|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 411
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
fikrlash yaxshi shakllangan bo‘ladi. Kreativ fikrlash xususiyatiga ega talaba muammoning yangi
yechimi topishda qiyinchiliklarga duk kelmaydi.
Kreativ fikrlash – bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va
hokazo…) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi
bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish,
baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir. Agar ibtidoiy
odamlarning kreativ fikrlashi bo‘lmaganida edi, ikkita chaqmoqtoshni bir-biriga urib olovni,
Tomas Edison elektr lampasini, Leonardo da Vinchi parashyutni ixtiro qilmagan bo‘lar edi.[1]
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga kreativ fikrlashni o‘rgatish orqali ularning
oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lganida Molekulyar biologiyani o‘rganishida masala va
mashqlardan foydalanib yangi usullarni o‘ylab topishiga zamin yaratadi. Molekulyar biologiyani
o‘rganishda kreativ fikrlash asosida yangi turdagi masalalarning yechimini topishni
qiyinchiliklarsiz bajarishadi. Malumki talabalardan Molekulyar biologiyaga oid masalalarni
ishlashda ma’lum bir ko‘nikmani talab qiladi. Masalani ishlashda dastlab masalaning shartini
tushunib olishi, talabalarning biologik jarayon sodir bo‘lish jarayonida yuz beradigan bosqichlarni
chegarasini ajrata olishi, jarayon sodir bo‘lgandagi miqdorlarning matematik belgilar tiliga
o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lishini talab qiladi.
Sodda va murakkab masalalar o‘quvchi va talabalarning fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirish, jarayonlarni rejalashtirishni o‘rgatishda foydali vositasi bo‘lib, odatda, o‘z ichiga
“yashirin informatsiyani” oladi. Bu informatsiyani qidirish, masala yechuvchidan analiz va
sintezga mustaqil murojaat qilish, faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni o‘rgatadi.
Bilishning bu usullaridan foydalanish o‘quvchi va talabalarga kreativ fikrlashga o‘rgatishning
muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.[5]
Biologik masalalar yechish orqali o‘quvchi va talabalarda quyidagi malakalar shakllanadi.
Мasalanining bosqichlari bo‘yicha mustaqil fikrlashni o‘rganish. Мasala ustida ishlash uning
mazmunini o‘zlashtirishdan boshlanadi. Мasala matni o‘quvchilar tomonidan bir-ikki marta
o‘qilganda, biologik obyektning tuzilishini, jarayonga oid tushunchalarni eslaydi.[4]
Мasalani dastlabki analiz qilish (ma’lumni noma’lumdan ajarata olish malakasi). Мa’lumni
noma’lumdan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar
orasidagi bog‘lanishni ochish - bu eng muhim malakalardan biri. Bunday malakaga ega bo‘lmay
turib, masalalarni mustaqil yechishga o‘rganib bo‘lmaydi.
Мasalani qisqa yozish malakasi. Мasala matni ustida og‘zaki ishlagandan keyin uning
mazmunini matematik atamalar tiliga o‘tkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini
belgilash kerak (rasmlar, chizmalar, sxemalar, jadvallar).[2]
Shuni nazarda tutish kerakki, barcha hollarda ham qisqa yozuvni bajarish bilan bir vaqtda
masala shartining tahlii ham amalga oshiriladi. Aslini aytganda, qisqa yozuvning vazifasi shundan
iborat. Haqiqatan ham masala shartining qisqa yozuvi o‘quvchilar xotirasiga tayanch bo‘lib, son
ma’lumotlarni tushunish va ajratish imkonini beradi, shu bilan birga ularning ratsional yozilishi
masalada nima berilgan va nimani izlash kerakligini bayoniy tushuntirish imkonini yaratadi.[2]
Мasala yechimini tekshira olish malakasi. Мasala yechimining tekshirish quyidagi usullarda
qo‘llaniladi:
a) olingan javob bilan masala sharti o‘rtasida moslik o‘rnatish;
b) teskari masala tuzish va yechish;
v) masalani boshqa usullar bilan yechish;
g) javobning chegaralarini aniqlash (javobni chamalash);
d) grafik tekshirish.[2]
Biologiyani o‘qitishda O‘quvchi va talabalar malakasini shakllantirish ularning kreativ
fikrlashlarini rivojlantirish imkonini beradi. O‘quvchi va talabalar biologik obyektlarda sodir
bo‘ladigan jarayonlarni masala va mashq yechish orqali o‘rganishlari fanga oid ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘lib borishadi.
|
| |