346
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son 2022 - 2026
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi Farmonida111
oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish maqsadi alohida
belgilangan. Bu maqsadga erishish uchun kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul
parametrlarini 2022
yilda oshirish, 2022 yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38
foizga yetkazish, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim
muassasalari tomonidan mustaqil belgilash tartibini joriy etish, davlat oliy ta’lim muassasalariga
akademik va moliyaviy mustaqillik berish, hamda davlat oliy ta’lim
muassasalarining tegishli
huquq va vakolatlarini aniq belgilash ko‘rsatilgan. Bu vazifalarni bajarishda xorijiy tajribalarni
o‘rganish maqsadaga muvofiq.
Rivojlangan mamlakatlarda xodimlarni kasbiy o‘qitish davomiyligi 3 yildan ko‘p bo‘lmagan
muddatda amalga oshiriladi. AQSh, Yaponiya va Fransiya xodimlarni kasbiy rivojlantirish
sohasida katta va bir vaqtning o‘zida o‘xshash tajribaga ega mamlakatlar hisoblanadi. AQSh
kerakli malakaga ega mutaxasislarni mehnat bozori orqali yoki raqobatdosh tashkilotlardan jalb
qilishni afzal biladi va o‘qitish asosini quyidagi tamoyillar tashkil etadi:
1. Xodimlarni yangi texnologiyalar va tashkilotdagi yangi mehnat
shakliga moslashtirish maqsadida kadrlarni tayyorlash va o‘qitishning uzluksizligi tamoyili.
2. Kardlar tayyorlash va o‘qitishning amaliy maqsadga yo‘nalganlik.
3. Xodimlarni o‘qitishning asosan faol metodlaridan foydalanish.
Amerika tashkilotlarida kadrlarni o‘qitish va rivojlantishdagi
zamonaviy tendensiyalardan biri bu tashkilotdagi yangi texnologiyalar va mehnatning yangi
shakli moslashtirish maqsadida uzliksiz o‘qitishni tashkil etilganidir. Shu sababli,
amerika
tashkilotlari kasbiy tayyorlovni o‘tkazish va uzluksiz o‘qitishni tashkil etish maqsadida o‘zlarining
korporativ universitetlarini tashkil etadilar. Xususan, eng yirik korporativ universitet
hisoblanuvchi Global Learning universiteti IBM tomonidan tashkil etilga bo‘lib, bu yerda 55ta
mamlakatdan kelgan 3400 nafar o‘qituvchilar taxminan 10 000 ta ixtisoslashtirilgan kurslarni
o‘tkazishadi.
AQShning “Motorolla” korporatsiyasi mutaxassislar va menejerlarni
tayyorlash xamda
malakasini oshirish uchun o‘quv markazlari
keng tarmog‘i bilan birgalikda o‘z texnika universitetiga xam ega. So‘nggi
o‘n yil ichida korporatsiyaning kadrlar tayyorlash uchun sarf-xarajatlari
7 milliondan 120 million dollarga yetdi.Personalni rivojlantirishda
xozirgi vaktda ikki
tendensiya ko‘zga tashlanmokda.
1. Bilimlarni ularning aniq shakliga-xujjatlar, yo‘riqnomalar, ma’lumotlar bazasi va
xokazolarga muvofiklashtirish. Mutaxassislar
buni „G‘arb tendensiyasi”, deb ham atashmoqda. Chunki Yevropa va Amerika Qo‘shma
Shtatlarida personalni rivojlantirish dasturlarida xuddi
shunga urg‘u berilmokda.
2. Bilimlar fakat ayrim mutaxassis va menejerlar
guruhi tomonidan emas, balki butun
personal tomonidan muntazam ravishda egallab borilishini taminlash “Shark tendensiyasi”, deb
tariflanib, bu ko‘proq Yaponiyaga xosligi ko‘zga tashlanadi. Yaponiya - juda tez rivojlanayotgan
davlat bo‘lib, bu hol asosan yaponlarning tabiatan mehnatsevarlik va ishbilarmonligi bilan
bog‘liqdir. Dunyodagi barcha yangiliklar
va yuksalishlar sari intilish, eng so‘nggi yutuqlardan
111
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son 2022 — 2026 yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida Farmoni
.
Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son).