|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 367
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Ushbu matndan ham didaktik material sifatida foydalanib, talabalarga o‘qituvchining
tarbiyachilik faoliyatining mazmuni quyidagilar orqali singdiriladi. “1. O‘qituvchining
tarbiyachilik mahorati - o‘quvchilar dunyosiga kirib borishida, ularning mehriga sazovor
bo‘lishida, ta’lim muassasasidagi pedagogik faoliyatni to‘g‘ri va ma’lum bir maqsadga yo‘naltira
olishida namoyon bo‘ladi. 2. O‘qituvchining tarbiyachilik mahorati - bu maktab o‘kuvchisini har
taraflama rivojlantiruvchi pedagogik vaziyatlarni to‘g‘ri tashkil qila olish malakasidir. 3.
O‘qituvchining tarbiyachilik mahorati - bu «o‘qituvchi-o‘kuvchi» munosabatini bir zumda ijobiy
tomonga hal qilish emas, balki o‘kuvchilar jamoasi va alohida shaxsga tarbiyaviy ta’sir etish,
jamoada tarbiyaviy muhitni bir maromda tashkil qilishdir. 4. O‘qituvchining tarbiyachilik
mahorati - bu faqat kasbiy bilimlarni mukammal egallash emas, balki tarbiya qonuniyatlari hamda
o‘quvchilar jamoasi hayotini tashkil qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadigan usul va metodlarning
amaliyotga ijodiy tatbiq etishidir. 5. Bilim va unga asoslangan ko‘nikma va malakalar - o‘qituvchi
tarbiyachilik mahorati mohiyatiniig asosi hisoblanadi.
Misol uchun, Abul-Qosim Mahmud Ibn Umar Az-Zamaxshariy, Abdurahmon Jomiy,
Alisher Navoiylarning fikrlari bunga aynan yorqin misol bo‘la oladi.
O‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi jonli muloqot qobiliyatini doimiy ravishda takomillashtirib
borishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Didaktik materialga faqatgina kommunikativ qimmatli iboralardan, ya’ni grammatik
jihatdan to‘liq to‘g‘ri bo‘lmagan, ammo muloqotda juda ajoyib bo‘lgan, muloqotda shubhasiz,
kerak bo‘ladigan iboralardan foydalanish talablari qo‘yildi:
ixtiyoriy nutqiy xatti-harakatlarga mos bo‘lgan nutq vaziyatida amalga oshirilishi;
mazmunli, tuzilishlari va intonatsiya qonuniyatiga rioya etish;
nutqning mantiqiyligi va izchilligi;
g‘oyaviy yo‘nalganligi.
O‘qituvchining kasbiy mahorati uning ma’naviy madaniyati bilan bevosita bog‘liq.
Didaktik material bo‘lajak o‘qiutvchilarning o‘quv materialini chuqur anglashlari, material
qismlarining uyg‘un aloqadorligini tushunishlari, pedagogning muammoli savollarini javoblarni
mustaqil izlash, talabalarning o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z-o‘zini tekshirish metodlarini
egallashlari asosida qurilishi kerak. Misol uchun fizika, ximiya, matematika, biologiya,geografiya
yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalarning bilimlarini quyidagi tarqatma materiallar orqali boyitish
ko‘zda tutildi.
|
| |