407
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
3.
Madrimov B.X. O‘zbek musiqa tarixi.Toshkent, 2018.
4.
Jabborov A., Begmatov S., Azamova M. O‘zbek musiqasi tarixi. Toshkent, 2018
TA’LIM SIFATINI BOSHQARISHNING TAHLILIY ASPEKTLARI
A.A. Mustafaqulov
Jizzax davlat
pedagogika universiteti
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Mamlakatimizda bugungi kunda iqtisodiyotni innovaTsion yondashuvlar asosida
rivojlantirish bilan bog‘liq holda xorijiy texnologiyalarni o‘rganish, tajribalar almashish hamda
xorijiy mutaxassislar bilan hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish, mutaxassis
kadrlar tayyorlashda fan,
ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining zamonaviy modelini yaratish va ta’lim sifatini
takomilashtirishning me’yoriy-asoslari yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi” to‘g‘risidagi PQ-5847-son farmonida “Ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining
barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini
topa oladigan
yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish”[1] ustuvor vazifa etib belgilangan.
Natijada oliy ta’lim tizimini boshqarishning innovatsion mexanizmni yaratish, ta’lim sifatini
oshirish, yuqori malakali mutaxassis kadr tayyorlash tizimini takomilashtirishga sharoit yaratildi.
Jumladan, so‘nggi yillarda respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’lim
muassasalararo sifatni boshqarishni amalga oshirish bo‘yicha ko‘zga
tashlanarli ishlar tashkil
etilmoqda. Mazkur ishlar o‘zaro bir biri bilan uzviy bog‘langan jarayonlar asosida: oliy ta’lim
muassasalar faoliyatini majmuaviy baholashga o‘tish, undagi faoliyatlar ko‘rinishlari ro‘yxatini
tasdiqlanishi hamda litsenziya olish, ulardagi ichki sifat nazoratini mavjudligi va samaradorligi
asosida davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasini o‘tkazish tartibi; oliy ta’lim
muassasasida
majburiy sifat menejmenti tizimi mavjud bo‘lishiga zaruriyatni paydo bo‘lishi orqali amalga
oshadi.
Ta’lim sifat boshqaruvi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining tegishli tuzilmasi,
hujjatlari
(tegishli me’yoriy hujjatlar, ichki tartib qoidalari, hujjatlashtirilgan buyruqlari, ko‘rsatmalar, ish
yo‘riqnomalari), umumiy sifat menejmentini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jarayonlar va
manbalar to‘plamida sifatga nisbatan muassasani boshqarish asosida tavsiflanadi.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, sifat boshqaruv tizimini loyihalashtirilishi bir qancha
qulay bo‘lgan optimal modellarni o‘zida namoyon etadi, jumladan:
Sifat boshqaruvining Yevropa fondi modeli [4].
Sifat boshqaruvi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim
sifatini
nazorat
qilish
davlat inspeksiyasi modeli [5].
3. Tvente universiteti (Niderlandiya), Oliy ta’lim siyosatini tadqiq qilish markazi (CHEPS)
modeli [8];
5. Niderlandiya universitetlari assotsiatsiyasi modeli (VSNU) [3];
6. Belgiya-Niderlandiya modeli (HBO ExpertGroup) [2];
7. Ta’lim sohasida “Baldrige National Quality Award”
milliy Amerika mukofotining
modeli.
8. Buyuk Britaniya modeli va boshqalar.
Mazkur modellarning barchasi jarayonga yo‘naltirilgan yondashuvga asoslanib, korxona
faoliyatining to‘liqligi, teranligi va sifat boshqaruvi tizimi - ta’lim
muassasasining umumiy
boshqaruv tizimi bilan o‘zaro bog‘liqligi darajasi bilan farqlanadi. Taxlillar boshqaruv
tizimlarining amaldagi modellari o‘rtasidagi muvofiqlikni o‘rnatishga imkon berdi.