• Kompleks o‘zgaruvchili, ko‘rsatgichli va logorafmik funksiyalar.
  • Reja: Kompleks son tushunchasi




    Download 3 Mb.
    bet1/9
    Sana23.01.2024
    Hajmi3 Mb.
    #143972
      1   2   3   4   5   6   7   8   9

    Kompleks o‘zgaruvchili korsatkichli va logarifmik funksiyalar
    Reja:

    1. Kompleks son tushunchasi.

    2. Kompleks sonning trigonometrik ko‘rinishi.

    3. Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar.

    4. Kompleks o‘zgaruvchili, ko‘rsatgichli va logorafmik funksiyalar.

    KIRISH
    O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayorlash milliy dasturi”da oliy o‘quv yurtlarida fanlarni o‘qitishda innavatsion texnalogiyalarini qo‘llash orqali talabalarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, olingan ilmiy bilimlar asosida dunyoqarashini, yuqori ma’naviy - ahloqiy fazilatlarini, estetik didni shakillantirib, ta’limning hayot bilan mustahkam aloqalarini ta’minlashga etibor qaratilishi takitlangan.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim va fan sohalarini rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, bolalarning har tomonlama intellektual, umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etishga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
    Bu ulkan vazifalarni amalga oshirish uchun talabalarining, xususan matematika fani talabalari darsga ilmiy jixatdan mustaxkam tayorgarlik ko‘rishlari bilan bir qatorda milliy g‘oya va nazariyalar ustida ham masuliyat bilan izlanishlariga to‘g‘ri keladi.
    Kurs ishining dolzarbligi: Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanish dolzarb masala hisoblanadi.
    Mustaqil rivojlanish yo‘lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro‘yobga keldiki, bu xalk xo‘jaligining barcha sohalarida, hususan, ta'lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo‘llanilayotganligi, o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan bilimlar ko‘lamining tobora oshib borayotganligi, ta'limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo‘yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta'limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi.
    Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llaganda o‘quvchi eshitish, ko‘rish, ko‘rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar mavjud.
    Shu nuqtai nazardan olib qaraganda fanlar bo‘yicha o‘qituvchilar, talaba o‘quvchilarning bilimlarini doimiy tashkil etish va o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy va o‘quv yurtida informatik ta'limni kelgusi istiqbollarini belgilash va harakatlarni aniqlangan kamchilik va chetlanishlar tomon yo‘naltirish ko‘plab muammolari tez hal qilishga yordam beradi.


    Download 3 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 3 Mb.