357
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
DIDAKTIK O‘YIN TEXNOLOGIYASI
O‘ralova Odina Ravshanovna
JDPU Umumiy pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. A.I. Prigojin innovatsiya
deganda muayyan
ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg‘un
unsurlami kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o‘zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga
yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to‘liq
foydalaniladi.
Interfaol metodlar - bu jamoa bo‘lib
fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish
usullari bo‘lib ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga xosligi
shundaki, ular faqat pedagog talabalarning birgalikda Umumiy pedagogika kfaoliyat ko‘rsatishi
orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib,
ularga
quyidagilar kiradi:
Talabaning dars davomida befarqi bo‘lmasligiga, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga
majbur etish;
Talabalarni o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo‘lishini
ta'minlash;
Talaba talabaning bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy
yondashgan holda kuchaytirishi;
Pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etilishi.
Tadqiqotchilar (AL.
Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy, A.G.Kruglikov, A.S.Axiezer,
N.P.Stepanov va boshqalar) innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o‘rganishning ikki
yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan
yangiliklarni o‘zaro ta'siri mikrosathi.
Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g‘oya yoritiladi. Ikkinchi
yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangilarning o‘zaro ta'siri,
ularning birligi, raqobati va
oqibat natijada birining o‘rnini ikkinchisi egallashidir. Olimlar innovatsion jarayon
mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi konseptsiyasini farqlaydilar. Bu konseptsiya
yangilik kiritishga nisbatan o‘lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi.
U quyidagi
bosqichlarni qamrab oladi:
1. Yangi g‘oya tuqilishi yoki yangilik konseptsiyasini paydo qilish bosqichi. U kashfiyot
bosqichi deb ham yuritiladi.
2. Ixtiro qilish, ya'ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llaybilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o‘zining
yangiligini yo‘qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo‘ladi.
6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo‘llanish
doirasini
qisqartirish bosqichi.
V.A.Slastyonin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan yangilik yaratish, keng
yoyish va foydalanish jarayoni majmui, uning maqsadi esa insonlarning ehtiyoji va intilishlarini
yangi vositalar bilan qondirish deb biladi.
Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari (A.I.Prigojin, B.V. Sazonov, V.S.
Tolstoy) innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar.
Birinchi shaklga yangilik kiritish oddiy ishlab chiqish sifatida kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot
o‘zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir.