|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 382
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Uchinchi-to‘rtinchi oylar: Tanlab olingan guruxlardagi professor-o‘qituvchilar, kasb-xunar
kolleji o‘qituvchilari va talabalariga ta’lim berish jarayonida doimiy yangilanib turuvchi axborot
va ma’lumotlarni o‘zlashtirish imkoninini yaratish maqsadida ularning mashg‘ulot davomidagi
interaktiv usullardan foydalanish samaradorligi tahlil qilinadi, bilimlarni iloji boricha ko‘rgazmali
va real hayotga yaqin qilib taqdim qilish bir tomondan chizma chizishning tushunarligini va ta’lim
jarayonida audio–vizual vositalardan foydalanishni talab qilsa, ikkinchi tomondan, u bevosita ish
holatida va real ob’ektlarda o‘qitishni rejalashtiradi.
Beshinchi-oltinchi oylar: To‘plangan ma’lumotlar asosida ko‘rgazmali vositalar (plakatlar)
tayyorlanadi. Chizmachilik va muxandislik grafikasi fani bo‘yicha ta’lim berishning interaktiv
uslublarini yoritib beruvchi ta’limiy tadbirlar, seminar – treninglar tashkil qilinadi. Olingan
tasvirlar video shaklida tayyorlanib institut va kasb-xunar kollejlari lokal tarmog‘iga ulanadi,
maxsus internet saxifa ochiladi.
Yettinchi-sakkizinchi oylar: Qo‘lga kiritilgan natijalar kasb-xunar kollejlari qoshida tashkil
qilingan “O‘quv – amaliy Markaz”da o‘zlari to‘plagan ma’lumotlarni video materiallardan
foydalanib interfaol usullar yordamida dars jarayoniga tadbiq qiladilar. Chizmachilik va
muxandislik grafikasi fanini o‘qitishda interaktiv usullarni keng qo‘llashga oid qo‘llanmalar
tayyorlanadi.
Jarayon texnologiyasi va zarur materiallar. Tavsiya qilinayotgan o‘qitish uslubiyotini
amalga oshirish uchun loyiha tayyorlangan Jizzax Politexnika institutida barcha zaruriy ashyolar
(kompyuter, lokal tarmoq va boshqa texnik vositalar) mavjud. Mazkur texnik vositalardan
foydalanib, bajarilishi rejalashtirilayotgan ta’limiy ishlarni tasvirga tushirish uchun raqamli
fotoapparat, lineyka, formatlar, qalamlar, serkullar, qog‘ozlar va markerlar kerak bo‘ladi.
Kutilayotgan natijalar. Mavzuda tavsiya qilinayotgan ta’limiy tadbirlar amalga
oshirilgandan so‘ng ushbu interaktiv uslublarni o‘zlashtirgan o‘qituvchilar va talabalar
chizmachilik va muxandislik grafikasi fani bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish,
amaliy qo‘llanmalar, yangi o‘quv-metodik adabiyotlar tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega
bo‘ladilar.
|
| |