|
Jizzax davlat pedagogika universitetiBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
oltinchidan, kreativ tafakkurga oid bilimlar bilan qurollanishi davr talabi ekanligini
tushunishlaridan iboratdir.
Talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini shakllantirish deganda shaxsning ijodkorlik
qobiliyatlari, intilishlari va izlanishlari natijasida qo‘yilgan maqsadga erishishning ilmiy ifodasi
tushuniladi. Bundan kelib chiqadi-ki, talabalarni birinchi kursdan boshlab ijodiy munosabatlar
doirasida tafakkurini shakllantirib borishga yo‘naltirish kerak. Buning uchun albatta tadqiqotimiz
doirasida ijod tushunchasi va uning turlariga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.
Ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati. Unda inson
tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, bilimi, tajribasi, iste’dodi namoyon
bo‘ladi. Ijod dastlab inson tasavvurida tug‘iladi, keyin ijodga ta’luqli masalalar yuzasidan
izlanishlar olib boriladi, boshqalar bajargan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqiladi, tahlil etiladi,
kuzatishlar, tajribalar o‘tkaziladi, mantiqiy xulosalar chiqariladi, gipotezalar qilinadi, bular
tajribada sinab ko‘riladi, noto‘g‘ri bo‘lsa yangilanadi va hokazo. Izlanishlar natijasi badiiy asar
hamda matematik formula shakllarida yuzaga chiqadi va uni jamiyat e’tirof etsagina haqiqiy to‘liq
ijod bo‘ladi.
Ijod fan-texnikani, madaniyatni boyitadi, rivojlantiradi. Ijodni shartli ravishda ikkiga: ilmiy
ijod va badiiy ijodga bo‘lish mumkin. Olimlar faoliyati ilmiy ijodga, san’atkorlar, yozuvchilar
faoliyati badiiy ijodga qaratilgan bo‘ladi. Ba’zi kishilarda har ikki ijod ham rivojlangan bo‘lishi
mumkin. Ilmiy ijodda tabiat va jamiyat hayotining ob’ektiv qonuniyatlari aks etsa, badiiy ijodda
ma’naviy hayot muammolariga san’atkorning sub’ektiv, o‘ziga xos qarashlari, his-tuyg‘ulari aks
etadi.[1]
Badiiy ijodda hayotning turfa ranglari hamda voqealari orasidan ibratli va ijtimoiy
ahamiyatli bo‘lganlari tanlab olinadi va badiiy umumlashtiriladi. Badiiy ijod murakkab jarayon
bo‘lib, inson faoliyatining idrok etish, baholash, qadrlash singari turlari bilan bog‘liq holda amalga
oshadi. Buning uchun ijodkor erkin xayol, ozod tafakkur, keng ko‘lamli tasavvur, milliy g‘urur va
yuksak orzularga ega bo‘lishi kerak. Badiiy ijod mahsulotining ommaviyligi va ijtimoiy ahamiyati
ana shu bilan belgilanadi. Ijodning taraqqiy etishida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy shart-
sharoitlari hal qiluvchi ahamiyatga ega Badiiy ijodda hissiyot, ma’naviyat, madaniyat, milliy
qadriyatlar ustivorligi, lirika, drama, o‘ymakorliq chilangarlik kabilar o‘quvchilarda birqancha
ijodiy taassurotlar uyg‘otadi.
Ilmiy ijod – olim, tadqiqotchi, yaratuvchining qobiliyatlari va mahorati, irodasi, tirishqoqligi
va qat’iyatining, yakuniy maqsad - yangi hakkoniy ilmiy bilim olishga intilishining ifodasidir.
Inson bilimi orkali insoniyligini namoyon qila oladi. Bu xakda Aristotel: «Kishi bilimlari tufayli
uzining asosiy insonlik mohiyatini amalga oshiradi va bu uning barcha ilk elementar xatti-
harakatlaridayok namoyon bo‘ladi» - deb ta’riflaydi [2]
Yetakchi olimlar tomonidan tadqiqotlarda ilmiy ijod tushunchasiga boshqacha yondoshuvlar
ham mavjud. Ular: «Ilmiy ijod - ilmiy bilimlarning rivojlanishi, yangi ilmiy bilimni yaratish, ilmiy
bilimlarni yangi ilmiy konun va konuniyatlar, yangi ilmiy prinsiplar va nazariyalar bilan
boyituvchi insonning yaratuvchilik faoliyatidir. Ilmiy tadqiqotning natijasi erishilgan ilmiy
bilimdir» - deb ham e’tirof etishadi [3]
Ilmiy ma’lumotlardan ko‘rinadi-ki, ilmiy va badiiy ijod doirasida talabalarning ijodkorligi,
ijodga munosabati va tafakurini shakllantirish borasida tadqiqot ishlarini amalga oshish maqsadga
muvofiq. Buni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirish yaxshi samara beradi.
Ilmiy ijodda:1) adabiyotlar bilan ishlash; 2) ilmiy faktlar to‘plash; 3) ilmiy bashorat qilish;
4) axborotlarni tanlash va ulardan aniq maksadda foydalanish kabi ko‘nikmalar shakllantirilib
boriladi.Bu ishlar tizimiga rioya qilgan holda biz tajriba – sinov jarayonlarida, tanlangan
guruxlarda, ijodiy munosabatlar tafakkurini aniqlashga yo‘naltirilgan anketa, so‘rovnomalar olib
bordik.
Talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini shakllantirish jarayonlarida bir qator
tushunchalarni bo‘lajak o‘qituvchilarga mantiqqa tayangan holda tushuntirib borish maqsadga
|
| |