• 3.1. ET larda bilimlarni tasvirlash.
  • ETning instrumental vositalari




    Download 20,04 Mb.
    bet33/102
    Sana30.05.2024
    Hajmi20,04 Mb.
    #257711
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   102
    Bog'liq
    AKT fanidan LOBARATORIYA uslubiy ko\'rsatma

    2.3. ETning instrumental vositalari.

    Keng talkin kilingan instrumental vositalar (IV) ET ni ishlab chikishga muljallangan apparatlarni uz ichiga (aslaxaviy apparatlarni) oladi.


    Avallari birgina ET ni loyixalashtirish va yaratishga 20-30 kishi-yili talab kilinardi. Xozirgi vaktda ET ni yaratishni tezlashtiruvchi bir kator vositalar mavjud. Ular IV yoki aslaxalar deb ataladi. IV dan foydalanish ET ni ishlab chikish vaktini 3-5 marta kiskartiradi.
    ET lar kuyidagi turlardagi EXM da bajariladi: umumiy belgilanishdagi; ShK; akliy ishchi stansiyalar (ya’ni San? Appolo turidagi ishchi stansiyalar, ET ni yaratish uchun samarali IV bilan ta’minlangan boshka stansiyalar); LISP – (Symbolik –3670,Alpha, Explorer, Xerox 1100 va boshkalar) mashinalar va PROLOG – turidagi mashinalar; parallel alomatli EXM (Connection, Dado, Fdun, Hyper Cube va boshkalar).
    IV lar turi buyicha kuyidagicha tasniflanadi:

    • ET va SB (masalan LISP, INTERLISP, SMALLTALK) tizimlarni yaratishga muljallangan dasturlashning alomatli tillari;

    • Muxandislik bilimlarining tillari, ya’ni ET (masalan OPS-5, KES, PROLOG)ni kurishga muljallangan yukori darajadagi tillar;

    • ET (masalan KEE, ART, TEIRESIAS, AGE,TIMM)ni ishlab chikishni avtomatlashtiruvchi tizmlar; ular kupincha bilimlarga muljallangan Sbtizimlarini ishlab chikish uchun atrof deb ataladi;

    • ET ning kobigi (yoki bush ET ) xech kanday muammo soxa xakida bilimlarga ega bulmagan ET (masalan EKSPERTIZA, EKO, EKSPERT).

    IV larni ET ning sinflari buyicha kuyidagi guruxlarga ajratish mumkin: oddiy ET larni yaratish uchun IV, murakkab ET larni yaratish uchun IV. Xozirgi vaktda koidaga kura, birinchi turdagi IV ShKda, ikkinchisi esa alomatli EXM, umumiy belgilanishdagi EXM va akliy ishchi stansiyalarda ishlab chikiladi.
    3.1. ET larda bilimlarni tasvirlash.
    ET lar soxasidagi mutaxassislar uchun bilimlar atamasi dastur uzini «akilli» tutishi uchun zarur bulgan axborotlarni bildiradi. Bu axborot dalillar va koidalar shaklini kabul kiladi.
    Bilimlarni takdim etish usullari bilimlar dasturida kanday tartibda turkumlashtirilganligini kurib chikamiz. Bilimlarni takdim etishning kupgina andozaviy usullari mavjud. ET ni kurishda ularning uzi yoki boshkalar bilan birgalikda foydalanish mumkin. Xar bir usul dasturni ayrim afzalliklari bilan olishga imkon beradi, uni samalarilirok kiladi, uni tushunish va zamonaviylashtirishni osonlashtiradi. Eng muxim usullarning keng obzorini «sun’iy akl buyicha ma’lumotnoma»dan topish mumkin. Zamonaviy ET larda bilimlarni takdim etishni uchta eng muxim usullaridan: koidalar, semantik tarmoklar va freymlardan kuprok foydalaniladi.
    Koidalarga asoslangan bilimlarni takdim etish AGAR (shart) –UNDA (xarakat) kurinishidagi iboralardan foydalanish asosida kurilgan. Masalan:

    1. Agar bemor 1988 yilgacha izolyasiya kiluvchi kasbiga ega bulgan bulsa, unda bemor bevosita asbest bilan ishlagan.

    2. Agar bemor bevosita asbest bilan ishlagan va bunda yopik inshootda bulgan bulsa, unda bemor katta mikdordagi asbest changini yutgan .

    Vazifadagi joriy vaziyat (dalillar) AGAR koidalarining bir kismi bilan moslashtirilsa yoki kanoatlantirilsa, bu xolda UNDA kismini belgilovchi xarakat bajariladi. Bu xarakat atrlof muxitga ta’sir etishi (masalan, matndan foydalanuvchining terminalida bosib chikarilishini chakiradi), yoki dasturli boshkarilishiga ta’sir kilishi (masalan, koidalarning ayrim majmuasini tekshirish va ishga tushurishni chakiradi), yoki belgilangan xulosani olish xakidagi tizimga kursatishdan iborat bulishi (masalan, ma’lumotlar bazasiga yangi dalil yoki gipotezani kushadi) mumkin.
    Freymlarga asoslanib bilimlarni berish munosabatlar bilan boglangan va iyerarxik tashkil kilingan tugunlar tarmogidan foydalanadi. Xar bir tugun shunday tamoyildan iborat buladiki, u ushbu tugun bilan boglik alomatlar va mazmunlar bilan bayon kilinishi mumukin.
    Freym – iyerarxik tuzilgan, tugun va munosabat (aloka) lar tarmogidir.
    Freym – xususiyatlar, tamoyillar va obyektlarni namoyon etuvchi chukkilar bilan boglanganida ma’lumotlar takdim etish usuli. Xususiyatlar atamalarda alomatlarni (bugunlar deb ataluvchi) va ularning mazmunlarini bayon kiladilar.
    Iyerarxiyada pastrok urinni egallagan tushunchalar yukorirok urinni egallagan tugunlarning xususiyatlarini meros kilib oladilar. Bu usullar tasniflashni kurishning (masalan, rudalarning konlari va kasalliklarning turlarini) tabiiy va samarali yulini ta’minlaydilar.
    Semantik tarmoklar apparati yordamida bilimlarni tasvirlash biror bir muxitni tashkil etuvchi obyektlar va ular orasidagi alokalar majmuasidir.
    Xar xil avtorlar semantik tarmoklarning turli xil turlari tuzilishini taklif kilmokdalar. Bu turlarning umumiy, asosiy funksional elementi bulib, ikki kism («tugunlar» va «yoylar»)dan iborat bulgan struktura xizmat kiladi. Xar bir tugun biror bir tushunchani, yoy esa ixtiyoriy ikkita tushuncha orasidagi munosabatni bildiradi. Munosabatlarning xar bir jufti oddiy dalilni bildiradi. Tugunlar mos munosabatning nomi bilan belgilanadi, yoy yunalishiga ega buladi. Bunga kura anik dalil tushunchalari orasidagi «subyekt yoki obyekt» munosabatini tasvirlaydi.

    3.2. Ekspert tizimlari tomonidan yechiladigan vazifalarning turlari.


    ET lar faoliyatining asosiy turlari 1-jadvalda sanab utilgan bulsa xam, mavjud ET tasnifi faoliyatini Bu turlari asosida jungina bayon kilish noanikliklarga olib kelishi mumkin, chunki Bu tizimlarning kupchiligi birdaniga ishlarning bir necha turlarini bajardi. Masalan, tashxis kuyish kupincha sozlash bilan, kuzatish-boshkarish bilan, rejalashtirish soyixalashtirish bilan birga olib boriladi. Shu bois SB buyicha mutaxassislar ET ni bunday tizimlar yechayotgan vazifalar turlari buyicha tasniflashni foydali deb xisoblaydi. Xozirgi vaktda ET larda kullanilayotgan ba’zi bir muammo soxalar kuyidagilar: xarbiy ish; geologiya; muxandislik ishi; informatika; kompyuter tizimlari; fazoviy texnika; matematika; tibbiyot; meteorologiya; sanoat; kishlok xujaligi; jarayonlarni boshkarish; fizika; ximiya; elektronika; xukuk. Bular orasida tibbiyot eng ommaviysidir; xuddi shu soxada boshkalariga nisbatan kuprok ET ishlab chikilgan, kimyo undan bir oz orkada bulsa xam Bu uzilish tez kiskarmokda.
    1-jadval.



    Download 20,04 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   102




    Download 20,04 Mb.