To‘g‘ri doiraviy silindrning ixtiyoriy vaziyatdagi tekislik bilan kesishishi




Download 367 Kb.
bet5/7
Sana11.05.2023
Hajmi367 Kb.
#58705
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
71e1a705-c722-4583-abae-f8d5a4042a7c, Kirish, 1. Tasviriy san\'at to\'garak rejasi va jurnali, - Mirzanabiyeva Sevinch PM-U1-23 - ORALIQ NAZORAT, - adahamova mavluda pm u1-23 - ORALIQ NAZORAT, 16, Ma\'lumotlar bazasi (Sh.Nazirov, A.Ne\'matov, R.Qobulov, N.Mardonova), 319 20.05.2021, yangi ish reja, 16-maktab OTM 2022-2023., 1685449028 (3), Fanning nomi Akademik yozuv mustaqil ish mavzu taqriz, annotat-fayllar.org, 1xf, Reja. Iqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri
To‘g‘ri doiraviy silindrning ixtiyoriy vaziyatdagi tekislik bilan kesishishi (6.5-shakl). Bu holda kesimning gorizontal proeksiyasi silindrning gorizontal proeksiyasi (asosi) bilan ustma-ust tushadi. Shuning uchun kesimning faqat frontal proeksiyasini topamiz.
Dastlab silindrning chetki 1, 2 yasovchilari bilan Z tekislikning kesishish nuqtalari A va B ning frontal proeksiyalari A2 va B2 nuqtalarini topamiz. Buning uchun
chetki yasovchilar orqali Q(QП 1) frontal tekislik o‘tkazamiz. Bu tekislik berilgan Z tekislikni frontal chiziq bo‘yicha kesadi. Kesishish chizig‘ining frontal proeksiyasi silindr chetki yasovchilarining frontal proeksiyasi bilan kesishib, A2 va B2 nuqtalarni hosil qiladi.
Kesimning eng yuqori va eng quyi nuqtalarning frontal proeksiyalari D2 va C2 nuqtalarni topish uchun silindrning o‘qidan o‘tuvchi va Z tekislikka perpendikulyar bo‘lgan T(T П 1, T П 2 ) gorizontal proeksiyalovchi tekislikni o‘tkazamiz: i<=TП 1_LП 1. Bu tekislik silindrni 4(41,42) va 5(51,52) yasovchilari, Z tekislikni esa 67(6171,6272) to‘g‘ri chiziq bo‘yicha kesadi. Bu yasovchilarning frontal proeksiyalari 6272 to‘g‘ri chiziq bilan kesishib, D2 va C2 nuqtalarni hosil qiladi. CD kesma, aniqrog‘i uning frontal proeksiyasi C2D2 kesim yuzasi - ellipsning katta o‘qi hisoblanadi.
Silindr asosining gorizontal proeksiyasidagi markazidan o‘tuvchi h1 gorizontalning h11 gorizontal proeksiyasi va silindrning asosi o‘zaro kesishib, F1 va G1 nuqtalarni hosil qiladi. Bu nuqtalardan proeksion bog‘lanish chiziqlarini o‘tkazib, gorizontalning h21 frontal proeksiyasida F2 va G2 nuqtalarni aniqlanadi. FG kesma, aniqrog‘i uning gorizontal proeksiyasi F1G1 kesim yuzasi - ellipsning kichik o‘qi hisoblanadi.
Kesimning boshqa nuqtalarini tekislikning gorizontal yoki frontal chiziqlaridan foydalanib topish mumkin. Masalan, K nuqtaning frontal proeksiyasi K2 ni topish uchun K1 nuqtadan h gorizontal chiziqning h1 gorizontal proeksiyasini o‘tkazib, uning frontal proeksiyasi h2 ning silindr vertikal o‘qi bilan kesishgan joyida K2 nuqtani aniqlanadi. Xuddi shunday yo‘l bilan ƒ(ƒ 1, ƒ2) frontal chiziq yordamida ye(E1,E2) nuqta aniqlanadi.


Download 367 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 367 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To‘g‘ri doiraviy silindrning ixtiyoriy vaziyatdagi tekislik bilan kesishishi

Download 367 Kb.