|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 362
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi islohotlariga quyidagicha baho bergan: “O‘zbekistonning
kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy modeli jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi va har
tomonlama o‘rgansa arziydigan ob’ektga aylanmoqda. Bizningcha, dasturning umumiy g‘oyasi
shundan iboratki, u yangi asrda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sifatli bozorning
asosiy omili bo‘ladi”115.
Oliy ta’lim tizimini kompleks tarzda innovatsion asosda rivojlantirishda, avvalambor, oliy
o‘quv yurtlarini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatida o‘rnini yuksaltirish yuzasidan
yanada samarali mexanizmlarni joriy etish maqsadga muvofiq. Ularni faqatgina ta’lim dargohi
emas, balki ilmiy g‘oyalarni ishlab chiqish, real hayotga yangi mahsulotlar, texnika va
texnologiyalar barpo etuvchi muassasalar sifatida rivojlantirish, ilm-fan bilan shug‘ullanuvchi
olimlarning har tomonlama rag‘batlantirish, ularning mehnat natijalarini keng xalq xo‘jaligiga
keng joriy etish, bu borada bozor mexanizmlarini keng qamrovli ravishda qo‘llash borasida chora-
tadbirlarni amalga oshirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev oliy o‘quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada
rivojlantirish muammosi bo‘yicha: “Bu o‘rinda, mening nazarimda, ikkita asosiy vazifani hal etish
zarur: birinchi – ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg‘or xorijiy markazlar darajasida
va olimlar talablariga muvofiq sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning
ehtiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart; ikkinchi – akademiklarni har
taraflama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni
ishlab chiqish va amalga oshirish”116, deb ta’kidlagan.
Jamiyatda oliy ta’lim tizimini modernizatsiyasi va innovatsion rivojlantirish natijasida
quyidagi jarayonlar yuz beradi:
- ta’lim sohasini innovatsion taraqqiyoti natijasida yuqori darajadagi ijtimoiy, ma’naviy,
iqtisodiy va texnologik salohiyat paydo bo‘ladi;
- olimlar tomonidan yaratiladigan innovatsiyalar, yangiliklar, texnologiyalar va ishlanmalar
jamiyatda farovonlikning yuksalishi, kishilar o‘rtasida taraqqiyotga moyillik tendensiyalari
yuksaladi;
- insonlar o‘rtasida yaratuvchanlik xususiyatlari, innovatsion tafakkur vujudga keladi, ilmiy
texnologiyalarni o‘zlashtirishga harakat kuchayadi, zamonaviy taraqqiyot tendensiyalari vujudga
keladi;
- inson, jamiyat va davlat o‘rtasida samarali muloqot vujudga keladi, bu jarayonda
muvofiqlashgan tizim tashkil etiladi, insonning o‘z ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarish hatti-
harakatlari kuchayadi.
Oliy ta’lim va fan tizimida innovatsiyalar va ishlanmalarning ko‘payishi jamiyat iqtisodiy
salohiyatini oshiradi. Bunda innovatsion jarayonlar ishtirokchilari o‘z imkoniyatlarini ishga solib,
iqtisodiy siyosat, islohotlar, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishda o‘z salohiyati bilan
qatnashishidir. “Bunda kishilar turli texnologik, innovatsion loyihalar, kashfiyotlar, ishlanmalar
va dasturlar orqali taraqqiyot uchun zamin bo‘ladigan ishlanmalar yaratishi va uni hayotga tadbiq
etishi muhim bo‘lib, bu orqali ular mamlakatimizning jahon siyosiy va iqtisodiy jarayonlarida o‘z
o‘rniga ega bo‘lishiga ko‘maklashadi”117.
Oliy ta’lim tizimida talabalarga fanlardan faqat bilim berish bilan birgalikda, yoshlar ichidan
yangi g‘oyalar va texnologiyalar yaratishga qurbi yetadigan iqtidorlilarini tanlab olish, dolzarb
ilmiy-texnika muammolarni yechishga jalb etishlari lozim. Bu jarayonlarni tashkil etishda
oliygohlarda tajriba-texnik va konstruktorlik bo‘linmalar, texnoparklar, yuqori texnologik asosda
ishlaydigan zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish maqsadga muvofiq. Bu jarayonda iqtidorli
115
Yangi davr va yangicha bilim olish. Milliy ta’lim modeli: o‘n yillik izlanish va natijalar. // «Pravda
Vostoka», 2007 yil 29 may. –B. 2.
116
Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi bo‘lishi kerak, -Toshkent, “O‘zbekiston”, 2017. –B.46.
117
Саитқосимов А. Жамият барқарорлиги ва ижтимоий муаммоларни ҳал этиш.//Монография. -
Тошкент, 2018. –Б. 242.
|
| |