415
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
TA’LIM MUASSASALARIDA INNOVATSIYALARNI JORIY ETISHGA OID
YONDASHUVLAR (MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA)
Mamurov Akbar Narzulla o‘gli
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha
direktor o‘rinbosari
Bugungi kunda jahon va milliy iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda
iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etmokda.
Rivojlangan
mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 70-90 foizi aynan innovatsiya faoliyatini rivojlantirish
hisobiga yaratilmoqda. Bunda strategik muxim ilmiy-texnologik va istiqbolli innovatsion
loyihalarni joriy etish orqali yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va
texnologik
yangilash, mahalliy innovatsion texnologiyalarni joriy etish asosida iqtisodiyotning
yuksak taraqqiyotiga erishmoqdalar.
Jahonda innovatsiya faoliyati infratuzilmasini boshqarish mexanizm- larini takomillashtirish
yuzasidan ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda. Bu borada innovatsiya faoliyati infratuzilmasi
sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion mahsulotlar bozorini
maqsadli rivojlantirishni
samarali boshqarish hamda sub’ektlarining start-ap loyihalarini investitsiya bilan ta’minlash
mexanizmini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlar muxim o‘rin
tutmoqda. Ta’kidlash kerakki, ilmiy izlanishlarda innovatsiya faoliyati infratuzilmasini
shakllantirishda innovatsion klasterni tashkil etish masalasi ustuvor mavzular sifatida qaralmosda.
O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirishning hozirgi bosqichida innovatsiyalarni joriy
etish va tijoratlashtirish-iqtisodiyot tarmoqlari- ning raqobatdoshligini
oshirishning acocni
omillaridan biriga aylanmoqda. "Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan
yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta.
Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi
g‘oya, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya bu kelajak degani. Biz buyuk
kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar,
innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak".
Shu jihatdan, innovatsiya faoliyati
infratuzilmasini boshqarish samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va
tavsiyalar ishlab chiqish, bunda innovatsion klaster konsepsiyasiga asoslangan holda iqtisodiyot
raqobatbardoshligi va innovatsion rivojlanishini boshqarish samaradorligini
oshirishga nisbatan
uslubiy yondashuvlarni nazariy jihatdan asoslash va amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb
ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF- 4947-son "O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi va 2018 yil 21
sentabrdagi "2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Farmonlari hamda 2018 yil 5 maydagi PQ-3697-son "Faol
tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha
qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida", 2018 yil 7 maydagi PK-3698-son "Iktisodiyot tarmoqlari
va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi130 qarorlari, shuningdek boshqa me’yoriy-huquqiy
hujjatlarda
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadkikoti muayyan darajada xizmat
qiladi.
Jahonda innovatsion menejmentni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy
tadqiqotlar asosida qator, jumladan quyidagi ilmiy natijalar olingan:
innovatsiya faoliyatida
yuzaga keladigan risklarni bartaraf etish mexanizmlari asoslangan (Improvig sistem assessment
and risk management in the field of innovation activiti - Oxford Universiti); innovatsion
kompaniyalar faoliyati samaradorligini baholash tizimida iqtisodiy qo‘shilgan qiymat (YeVA)
130
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Toshkent:
"Uzbekiston" NMIU, 2018. -B. 23.