|
Jizzax politexnika instituti
|
bet | 24/102 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 20,04 Mb. | | #257711 |
Bog'liq AKT fanidan LOBARATORIYA uslubiy ko\'rsatmaOptik tolali kabellar
optik kabellarning asosini uzatuvchi tolalar tashkil qiladi. nur uzatuvchi tolalar 2-ta asosiy qatlamdan iborat bo‘lib ular tola uzatuvchi va tola qobig‘idir. bu ikkala qatlam xam sof kvars shishasidan tayyorlangan bo‘lib, ular o‘zidan optik parametri bilan bir-biridan farq qiladi. bu parametr sindirish ko‘rsakichi deb ataladi. odatda, tola o‘zagining sindirish ko‘rsatkichi tola kobig‘i sindirish ko‘rsatkichidan kattaroq bo‘ladi.
n ur
Xozirgi vaqtda keng tarqalgan nur uzatuvchi tolalarga pog‘onali va gradientli nur uzatuvchi tolalar kiradi.
Kabel qobig‘i
Tola o‘zagi
Pog‘onali nur uzatuvchi tolalar 2 turga bo‘linadi:
bir modali;
ko‘p modali.
Moda – deganda nur uzatuvchi tola (NUT) bo‘ylab uzatilayotgan to‘lqin turi tushuniladi.
Tola o‘zagidan diametri bir modali tolalar uchun 6-10 mikrometr, ko‘p modali tolalar uchun 50- mikrometrga teng bo‘ladi. Tola qobig‘ining diametri xammasi uchun 125 mikrometr. Nur uzatuvchi tolani mexanik ta’sirlardan ximoya uchun va unga egiluvchanlik berish uchun tola qobig‘ining tashqi qismiga polimer materialdan tayyorlangan ximoya qobig‘i joylashtiriladi. Bu qobiqni diametri 250 mikrometrga teng. Bu tolalar bo‘ylab mikro to‘lqin uzunligidagi yorug‘lik signallari uzatiladi. Bularning chastotasi 1014-1015 Gs teng.
Xozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan optik kabellarda bir modali
Ye 9/125, Ye 10/125 seriyali tolalar qo‘llaniladi. Ye9/125 SIEMENS (Germaniya),Ye10/125 Fujikura (Yaponiya) firmalari ishlab chiqaradi.
Ye – bir modali tola,
9- o‘zagi diametri (mikrometr).
Xozirgi vaqtda chiqarilayotgan optik kabellar ishlatilish joyiga qarab bir nechta turlarga bo‘linadi: 4
liniya kabellari;
stansiya kabellari;
maxsus kabellar.
Liniya kabellari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuproqqa, qabel telefon kanalizatsiyalarigayotqizishga va bino devorlariga osib qo‘yishga mo‘ljallangan. Bu kabellarda 48 tagacha nur uzatish tolalari bo‘ladi.
|
| |