|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 371
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
*hayot davomida ta’lim olish odamlarga o‘z kasbiy sohalaridagi tendensiyalardan xabardor
bo‘lishga yordam beradi, bu esa raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish uchun muhimdir.
Jahon Iqtisodiy Forumi - 2020 hisobotida aytilishicha, to‘rt yildan keyin mehnat bozori
tanqidiy fikrlash va tahlil qilish, stressga chidamlilik, moslashuvchanlik kabi kompetensiyalar juda
yuqori reytingga ega bo‘ladi. Bular ilgari akademik bilimlar bilan raqobatlasha olmagan
kompetensiyalardir. Ko‘pgina tadqiqotchilar bunga qiziquvchanlikni ham qo‘shadilar, garchi bu,
qobiliyat emas, balki sifat, insonning shaxsiy xususiyati, xarakteridir.
O‘qish, yozish va hisoblash savodxonligi, albatta, majburiy bo‘lib qoladi, ammo zamonaviy
dunyoda bu yetarli emas. O‘quv dasturlarini kasbiy kompetensiyalarga kengroq e’tibor qaratgan
holda tuzish talab etiladi. Bizda geografiya, tarix, fizika, kimyo o‘qituvchilari bor, ammo tanqidiy
fikrlashni rivojlantirivchi o‘qituvchilar, o‘zaro samarali munosabatlar o‘rnatish o‘qituvchilari yoki
qiziquvchanlikni shakllantirish o‘qituvchilari yo‘q.
O‘quv dasturlari avvalo bu ko‘nikmalarni an’anaviy fanlar doirasida o‘qitishni singdirishni,
so‘ngra bosqichma-bosqich fan mazmunidan o‘quvchilarning malaka va shaxsiy xususiyatlarini
rivojlantirishga o‘tishi kerak. Hammaga tanish bo‘lgan o‘quv dasturining intizomiy turidan darhol
voz kechish oson bo‘lmaydi, shuning uchun avvalo bu an’anaviy fanlar qanday va qaysi shaklda
o‘qitilishini o‘zgartirish orqali asta-sekin bunga o‘tish yaxshiroqdir.
Hozirda loyiha va muammoli ta’limga asoslangan yondashuvlar asta-sekin an’anaviy
o‘qitish usullarini o‘rnini egallay boshladi. Bu “o‘rganishni o‘rgatish” tushunchasini ham o‘z
ichiga oladi. Bu haqda gapirish o‘tgan asrning 80-yillaridan beri davom etmoqda, ammo hozir bu
shoshilinch ehtiyojga aylandi.
Biz bolalarga o‘z-o‘zini tarbiyalash, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini o‘rgatishimiz kerak
- buning uchun avvalo maktab o‘qituvchilari ham faol bo‘lishi ham o‘zgarishi kerak.
“Uzluksiz kasbiy ta’lim”elektron platformasi orqali xalq ta’limi tizimida faoliyat olib
borayotgan xodimlar malakasini oshirishda tashkil etilgan dastlabki kurslar dasturi
tinglovchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tuzildi. Bu kurslar zamonaviy pedagog va
XXI asrda faoliyat yuritishga qobiliyatli mutaxassisni rivojlantirish maqsadida doimiy
takomillashib borishi ko‘zda tutilgan.
2016 yilda Davosda bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumida (WEF) ma’ruzachilar zamonaviy
mehnat bozorida talab qilinadigan asosiy ko‘nikmalarni aytib o‘tdilar: ular har bir mutaxassis
uchun zarur bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalar -hard skills hamda raqamlar orqali baholash qiyin bo‘lgan
moslashuvchanlik ko‘nikmalari - soft skills. Xalqaro kasbiy kompetentlik modelida keltirilgan
ko‘nikmalarni inobatga olgan holda , “Uzluksiz kasbiy ta’lim”elektron platformasi onlayn malaka
oshirish kurslarida soft skills - moslashuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish Pedagogning
kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish, AKT va media savodxonlik, O‘zini-o‘zini
rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari, Pedagog mas’uliyati va
moslashuvchanligi, Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari modullarida, Fandagi yangiliklar,
fanni o‘qitishning dolzarb masalalari, O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va
vositalari modullarida esa kasbiy ko‘nikmalar -hard skills rivojlantiriladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki,“Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi
innovatsion ish, majoziy ma’noda aytadigan bo‘lsak, hozircha avtomobilning faqat g‘ildiragi ixtiro
qilindi, lekin tez orada Rolls-Royce, keyin esa kosmik raketalarning paydo bo‘lishini kutishimiz
kerak. Bu kichik bir qadam, ammo u rivojlanishda davom etadigan butunlay yangi ilmiy yo‘nalish.
Umid qilamizki, 3-5 yil ichida “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida offlayn hamda
onlayn malaka oshirish integratsiyasi orqali XXI asr ko‘nikmalarini o‘rgatishning yangi
yondashuvlari hozirgilaridan samaraliroq tarzda xalq ta’limi tizimida ijobiy natijalarda aks etadi.
|
| |