|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 339
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
- innovatsion imkoniyatlarni mumkin qadar samarali ro‘yobga chiqarish imkoniyatini
beruvchi innovatsion muhitni;
- ongning innovatsion mo‘ljallarini hayot faoliyatini tashkil etishning ijtimoiy-madaniy
me’yori sifatida saqlash uchun kifoya qiladigan innovatsion tipdagi shaxslar majmui sifatidagi
innovatsion jamoani.
Innovatsion hayot tarzi butunlay o‘zgacha professional-pedagogik madaniyatni
shakllantirishga ehtiyoj uyg‘otadi va buning uchun zamin yaratadi. Mazkur madaniyat manbai va
bunyodkori sifatida o‘qituvchi amal qiladi. Bu yerda u o‘zining yangi siyratida, ya’ni texnik va
bajaruvchi (murakkab tizimlarning yuqori malakali operatori) sifatida emas, balki erkin
professional va jamoat arbobi, yangi pedagogik bilimni yaratuvchi va rasmiylashtiruvchi
tadqiqotchi va loyihachi sifatida namoyon bo‘ladi. Innovatsion hayot tarzi belgilangan
xususiyatlarining yetuklik darajasiga va ularni ro‘yobga chiqarishning samaradorligiga ko‘ra
innovatsion oliy ta’limning tegishli tipologiyasini tuzish mumkin.
Shunday qilib, innovatsion o‘zaro aloqalar maydonida «innovatsiya sub’ekti sifatidagi
shaxs – pedagogik tizim», «innovatsiyaning kollektiv sub’ekti sifatidagi oliy ta’lim – ta’lim
tizimi», «innovatsiya sub’ekti sifatidagi professional-pedagogik hamjamiyat – ta’lim tizimi»
optimal aloqalari o‘rnatiladi. O‘zaro aloqalarning ayni shu toifalashtirilgan tizimi nazariy jihatdan
anglab yetishni ham, tizimli, innovatsion boshqarishni ham talab etadi.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion oliy ta’lim tizimi o‘zining innovatsiya kollektiv sub’ekti
sifatidagi mazmun va mohiyatini saqlab qolishi va tegishli ta’lim tizimi rivojlanishining
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanishi uchun uning o‘ziga refleksiv ko‘zgu va ilhombaxsh
intellektual muhit zarur. Professional-pedagogik hamjamiyat ayni shunday muhit sifatida amal
qiladi. Mazkur hamjamiyat doirasida oliy ta’limlar o‘z loyihalarini ilgari surish va muhokama
qilish orqali o‘z tuzilishiga muvofiq bo‘lgan qadriyatlar va metodologik prinsiplarga muvofiq
yaratilgan tashkiliy-ta’lim makoni sharoitlarida o‘z holatiga berilgan bahoni ob’ektivlashtirish,
keyingi rivojlanish yo‘llarini belgilash, o‘z innovatsion salohiyatini optimallashtirish imkoniyatiga
ega bo‘ladi.
|
| |