|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 410
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA MOLEKULYAR
BIOLOGIYADAN MASALA VA MASHQLAR ISHLASHNING O‘RNI VA
AHAMIYATI
Jumayev S.Z.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Biologiya va uni o‘qitish
metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Hozirgi kundagi Biologiyadarsliklarida Molekulyar biologiyaning dastlabki tushunchalarini
shakllantirishga qaratilgan ma’lumotlar berilgan. Molekulyar biologiyaning datlabki
tushunchalarini shakllantirishga qaratilgan ma’lumotlar tarkibini nazariy ma’lumotlar,
jarayonlarning sodir bo‘lishidagi ketma-ketlik asosida berilgan ma’lumotlar, miqdoriy
ma’lumotlar, jadvallar, rasmlar asosida berilgan. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarning
Biologiya faninida mavjud ma’lumotlarni o‘zlashtirishlarida o‘zlaridagi mavjud qobiliyatlarini
rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-bilish faoliyatlarini tashkil etish muhim hisoblanadi. Umumiy
o‘rta ta’lim maktablarida Biologiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedagoglar ta’lim metodlarini
ikkita ko‘rsatkich asosida tasniflaydilar: o‘quvchilarda mustaqil ta’lim olish faoliyatini
shakllantirishga qaratilgan (tushuntirish-illyustrativ usul, qisman izlanishga, dastlabki tadqiqot
xarakteridagi usullar) va bajarilish usuliga ko‘ra (og‘zaki bajariladigan, visual metodlar, amaliy
mash’gulotlar asosida bajariladigan usullar).
O‘quvchilarga Molekulyar biologiya faning dastlabki tushunchalarini shakllantirishda
nazariy ma’lumotlarni o‘rgatishda mashqlardan foydalanish yuqori samaradorlikni yuzaga
chiqarishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bunda o‘quvchi uyda bajarilishi kerak bo‘lgan
darslik asosida bajariladigan uyga vazifani dastlab mundarija asosida topib oladi. Topilgan mavzu
matnini qismlarga ajratib oladi. Mavzu matnini qismlarga ajratishda mavzuni o‘zlashtirishning
o‘zi uchun qiyin bo‘lgan qismlarini belgilab oladi. Bundan tashqari mavzu qaysi qismlardan
tashkil topganiga ahamiyat beriladi ya’ni mavzu matni nazariy ma’lumotdan tashkil topganligi,
miqdoriy ma’lumotlar berilganligi, mavzuga oid jarayonlar haqida ma’lumotlar berilganligi
asosida qismlarga ajratib oladi. Mavzuning qismlarida berilgan ma’lumotlarni dastlabki o‘rganish
jarayonidan keyin uni takrorlash uchun mashqlardan foydalanadi.
Mashqlardan foydalanishda dastlabki bilimni aniqlash uchun bajariladigan savoj javob
asosida bajariladigan mashqni bajaradi. Savol javob asosida o‘rganishi maqsad qilingan
mavzuning qaysi qismi o‘rganilmaganligi aniqlab olinadi. O‘rganilmagan mavzu qismi
aniqlangandan keyin esa o‘rganilmagan qismini takrorlab o‘rganishda foydalaniladigan
mashqlardan foydalaniladi. Mustaqil bilim olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishda
o‘quvchi mashqlarni bajarish asosida egallagan bilimlarini malaka va ko‘nikmaga aylantirish
uchun o‘quvchi masalar ishlashi tavsiya etiladi. Masala ishlash orqali egallan bilim bir necha bor
takrorlanadi. Masala tarkibidagi yashirin ma’lumotlarni topish orqali avval egallangan
ma’lumotlar umumlashadi.
O‘quvchilar darsdan tashqari vazifalarni bajarishda Biologiya faniga oid masala va
mashqlardan foydalanish, o‘quvchilarning bilim egallashlaridagi samaradorligini oshirish va
nazorat qilishda masalardan foydalanishni talab qiladi. Masalalar ishlash orqali o‘quvchilarda
jarayonning miqdoriy o‘zgarib borishini tushunish ko‘nikmalarini shakllantirib boradi.
Molekulyar biologiyaga oid tushunchalardan oqsil biosintezini o‘quvchilarga o‘rgatishda masala
va mashqlardan foydalanmaslik o‘quvchining mavzuni shunchaki yodlab olishiga sabab bo‘ladi.
Bu esa o‘quvchining yodidan tezda chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.
Biologik jarayonni tushunish va o‘rganganlarini boshqa o‘quvchiga tushuntirib berishda
masalalardan foydalanish orqali o‘quvchiga mavzuni to‘laligicha tushuntirishga imkon beradi.
Masala va mashqlar ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan o‘quvchi kelajakda oliy ta’lim
muassasasida o‘qitiladigan Molekulyar biologiya fanini o‘rganishda masala va mashqlarning o‘rni
va ahamiyatini tushungan bo‘ladi. Masala va mashq yechishga o‘rgangan o‘quvchida kreativ
|
| |