|
Jizzax davlat pedagogika universitetiBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
o‘qitilgan va o‘rgatilgan kadrlar ishlab chiqarishning hal qiluvchi omiliga aylangan va u yuqori
rivojlangan ta’lim tizimiga bog‘liq108 deb e’tirof etgan.
Jahonda yangi ta’lim tizimini shakllantirish borasida amaliy-nazariy tadqiqotlar uzluksiz
ta’lim majmuini rivojlantirilishiga asos bo‘ldi. Axborot jamiyati konsepsiyalarida uzluksiz
ta’limga ham ijtimoiy ham shaxsga yo‘naltirilgan nuqati nazaridan universal faoliyat shakli
sifatida qaralmoqda.
Iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat ta’lim siyosatini yuritish doirasida quyidagilarni amalga
oshirish zarur (1- rasm).
1-rasm. Davlat ta’lim siyosati tarkibiy qismining tuzilishi109
Ta’limning individual turi shakllanishi insonning imkoniyatlarini e’tiborga oladi, an’anaviy
ta’lim tizimi jamoaviy o‘qitishga asoslangan bo‘lsa, yangi tizim shaxsiy qobiliyatlar negizida
konkret ta’lim usulini tanlashni nazarda tutadi. Bu esa o‘qituvchilar va o‘quvchilarning turlicha
imkoniyatlariga muvofiq ravishda turli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi.
Uzluksiz ta’lim ijtimoiy talablarga javob berishi lozim bo‘lib, ular aynan quyidagicha110:
- an’anaviy ta’lim tizimining eng yaxshi an’analari bilan yangi ta’limni tashkil etishning
jahon tajribasi va ilmiy texnologiyalarini birlashtirish;
- egiluvchan va bashorat qilinuvchanlik;
- darajalar, turlar, fan mazmuni, insonlar va davlatning ta’limga bo‘lgan ehtiyojlari, aralash
tarmoqlar integratsiyasi;
- zamonaviy asosiy kompetentlik va ko‘nikmalarning rivojlanishi;
- innovatsionlik.
108
Aнтошкинa Л.И. Высшее обрaзовaние в системе общественных интересов /моногрaфиya/
Л.И.Aнтошкинa – Донеsк: ООО «Yuго-восток», ЛТД 2008 г. С. 54
109
Mualliflar tomonidan ma’lumotlar asosida tayyorlangan.
110
Андреева А.С. Формирование системы профессионального воспитания обучающихся в
условиях непрерывного образования// Устойчивое развитие науки и образования. 2016. №
3. С.34-38.
Ta’lim tizimini mehnat
bozori ehtiyojlari bilan
muvofiqlashtirishda ta’lim
tizimini boshqarish
Kasb ta’limi sifatini nazorat
qilish tizimini shakllantirish
Ta’lim muassasalarini
moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash.
Ta’lim xizmatlari bozorini
va ta’lim marketing
xizmatini rivojlantirish
Uzluksiz ta’lim tizimining
xususiy sektorini keng
rivojlantirish va raqobat
muhitini yaratish
Ta’lim jarayoni va fan aloqasining
shakllarini rivojlantirish va ta’lim
integratsiyalashuvini kuchaytirish
Talabalarga moliya
muassasalari tomonidan
kasbga ega bo‘lishlari
uchun ssuda va kreditlar
berishlari uchun qulay
shart-sharoitilar yaratish
bo‘yicha qonunchilik
negizini
takomillashtirish
|
| |