolda rivojlantirish mumkinligi to‘g‘risida xulosa chiqardik. Bo‘lajak kasb ta’limi talabalarining
ijodkorligini rivojlantirishning samarali usullari kuyidagilardan iborat:
- psixologik tayyorgarlik o‘kituvchi kasbiga turli darajada shakllangan yunaltirilganlik,
ishga kizikish darajasi malakasini oshirib borishga intilish, bilimlarni uzluksiz ravishda boyitish,
kasbiy fikrlash kobiliyatini takomillashtirish:
-ilmiy-nazariy tayyorgarlik - o‘z ichiga olgan zarur darajada psixolo-pedagogik bilimlar va
maxsus bilimlarni egallash;
-amaliy tayyorgarlik talab qilingan darajada kasbiy mahorat va ko‘nikmalarning
shakllanganligi;
Demak, umumkasbiy va mutaxassislik fanlarini o‘qitishda pedagogik-psixologik
konuniyatlarni hisobga olinishi bevosita bulajak mutaxassisning kasbiy-pedagogik ijodkorligini
rivojlanishida muxim axamiyatga ega ekan. Bo‘lajak kasb ta’limi O‘kituvchisining kasbiy
faoliyati - bu o‘quv tarbiyaviy jarayonga o‘zining faol munosabatlarini bildirib, kuyilgan maqsad
va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy-iktisodiy nuktai nazardan yondashib, komil inson
sifatlari bilan birga akliy kasbiy tafakkurini rivojlantirishga yordam beruvchi faoliyatdir. Kasb
talimida ijodkorlik dinamik hodisa, murakkab ochiq tizim, shaxs hayotiy dasturi sifatida namoyon
bo‘ladi.Zamonaviy ijodkor o‘qituvchi pedago- gik faoliyatning reproduktiv usuli va ijod-
korlikdan birini tanlashda nafaqat o‘zligini, hayotiy maksadlarini ro‘yobga chikaradi, u o‘zini sifat
jihatidan o‘zgartiradi, psixo- logik to‘siqlarni yengadi, kasbiy ahamiyatli sifatlarini rivojlantirish
imkoniyatlarini qidiradi, o‘z pedagogik konsepsiyasini ishlab chikadi. Shunday qilib, bo‘lajak
kasb ta’limi o‘kituvchisi kasbiy-pedagogik ijodkorlik kom- petentligini rivojlantirish faoliyatini
egallash uchun zarur va yetarli shartlar zarur bo‘ladi. Oliy ta’lim muassasalarida kasb ta’limi
yo‘nalishlariga talabalarni qabul kilishda ijodiy imtihonni joriy etish. Amaliy mashg‘ulotlarda ham
ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish faoliyatining individual uslublaridan foydalanish. Kasb
ta’limi yo‘nalishlari o‘quv rejalarida pedagogik amaliyotlar hajmini kengaytirish. Pedagogik
amaliyotlarda kasb ta’limi yo‘nalishlari talabalariga texnologik jarayonni va pedagogik jarayonni
loyihalash amaliyotini puxta o‘zlashtirishini ta’minlash maksadida kasb-hunar ta’limi
muassasalari va oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, oliy
|
| |