|
Jizzax politexnika instituti
|
bet | 25/102 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 20,04 Mb. | | #257711 |
Bog'liq AKT fanidan LOBARATORIYA uslubiy ko\'rsatmaStansiya kabellari stansiya binolarida yotkiziladi. Ular liniya kabellarini stansiya qurilmalari bilan bog‘lashga xizmat kiladi.
Maxsus kabellar suv xavzalari (daryo, ko‘l, dengiz va okeanlar)da yotqizishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bular bir yoki ikki qatlamli zirx(bronya) qatlamlarga ega bo‘ladi.
Xozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi transport tarmog‘ining xar xil miqyosida tarmoq texnologiyasining sinxron raqamli ierarxiyasi (SDH) ishlatilgan. Transport moduli o‘zining miqyosi bo‘yicha raqamli axborotni uzatish tezligi va tashkil etiladigan kanallari bo‘yicha ajratiladi. Ular 4 bosqichdan iborat.
Misol tariqasida SIEMENS firmasining ADF(ZN) 2Y (SR) 2Y 3x6 E9/125 0,36 F1.5 + 0,22 H 18 LG turdagi kabel tuzilishi keltirilgan. Kabel markasining o‘qilishi quyidagicha:
A- chiziqli kabel;
D – ko‘p tolali modul to‘latilgan;
F – kabel o‘zagi gidrofob to‘ldirgichi bilan;
(ZN) 2Y – polietilen qoplama, tashqi;
SR – gofrlangan po‘lat qobiq;
2Y – ichki polietilen qoplama;
3 – modullar soni;
6 – moduldagi tolalar soni;
Ye – bir jinsli tola shisha/shisha;
9 – modli maydon diametri (1 jinsli maydon diametri);
125 – tola qoplamining diametri, mkm;
0.36 – tolaning so‘nish koeffitsienti, dB/km;
F – to‘lqin uzunligi 1,3 mkm;
3,5 – dispersiya miqdori;
0,22 – tolaning so‘nish koeffitsienti, dB/km
H – to‘lqin uzunligi 1,2 mkm;
18 – impuls kengayishi (dispersiya xisobiga);
LG - qatlam o‘ramli kabel o‘zagi.
|
| |