o‘ralgan juft simli kabel




Download 20,04 Mb.
bet27/102
Sana30.05.2024
Hajmi20,04 Mb.
#257711
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102
Bog'liq
AKT fanidan LOBARATORIYA uslubiy ko\'rsatma

o‘ralgan juft simli kabel



optik tolali kabel

Radio aloqa kanal

o‘ralgan juft simli kabel



Koaksialkabel

Sun’iy yo‘ldoshli aloqa kanali

optik tolali kabel

Aloqa vositasi
ning parametr
lari

Koaksial kabel

optik tolali kabel

o‘ralgan juft simli kabel



Koaksial kabel

Sun’iy yo‘ldoshli aloqa kanali

optik tolali kabel

Koaksialkabel

Radio aloqa kanal

o‘ralgan juft simli kabel



optik tolali kabel

Var.№

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

Simli aloqa kanali

optik tolali kabel

o‘ralgan juft simli kabel



optik tolali kabel

Radio aloqa kanal

optik tolali kabel

Radio aloqa kanal

o‘ralgan juft simli kabel



Koaksialkabel

Sun’iy yo‘ldoshli aloqa kanali

optik tolali kabel

Aloqa vositasi
ning parametr
lari

Koaksial kabel

Sun’iy yo‘ldoshli aloqa kanali

optik tolali kabel

Koaksialkabel

Sun’iy yo‘ldoshli aloqa kanali

optik tolali kabel

Koaksialkabel

Radio aloqa kanal

o‘ralgan juft simli kabel



optik tolali kabel

Var.№

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

Simli aloqa kanali

o‘ralgan juft simli kabel



Koaksial kabel

optik tolali kabel

o‘ralgan juft simli kabel



optik tolali kabel

Radio aloqa kanal

o‘ralgan juft simli kabel



Koaksialkabel

Sun’iy yo‘ldoshli aloqa kanali

optik tolali kabel

Aloqa vositasi
ning parametr
lari

Koaksial kabel

optik tolali kabel

Sun’iy yo‘ldoshli aloqa kanali

optik tolali kabel

Koaksialkabel

optik tolali kabel

Koaksialkabel

Radio aloqa kanal

o‘ralgan juft simli kabel



optik tolali kabel

Internet elektron pochta xizmatini ko’rsatadi. Elektron pochta nima? Elektron pochta maxsus programma bo’lib, uning yordamida Siz dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron adresga xat, xujjat, va umuman ixtiyoriy faylni jo’natishingiz va qabul qilib olishingiz mumkin. Eng asosiysi xat bir zumda manzilga yetib boradi. Lekin undan foydalanish uchun siz maxsus pochta tarmog’i yoki Internet tarmog’iga bog’langan bo’lishingiz va elektron adresga ega bo’lishingiz kerak. Elektron adresni provayder beradi. Yoki Internetda bepul elektron pochta xizmatlari mavjud. Ular yordamida o’zingizga elektron adres ochishingiz mumkin.
Bu www.hotmail.com, www.yahoo.com, www.mail.ru, www.yandex.ru va xokazolar. O’zbekistonda www.esezam.com. Bu sahifalarga kirib anketa savollariga javob berib, o’zingizga elektron adres ochishingiz mumkin.
Elektron adres odatda email deb ko’rsatiladi. Elektron pochta yuborganda siz xuddi xatni yuborayoganday, uning kimga, qayerga va kimdanligini yozishingiz shart. Siz xatni bir necha adreslarga yuborishingiz mumkin. Elektron xatni yuborganingizdan so’ng u elektron pochta qutisiga tushadi, so’ng xat ko’rsatilgan manzil pochta qutisiga yetkaziladi va undan xat egasi xatni oladi. Ya’ni xar bir foydalanuvchi o’zining pochta qutisiga ega. Umumiy pochta qutisidan xat shaxsiy kutichalarga muntazam ravishda jo’natiladi.
Ye mail adres shakli
Elektron adres quyidagi shaklda bo’ladi:
[Elektron adres muallifi ismi] [tashkilot, provayder nomi] [ davlat nomi]
Misol tariqasida quyidagi elektron adres tahlilini keltiramiz:
yoshlarmarkazi@youthcenter.freenet.uz
yoshlarmarkazi adres egasi ismi tashkilot nomi
youthcenter tashkilot nomi; freenet Internetprovayder nomi
uz davlat, @ elektron adresni belgilovchi maxsus belgi.
Elektron adres yozganda uni to’liq yozishga xarakat qiling. Adres egasi, tashkilot nomi ko’rsatilishi maqsadga muvofiq.
Elektron adreslar turlariga misol sifatida quyidagi adreslarni keltiramiz.

saida@frfeenet.uz

Shaxsiy elektron adres

saida_r@usa.net

Shaxsiy elektron adres

Webmaster@youthcenter.uz

Internet saxifa kratuvchisi

mahmudjon@vodiy.uz

elektron adresi

Sarcortelecom@sarkor.uz

Tashkilot elektron adresi

Asoukafedra@tgtu.uz

O’quv kafedra elektron adresi

Komr_techn@ymu.uz

Fakultet elektron adresi

dilshod84@mail.ru

Universiteti studenti

Topshiriq:
1. Shaxsiy adresingizni yozing.
2. Tashkilot adresini yozing.
3. Quyidagi adreslardan tashkilot nomini aniqlang:
Mail@usa.net
Malika@usa.net
resertion@hotel.uz
Akbar@mail.uz
Dilshod@mail.uz
Nasiba@mail.ru

9.2.Outlook Express – elektron pochta dasturida ishlash


Outlook Exrress dasturi elektron pochta xizmatini amalga oshiradi. Bu programma bilan ishlash juda qulay. U bilan ishlashni o’rganamiz. Dasturni ishga tushirish uchun programma belgisida sichqoncha tugmachasini bosamiz va ekranda dastur oynasi yuklanadi.
Darchaning birinchi satrida menyu komandalari keltiriladi. Ikkinchi satrda asboblar panelining tugmachalari joylashgan.

1-rasm. Outlook Exrress dasturi oynasini ko’rinishi
Ulardan odatda elektron pochta programmasi bilan ishlashda foydalaniladi. Shuning uchun quyida bu tugmachalarning tavsifini keltiramiz. Yangi xat yozish imkonini beradi. Xat muallifiga javob yozish imkonini beradi. Xatni boshqa manzilga yuboradi. Xatni ko’rsatilgan manzilga eltadi va sizga kelgan >ni qabul qiladi. Xatni o’chiradi. Adreslar kitobini ochadi. Darcha pastki qismi bir necha darchadan tashkil topgan. Chapgi darchada quyidagi papkalar ro’yxati mavjud. By papkada Sizga kelgan xatlar joylashadi. Bu papkada Siz jo’natayotgan xatlar ro’yxati joylashadi. Bu papkada jo’natilgan xatlar ro’yxati keltiriladi. O’chirilgan fayllar saqlanadigan savat. Xat qo’lyozmasi joylashgan papka.
Joriy papkadagi mos xatlar ro’yxati o’ngdagi darchada beriladi. O’ngdan quyidagi darchada esa, joriy xat mazmuni beriladi
Xat yozish tartibi
Biror kimsaga xat yozish tartibini keltiramiz. Avval tugmachada sichqonchani cherting. Natijada ekranda darcha xosil bo’ladi. Unda quyidagilarni bajaring.
Komu maydonida do’stingiz elektron adresini yozing. Masalan, saida@youthcenter.uz
Kopiya maydonida xat nusxalari yuborilgan mualliflar adreslari yozish zarur. Ya’ni xatni bir necha muallifga yuborish zarur bo’lganda.
Tema maydonida xat mavzusini ko’rsating. Masalan, "Taklif".
Pastki katta darchada xat matni yoziladi. Misol tariqasida quyidagi xatni yozing.
"Sizni 20 mart soat 15.00 da o’tkaziladigan "Eng yaxshi programma mahsuloti" tanloviga taklif etamiz. Tanlovda talabalar, o’quvchilar va aspirantlar ishtirok etadi. Manzil.: Toshkent, Talabalar ko’chasi, 14. Yoshlar Internet Markazi. Tanlov tashkiliy qo’mitasi”. Xatni to’g’ri quyidagi rasm bilan solishtirib tekshirib ko’ring.
Xatlarni o’qish
Sizning pochtangizga kelgan xatlarni ko’rish va o’qish uchun quyidagilarni bajaring. Elektron pochta programmasini ishga tushiring.
Dostavit pochtu tugmachasini bosing. Ekrandaquyidagi darcha xosil bo’ladi. Bunda kelgan xatlar serverdan sizning kompyuteringizga ko’chiriladi . Ekranning quyi qismida nechta xat kelganligi xaqidagi ma’lumot xosil bo’ladi.
Vxodyashiye papkaini oching.
O’qilmagan xatlar ro’yxatda tim qora rangda ko’rsatiladi.
Xatni tanlab, sichqoncha tugmachasini chertsangiz, xat mazmuni ekranda xosil bo’ladi.
Agar muallifga javob yubormoqchi bo’lsangiz,
Tugmachasini bosish kerak.
Ekranda muallif manzili ko’rsatilgan darcha xosil bo’ladi. Unda javobni yozish va so’ng jo’natish lozim.
Keraksiz xatni belgilab, Udalit tumachasini bosib savatga jo’natishingiz mumkin.
Kirill alifbosida bir necha kodlar mavjud. Ba’zan xatni o’qish uchun kodni almashlash zarur bo’ladi. Buning uchun
Vid menyusining kod komandasidan keraklisini tanlash lozim. Odatda xatlar KOI8R, Cyrillic(Windows) kodlarida yoziladi.
Xujjat, rasm va turli fayllarni jo’natish
Xujjat, grafik, audio va video fayllarni xatga ilova qilish mumkin. Turli xujjatlar, jadvallar, rasm, yoki shunga o’xshash ma’lumotlar ilova yordamida jo’natiladi. Xujjatni tayyorlagan programma formatida jo’natgan maoqul. Masalan, Word, Excel yoki Rower Point tayyorlangan xujjat. Chunki adresat faylni asli xolida qabul qilib olishi va undan foydalanishi mumkin.
Lekin bu fayllarning xajmi kattaligini xisobga olish zarur. Ularni jo’natishdan avval xajmini arxivator programmalar yordamida kichraytirish zarur.
Misol tariqasida xujjatni xatga ilova qilib jo’nataylik. Buning uchun quyidagilarni bajarishingiz zarur.
1. Xatni tashkil eting.
2. Unda manzil va mavzuni ko’rsating.
3. Xatda ilovaga izoh keltiring.
4. So’ng xatga xujjatni ilova qilish uchun ilova tugmachasini bosing.
5. Ekrandagi xosil bo’lgan darchadan xujjat joylashgan papkadan fayl nomini tanlang va Vlojit tugmachasini bosing. Natijada ilova nomi xatning ……… maydonida xosil bo’ladi.
6. Xatni odatdagidek jo’nating.
7. Otpravlennыye papkaini ochsangiz, yuborgan xatingiz yonida ilova belgisini ko’rasiz.
Qidiruv tushunchasi. Internet tarmog‘idagi qidiruv tushunchasi shuni anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan biror ma’lumot yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Internet tarmog‘i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida joylashgan veb-saytlar, ularning manzili va ichki ma’lumotlari bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi.
Axborotlarni qidirish. Internet tarmog‘i shunday bir muhitki u o‘zida turli ko‘rinishdagi va turli tillardagi ko‘plab axborotlarni jamlagan. Bunda ushbu axborotlar ichidan kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni qidirib topish muammosi paydo bo‘ladi. Internet tarmog‘ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun o‘zbek, rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha so‘zdan tashkil topgan so‘rovlardan foydalanadi. YA’ni ma’lumotlarni uning sarlavhasi yoki uning tarkibida ishtirok etgan so‘zlar va jumlalar bo‘yicha qidirib topish mumkin. Bunda foydalauvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli ma’lumotga doir so‘z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so‘ng qidiruv tizimi foydalanuvchiga o‘zi tomonidan kiritilgan so‘z yoki jumlaga mos keluvchi ma’lumotlarni qidirib topadi va kompyuter ekranida ularning ro‘yxatini hosil qiladi. Vanihoyat ro‘yxatdagi ma’lumotlarni ketma-ket ko‘rib chiqilib kerakli bo‘lganlari kompyuterga saqlab olinadi.
Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish. Ko‘rib o‘tilganidek, har bir foydalanuvchi Internet tarmog‘i orqali o‘ziga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni uning mavzusi hamda tarkibidagi so‘z yoki jumla bo‘yicha qidirib topishi mumkin, lekin Internet tarmog‘ida ma’lumotlar shunchalik ko‘pki, ta’kidlab o‘tilgan usul samara bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir qancha qo‘shimcha usullari bo‘yicha qidiruvni taqdim etadi, bular:
ma’lumotlarni uning tili bo‘yicha qidiruv;
ma’lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo‘yicha qidiruv;
ma’lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo‘yicha qidiruv;
ma’lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo‘yicha qidiruv;
ma’lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi bo‘yicha qidiruv;
ma’lumotlarni xavfsiz qidiruv.
Rasmlarni qidirish. Rasmlar ma’lumotlarning grafik yoki tasvir ko‘rinishi hisoblanadi. Internet tarmog‘ida grafik ma’lumotlarning ko‘plab turlari uchraydi, ya’ni: chizma (vektor), foto (rastr), harakatlanuvchi (animatsiya) hamda siqilgan rasmlar. Bunday grafik ma’lumotlar tarkibida matnli axborot mavjud bo‘lmaydi. Shundan ko‘rinib turibdiki, demak rasm ko‘rinishidagi ma’lumotlar ustida faqatgina uning nomi yoki turi bo‘yicha qidiruv olib borish mumkin. Ko‘pgina internet qidiruv tizimlari grafik yoki tasvir ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qidirish uchun alohida bo‘limga ega bo‘lib, bu bo‘lim orqali ixtiyoriy turdagi rasmlarni ularning nomlari bo‘yicha qidiruvni amalga oshirish mumkin. Masalan, quyidagi rasmga shunday qidiruv tizimlarining biri tasvirlangan.

Musiqalarni va filmlarni qidirish. Internet tamog‘ida matnli yoki rasm ko‘rinishidagi ma’lumotlardan tashqari musiqa va video ma’lumotlarning ham ko‘plab manbalari mavjud. Internet tarmog‘i orqali har bir foydalanuvchi musiqa eshitishi, radio tinglashi, teledasturlar yoki videofilmlarni tomosha qilishi mumkin. Internet orqali radioeshittirish va teledasturlar namoyishi ma’lum, ushbu turdagi xizmatlarni taqdim etuvchi tizimlar (serverlar) tomonidan amalga oshiriladi. Internet orqali radio tinglash yoki teleko‘rsatuvni tomosha qilish uchun ushbu tizimga bog‘lanishni o‘zi kifoyadir. Ammo musiqa va filmlar Internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlarda alohida material ko‘rinishida saqlanadi. Ularni tinglash, tomosha qilish yoki kompyuterga ko‘chirib olish uchun avvalo kerakligini qidirib topish zarur.


Musiqa va video materiallari ustida ham grafik (rasm) materiallar kabi uning nomi yoki izohi bo‘yicha qidiruv olib borish mumkin. Bunda musiqa va filmlarni qidirib topish uchun qidiruv tizimi maydoniga materialning nomi yoki uning izohiga taaluqli biror jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so‘ng qidiruv tizimi tomonidan kiritilgan jumlaga mos keluvchi musiqa va video materiallar joylashgan veb-saytlarning ro‘yhati shakllantiriladi. Ro‘yxatdagi veb-saytlar foydalanuvchi tomonidan birin – ketin ko‘rib chiqiladi va kerakli materiallar kompyuterga saqlab olinadi.
WWW.UZ Milliy axborot-qidiruv tizimi. WWW.UZ – bu barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog‘idagi milliy segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir. Milliy axborot-qidiruv tizimini rivojlantirish ishlari axborot va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish UZINFOCOM Markazi tomonidan olib boriladi. Milliy axborot-qidiruv tizimining asosiy hususiyatlaridan biri uning ko‘p tilli axborot qidiruvi (ruscha, o‘zbekcha) va boshqa milliy axborot tizimlari va ma’lumot omborlari bilan o‘zaro ishlay olishidadir.
WWW.UZ Internet tarmog‘i foydalanuvchilariga milliy sigmentda joylashgan veb-saytlar bo‘yicha qidiruv xizmatini taqdim etadi va qidiruvni veb-sayt manzili va ichki ma’lumotlari bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan axborotni samarali qidirish va topish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari Shu WWW.UZ qidiruv tizimi Internet resurslari (veb-saytlari) katalogini va veb-saytlar reytingi yuritadi, saytlar bo‘yicha jamlangan statistik ma’lumotlarni to‘playdi hamda axborot texnologiyaari sohasidagi yangiliklar va maqolalarni yoritib boradi.
WWW.UZ “Katalog” bo‘limi – Internet tarmog‘ida ochiq holda joylashgan, O‘zbekiston Respublikasiga aloqador bo‘lgan, ro‘yxatga olingan, izohlari keltirilgan va katalog mavzulari bo‘yicha saralangan veb-saytlar to‘plami.
WWW.UZ katalogi foydalanuvchilari o‘zlariga kerak bo‘lgan saytni mavzular bo‘yicha (Iqtisod, OAV, Madaniyat va boshqalar) qidirish orqali tezroq topishlari mumkin. Katalog har kuni qidiruv tizimining faol foydalanuvchilari tomonidan yangi saytlar bilan boyitib boriladi.
Shu bilan birga WWW.UZning har bir foydalanuvchisi “Top-reyting” bo‘limiga kirib, barcha ro‘yxatga olingan saytlar reytingini ko‘rishi, “Jamlangan statistika” bo‘limida esa ularning statistikasi bilan tanishib chiqishi mumkin.

Mashhur Internet qidiruv tizimlari. Internet tarmog‘i yirik ma’lumotlar ombori hisoblanadi. Undan kerakli ma’lumotlarni qidirib topish foydalanuvchining oldiga qo‘yilgan eng asosiy masalalardan biridir. Bunday hollarda yirik ma’lumotlar omboridan kerakli ma’lumotlarni qidirib topishda axborot-qidiruv tizimlari muhim ahamiyatga ega. Internet tarmog‘ida bunday tizimlarning ko‘plab turlarini uchratish mumkin. Bulardan Google, Rambler, Yandex, Yahoo tizimlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qidiruvni olib boradigan eng mashhurlari hisoblanadi. Bular:




http://www.google.ru



http://www.rambler.ru


http://www.yahoo.com


http://www.yahoo.com
Ushbu mashhur qidiruv tizimlarining har biri oddiy va batafsil kengaytrilgan qidiruv hamda matnli, rasm, musiqa, video va boshqa turli shakldagi axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu turdagi axborot-qidiruv tizimlaridan foydalanib ixtiyoriy foydalanuvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan ixtiyoriy turdagi ma’lumotni qidirib topishi va undan foydalanishi mumkin. Agar sizga biror ma’lumot kerak bo‘lib, lekin siz uning qayerda va qanday ko‘rinishda joylashganligini bilmasangiz, u holda shu kabi axborot – qidiruv tizimlaridan foydalaning.
Ixtisoslashgan axborot qidiruv tizimlari. Axborot qidiruv tizimlari – bu veb-sayt hisoblanib Internet tarmog‘ida axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunda yuqorida sanab o‘tilganidek Google i Yahoo dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimlaridan hisoblanadi. Bizning davlatimizda WWW.UZ axborot-qidiruv tizimi qidiruv so‘rovlari bo‘yicha ilg‘orlardan biridir. Bundan tashqari Internet tarmog‘ida ma’lum sohada ishlaydigan ixtisoslashgan qidiruv tizimlari ham mavjud. Bulardan eng ommaboplari:
“KtoTam” – insonlar to‘g‘risidagi axborotlarni qidirishga mo‘ljallangan yangi turdagi axborot-qidiruv tizimi. Bunda insonlarni ismi, sharifi, familiyasi, kasbi, lavozimi va unvoni hamda tashkilot va boshqa insonlar orqali topish mumkin.
“Tagoo” – musiqalarni qidirishga mo‘ljallangan qidiruv tizimi. Boshqa qidiruv tizimlariga nisbatan ushbu tizim o‘zining kengaytirilgan musiqa bazasidan va boshqa saytlarning mp3 resruslaridan qidirib ularning ro‘yxatini shakllantiradi. So‘rovda musiqa nomini, uning ijrochisini hamda albom nomlarini ham kiritish mumkin.
“Truveo” – Internetning turli resurslaridagi videomateriallarni qidirishga ixtisoslashgan axborot – qidiruv tizimi. Bu tizim orqali on-layn video hamda teledasturlar namoyishlarini ham qidirib topish mumkin.
“Kinopoisk” – filmlar to‘g‘risidagi axborotlarni qidirish tizimi. Qidiruv vaqtida filmning nomi, chiqqan yili, janri, ishlab chiqqan davlat nomi, kompaniya nomi, akterlar ismlari hamda rejisserlar va ssenariy mualliflari ism shariflaridan ham foydalanish mumkin.
“Ebdb” – elektron kutubxonalardan kitoblarni qidirishga ixtisoslashgan axborot-qidiruv tizimi. Ushbu saytning ma’lumotlar bazasida elektron ko‘rinishda tarqatiladigan adabiyotlarning ko‘plab mashhurlari to‘plangan. Qidiruv natijalari kitob nomlari bo‘yicha guruhlanadi.
“Ulov-Umov” – rezyume va vakant joylarni qidirish tizimi. Bunda qidiruv jarayonida karyera va ishga bag‘ishlangan hamda ijtimoiy tarmoq va boshqa saytlar vakansiyalari tekshiriladi va ro‘yxati shakllantiriladi.
Qidiruv tizimlaridan to‘g‘ri maqsadda foydalanish. Ha, afsuski, bugungi kunda kompyuterga va internetga yoshlar tomonidan birinchi navbatda ko‘ngilochar vosita deb qaralmoqda. Ayniqsa, bolalar kompyuterga ko‘zi tushgan zahoti darrov o‘yinlarni so‘rashadi, ko‘pchillik yoshlar esa Internetga ulangani zaxoti esa rasmlar tomosha qilishni so‘rashadi.
Internet resurslari xilma-xildir. Ularning ichida ham foydali ham zararli bo‘lganlari ma’lumotlar uchraydi. Internet tarmog‘idagi axborot-qidiruv tizimlari esa Internet resurslari ichidan so‘ralgan ixtiyoriy ma’lumotlarni qidirib topib berish imkoniyatiga ega. Chunki bunday qidiruv tizimlari kalit so‘zlar bo‘yicha qidirishni amalga oshiradi. Foydalanuvchi tomonidan qanday ma’lumot kiritilsa, xuddi shu ma’lumotga mos ma’lumotlarni qidirib topadi. Shu narsani eslatib o‘tish kerakki, har qanday axborot ham foydali va to‘g‘ri, rost hisoblanavermaydi. Axborot-qidiruv tizimlaridan faqatgina to‘g‘ri va foydali maqsadda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Turli nojo‘ya ma’lumotlardan foydalanishdan va tarqatishdan saqlanish maqsadga muvofiqdir.
1-Topshiriq Google chrome brouzeri orqali voydod.net sayti orqali o’zimizga kerakli bo’lgan honandalarning audio va video larini zagruzka qilish.

2-Topshiriq voydod.net sayti orqali honandalarning audio va video lari ro’yhatini keltiring.


3-Topshiriq voydod.net saytida honandalarning audio va video larini qaysi honandaga tegishliligini aniqlang .


4-Topshiriq voydod.net saytida o’zingiz yoqtirgan honandalarning afishasi .



TALABALAR UCHUN TOPSHIRIQLAR


Internet brouzeri orqali o’zingizga kerakli bo’lgan axborotni qidirib topish.
Milliy electron pochta orqali, yo’nalishga tegishli mustaqil ishni qabul qilish va jo’natish.
Internet brouzeri orqali audio va video malumotlarni yuklash.
Rambler qidiruv tizimi orqali axborot texnologiyalari faniga oid kitoblarni yuklash.
Yahoo qidiruv tizimida doc va pdf fayllarini yuklash.

Ilovali xatni o’qish


Ilovali xat olganingizda xatda ilova belgisi bo’ladi. Ilovali xatni o’qish tartibi quyidagicha.
1. Xatni ro’yxatdan toping.
2. Uni odatdagidek oching.
3. Xatning o’ng yuqori qismida ilova belgisini sichqoncha tugmachasi bilan cherting.
4. Natijada ilova qilingan fayl ekranda hosil bo’ladi.
5. Zarur xolda bu xujjatni kompyuteringizga yozib qo’ying.
Elektron pochtadan foydalanishga oid maslahatlar
Xatni printerda chop etish uchun Fayl menyusida Pechat komandasini kiriting.
Xatni alohida faylga yozib qo’yish uchun Fayl menyusining Soxranit kak yoki Soxranit komandalaridan foydalaning.
Keraksiz xatlarni Udalitp komandasi yordamida yoki Delete tugmachasi yordamida o’chiring.
Xatlarni tartiblash mumkin, buning uchun Soobsheniye va Peremestit v komandalaridan foydalanishingiz mumkin. Papka Fayl, Papka, Sozdat menyulari yordamida ochiladi.
Xatni topish uchun Pravka menyusining Nayti soobsheniye komandasidan foydalanishingiz mumkin.
Savatdagi xatlarni ba’zan o’chirishni unutmang.
Katta hajmdagi ilovalarni arxivatorlar yordamida kichraytirib jo’nating.
Xatlarni alfavit, kelgan vaqti, mazmuni va ilovasiga qarab tartiblashingiz mumkin. Bu Vid, Sortirovat komandalari yordamida amalga oshiriladi.
Xatga imzo kiritib qo’yishingiz mumkin. Buning uchun Opsiyalar menyusida Podpis punktini topib, unda imzoni ko’rsatishingiz mumkin. Masalan, ismingiz, familiyangiz, lavozimingiz, ishxona nomi va manzilini, telefon, faks nomerlarini berishingiz mumkin. Bu Sizning ishingizni yengshillashtiradi. Xar gal bu ma’lumotni yozishga vaqtingizni sarflamaysiz. Bu vaqtni tejaydi va ishni qulaylashtiradi.
• Noma’lum mualliflar xatini ochishda extiyot bo’ling. Oxirgi paytlarda quyida keltirilgan mavzudagi xatlar kompyuterlarni viruslantirmoqda. Bu viruslar tufayli kompyuterdagi barcha ma’lumotlarni o’chirilish, kompyuter ishini ishdan chiqarilish xolatlari sodir etyapti. Masalan, "I love you" virusi juda katta talofatlarni keltirdi. Natijada Ba’zi kompaniyalar kompyuterlar ishini tiklashga bir necha kunlar sarfladi. Bu xatlar odatda ilovali bo’ladi. Ularni aslo ocha ko’rmang, tezda yo’qoting. Shuning uchun, "I love uoi"(Men seni sevaman), "Would you like get money"(Ko’n pul ishlashni xoxlaysanmi?) va xokazolar va shunga o’xshash mazmundagi xatlarni o’ylab o’tirmasdan, savatga jo’nating.
Noma’lum mualliflardan kelgan ilova xatlarni aslo ochmang va savatga jo’nating. Kompyuteringizni doimo virusga tekshirib turishni unutmang. Chunki kompyuternigizda virus bo’lsa, uni do’stingiz yoki xam kasbingizga ilovali xat bilan jo’natishingizni unutmang.Xatlarni qabul qilishda ularni virusga tekshirish komandasini o’rnating.
Misol sifatida quyidagi vazifani bajaring.
1. O’zingiz xaqidagi ma’lumotni: ismingiz, familiyangiz, lavozimingiz, ish joyingiz va manzilni imzoga kiriting.
2. O’zingizga ilovali xatni jo’nating.
3. Xatni oching.
4. Ilovani oching.
5. Ilovani kompyuterdagi shaxsiy papkaingizga yozib ko’ying.
6. Xatni printerda choplab ko’ring.
7. Vxodyashiye papkaidagi xatlarni muallif nomi, vaqti, mavzusi bo’yicha tartiblang.
OUTLOOK EXRRES programmasi bilan tugmachalar yordamida ishlash

Tugmachalar majmui

Bajariladigan amal tavsifi

CTRL+N

Yangi xat yozish mumkin.

CTRL+R

Xatga javob yuborish darchasini chiqaradi.

ALT+S

Xatni jo’natadi.

CTRL+M

Xatni muallifga eltadi.

CTRL+D

Xatni o’chiradi.

CTRL+R

Xat nusxasini printerda chiqaradi.

Shift+ Backsrace

Xatni boshqa manzilga zdtadi.

CTRL+R tugmachalar majmuasini kiritish uchun CTRL tugmachasini bosgan xolda, R tugmachasini bosish zarur.



Download 20,04 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102




Download 20,04 Mb.