|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 408
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Qayd etish joizki, sifatni ta’minlashning Yevropa tarmoqlararo assotsiatsiyasining (qisqacha
ENQA) Berlinda qabul qilingan Dekloratsiyasi “Yevropa hududi oliy ta’limida sifatni ta’minlash
bo‘yicha tavsiyanoma va standartlar”ini ishlab chiqdi. Mazkur hujjat ta’lim sifatini yaxlit
ta’minlash uchun ta’lim dasturlarining ichki va tashqi baholashda asos bo‘lib xizmat qilishi
mumkin [6].
Siyosat maqsadlar to‘g‘risidagi bayonotni va ushbu niyatlar amalga oshiriladigan asosiy
vositalarning tavsifini o‘z ichiga oladi. Sifat siyosatining mazmunini ochib berishda oliy ta’lim
muassasa bir qator pozitsiyalarni aks ettirishi shart:
-ta’lim muassasasida tahsil berish va ilmiy tadqiqotlar o‘rtasidagi bog‘liqlik;
ta’lim muassasasining sifat va standartlarga nisbatan strategiyasi;
sifatni ta’minlash tizimini tashkil etish;
fakultetlar, kafedralar, maktablar va boshqa tashkiliy bo‘linmalar va shaxslarning sifat
kafolati bilan bog‘liq vazifalari;
talabalarni sifatni ta’minlash jarayoniga jalb qilish;
ish yuritish siyosatini qo‘llash, nazorat qilish va tekshirish usullari.
Yevropa ittifoqi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda pedagogik kadrlarga alohida e’tibor
berilgan. Ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga jalb qilingan xodimlarning yetarli malakasi va
kompetensiyasini aniqlash usullarini ishlab chiqish kerak. O‘qituvchilar ta’lim jarayonining
ko‘pchilik talabalar uchun mavjud bo‘lgan asosiy resurs manbai hisoblanishadi. Ularning
o‘qitiladigan mavzu bo‘yicha to‘liq bilim va tushunchaga ega bo‘lishlari, talabalarga bilimlarni
samarali ravishda yetkazishi va talabalar bilan fikr-mulohazalar olib borish uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishlari juda muhimdir. O‘qituvchilarga malakasini oshirish uchun
imkoniyatlar yaratilishi kerak.
O‘qituvchilar bilan muloqot qilishdan tashqari, talabalar o‘quv jarayonining boshqa
manbalariga, xususan, kutubxonalar yoki kompyuterlarga jismoniy jihatdan murojaat qilish
imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
Ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini va boshqa tadbirlarni samarali boshqarish uchun
zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va ulardan foydalanishni ta’minlashi kerak.
Ta’lim muassasalarining o‘z-o‘zini tekshirishi samarali sifatni kafolati uchun tayanch nuqtadir.
Sifatli axborot tizimlari quyidagilarni qamrab olishi kerak:
talabalarning yutuqlari va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari;
mehnat bozorida bitiruvchilarga bo‘lgan talab;
talabalarning o‘quv dasturlaridan qoniqishi;
o‘qitish samaradorligi;
talabalar tarkibi va uni tahlil qilish;
mavjud o‘quv resurslari va ularning narxi;
ushbu ta’lim muassasasi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari.
Ta’lim muassasalari doimiy ravishda jamoatchilik uchun ochiq bo‘lishi, o‘zlari taklif
etayotgan dasturlar, bitiruvchilar va talabalarning yutuqlari to‘g‘risida yangi, xolis va ob’ektiv
ma’lumotlarni nashr etib borishlari kerak.
ENQA talablarini amalga oshirish barcha ta’lim muassasalari tomonidan ularning dasturlari
aniq kutilgan natijalarga ega bo‘lishini tushunishlariga; ularning xodimlari o‘quv jarayonini
o‘tkazishga tayyor ekanliklariga; mahorat va fidoyilik ko‘rsatadigan ishchilar uchun to‘liq, o‘z
vaqtida ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish ko‘zda tutilganligiga bog‘liq.
Oliy ta’lim muassasasida, shuningdek, har qanday sanoat yoki xizmat ko‘rsatish
korxonalarida umumiy sifat menejmenti tamoyillarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil
etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
ta’lim muassasasining rahbariyati tomonidan tashkilotni boshqarishda umumiy sifat
menejmenti tamoyillari yondashuvini joriy qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish to‘g‘risida
qaror qabul qilish;
|
| |