|
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022Bog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
tizimida foydalanayotgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni isloh qilishning zamonaviy
tajribalari nisbatan asta-sekin o‘zlashtirilmoqda.
O‘z mohiyatiga ko‘ra pedagogik texnologiya - bu o‘quv jarayonini zamonaviy tashkil etish
tizimi bo‘lib, u ta’limning zaruriy sifatini ta’minlaydi va jadallashgan ilmiy-texnik taraqqiyot
talablariga javob beradigan, ta’lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish
jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish,
shuningdek, tadbiq etishning izchil usulidir. Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik
texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo‘lib hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan
holda ta’lim shakllarini maqbullashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni
o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli usuli hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida yangi innovatsion texnika-texnologiyalardan foydalangan holda dars
o‘tish, so‘nngi texnikalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalaridan foydalangan holda
mashg‘ulotlar o‘tkazish, mutaxasislik bo‘yicha, masalan, kimyo sohasidagi so‘nggi innovatsiyalar
haqida ma’lumotlar keltirib, jahon tajribasidan namunalar keltirib o‘tish talabalarni kreativ fikrlash
ruhida tarbiyalashga turtki bo‘ladi.
Bizning ilmiy-tadqiqot natijalarimiz bo‘yicha ta’lim jarayonida avval qiziqish uyg‘otib,
motivatsiya berib, so‘ngra raqobat muhiti yaratilsa talabalarda innovatsiya yaratishdagi kreativ
fikrlash bo‘yicha yashirin qobiliyatlari uyg‘otiladi va albatta rag‘batlantirish amalga oshirilsa
ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Talabalarga ilm-fan va innovatsiya yaratishda yutuqlarga
erishgan insonlardan misol keltirib, iloji bo‘lsa ulardan birini o‘rnak bo‘luvchi inson sifatida
darsga taklif qilib,yoki innovatsiyalar markaziga talabalarni mutaxassisligi bilan bog‘liq bo‘lgan
korxona va tashkilotlarga sayohatlarga chiqarish yo‘lga qo‘yilsa ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha
maqsadga tezroq erishilgan bo‘linardi.
Innovatsiyalar yarmarkasiga va hududdagi IT parklarga talabalarni sayohatga chiqarish
tashkil qilinsa ta’limda berilgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashda olingan nazariy
bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga erishiladi.
Tadqiqot obyekti sifatida Jizzax politexnika institutida talabalarni mutaxasisligiga mos
ravishda mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalariga kafedra filiallari sifatida amaliyot
darslariga yuborishni institutlarimizda allaqachon yo‘lga qo‘yganmiz.
Navbatdagi vazifa sifatida ta’lim sifatini oshirish, qolaversa, almashuv dasturining davomi
sifatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan
yetuk olimlarni faxriy mehmon sifatida institutga taklif qilish va seminarlar tashkil qilib shaxsan
ularning so‘nggi fan-texnika sohasidagi fikrlarini eshitish sharafi biz tomonimizdan kun tartibiga
qo‘yilmoqdaki, albatta bundan olingan taassurotlar ko‘lami talabalarni kreativ fikrlashga undovchi
motivni keltirib chiqaradi.
Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation”- yangilik kiritish,ixtiro) ta’lim oluvchida yangi g‘oya,
me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor,
qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllanirish imkoniyatini yaratadigan
ta’limdir. [4]
Odatda, innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim
texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb yuritiladi.
O‘qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib darsni tashkil etar ekan, turli texnik
vositalardan ham (kompyuter, proyektor,elektron doska va hokazo) foydalanishi, interfaol
metodlar asosida dars o‘tishi ham mumkin. O‘qituvchining faoliyatida innovatsiyalar qanchalik
ko‘p bo‘lsa, mazmun shunchalik oshadi. Shuning bilan birgalikda ta’limda innovatsion
texnologiyalar va interfaol metodlar haqidagi tasavvurlar nafaqat talabalarda, balki professor-
o‘qituvchilarda ham hali hanuz barqaror va mukammal shaklga ega emasligini ham e’tirof etish
lozim. Har bir o‘qituvchi ta’limda alohida ravishda yangilik kiritishi mumkin. O‘z fanining
mazmun-mohiyati, mavzulari, shu sohadagi yaratilgan ilm-fan yutuqlari va innnovatsiyalar haqida
yangi ma’lumotlarni o‘rgangan holda o‘qitish jarayonida ularni qo‘llab, misollar keltirib, ta’limda
|
| |