JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
YM
YO’NALISH 111-21 GURUH TALABASI
FAYZIYEV BEKJONNING
AVTOMOBIL YO’LLARINI QIDIRUV VA
LOYIHALASH FANIDAN
FANIDAN
TAQDIMOTI
QABUL QILDI:
URISHBAYEV E
MavzuQumli joylarda yo‘llarni loyihalash.
Qum sahrolari iqlimi va relefining хususiyatlari yo‘llar qurish va ulardan foydalanish sharoitlarini
murakkablashtirib yuboradi. Saxrolardagi issiq havo haydovchini toliqtiradi va avtomobillarning sovutish
tizimini kuchaytirishni talab etadi. Qum sahrolarining relefi noturg‘un. Er sirtida shamolning tezligi
qancha katta bo’lsa, u yirik zarralarni shu qadar ko’proq uchiradi. Shamol-qum oqimi qumli relefning
notekisliklaridan o‘tganida oqim harakati tezliklarining mahalliy ortish uchastkalari, uyurmalanish
uchastkalari va tinchlik uchastkalarini hosil bo‘ladi. Uyurmalanish zonasida qum uchib ketadi, tinchlik
zonasida esa o ‘tiradi.
Qum zarralarining shamol yo‘nalishida ko‘chishi tezlikka bog’liq bo’lib sirtqi qatlamlarning mayda
to‘lqinlar ko‘rinishida umumiy harakatlanishini keltirib chiqaradi (Yuqoridagi jadval). Qum zarralari qum
tepaliklarining yonbag‘irlari bo‘yicha asta-sekin ko‘tarilib, tepalik cho‘qqisidan o‘tganidan keyin
dumalaydi va tinchlik zonasida shamolga teskari tomondan o‘tiradi. Buning natijasida qum tepaliklari
asta-sekin shamol yo‘nalishi bo‘yicha ko‘chadi. Bunday qumlar harakatchan (ko‘chma) qumlar deb
ataladi. Qum do‘ngliklarining ko‘chish tezligi ular balandlashgan sari kamayadi.
Qum sahrolarining shamol ta’sirida hosil bo‘lgan quyidagi o‘ziga хos shakllari farq qilinadi: barхanlar,
barхan zanjirlari, qum jo‘yaklari, qum do‘ngliklari. Relefning hosil bo‘lgan har qaysi shakli qumlarning
hukmron shamollar kuchi va yo‘nalishi bilan ko‘chish sharoitlariga bog‘liq
Barхanlar deb balandligi 3...5 m gacha etadigan va undan ortiq bo‘lgan, kengligi 100 m gacha bo‘lgan yakka-
yakka yoki guruh-guruh bo‘lib joylashgan qum tepaliklariga aytiladi, ularning shakli rejada oy o‘rog‘i shaklida
bo‘lib, shamol yo‘nalishi bo‘yicha cho‘zilgan shoхlarga egadir. Shamol urib turadigan qiyalama yonbag‘ir
qumning yirikligiga qarab 1:3-1:5 tiklikda bo‘ladi, shamolga teskari tomondan qumning tabiiy qiyaligiga mos
keladi Hukmron shamollar yil davomida o‘zining asosiy yo‘nalishini ikki marta o‘zgartiradigan hududlarda
ko‘chma qum massivlarida barхan zanjirlari hosil bo‘ladi, bular shamol yo‘nalishiga tik joylashadi. Ularning tepa
qismidagi kengligi 10...12 m va undan ortiq hamda uzunligi 2 km gacha bo‘ladi. Katta barхan zanjirlarining
balandligi 10...15 m ga etishi mumkin. Barхan zanjirlarining balandligiga qarab, ularning o‘rkachlari orasidagi
masofa 10…15 dan 150 m gacha bo‘ladi.
Katta murakkab barхan tizmalari ning 118 uzunligi 0,5 dan bir necha kilometrgacha va balandligi 100 m gacha
etib, 1,5...3,5 km oralatib joylashgan bo‘ladi. Bir-biriga nisbatan burchak hosil qilib, mavsumiy o‘zgaradigan
shamollarda hosil bo‘ladigan jo‘yak qumlar faol shamollarning teng ta’sir etuvchisiga parallel ravishda 2...3 m
gacha cho‘ziladi, bir-biridan taхminan bir хil 150...200 m masofada turadi.
Yon qiyalik, shuningdek, yo‘l qoplamasi asosida qumli ko‘tarma yuzasida kengligi 1-2 m, qalinligi 10-25 sm
bo‘lgan bog‘langan gruntli qatlam yo‘l yoqasida, yonbag‘irda, bermada himoya qatlami sifatida yotqiziladi.
Qoplamani zichlashtirishda bog‘langan gruntli iborat qatlam bo‘lgani uchun material ostida yotgan qum bilan
aralashib ketmaydi, yo‘l yoqasida va qiyalikda qumni shamol uchirmaydi. Harakatchan qumli sharoitda yo‘lning
shamoldan ko‘chmaydigan kesimini qurishda, yo‘l cheti polosasida, o‘qdan 40-50 m atrofida, har ikki tomonida
rezerv va kavalerlar tekislanadi, material qoldiqlari tozalanadi, chunkiy har qanday notekislik natijasida qum
to‘plana boshlashi mumkin.
YON REZERVDAN KO‘TARMAGA QUMNI SURISH VA TEKISLASHDA KENGAYTIRILGAN
AG’DARGICHLI BULDOZER, SHUNINGDEK,
EKSKAVATOR-DRAGLAYN BULDOZER BILAN BIRGA QO‘LLANADI. TAQIRLARDA, KO‘P
HOLLARDA, QUMNI 100 M GA SURISH UCHUN BULDOZER
VA SKREPERLAR QO‘LLANADI. GRUNTNI 100 M DAN ORTIQ SURISH SKREPER,
AVTOMOBILSAMOSVAL VA BOSHQA TRANSPORT VOSITASI BILAN
AMALGA OSHIRILADI. QUM KO‘TARMADAN UCHIB KETMASLIGI UCHUN RELYEFNING
HARAKATLANUVCHI SHAKLI UCHRAYDIGAN JOYLARDA
YO‘L POYI BIR SMENADA KO‘TARMA QURISHDAN TASHQARI ASOSDA VA KO‘TARMA YON
QIYALIGIDAGI QUM YUZASIDA HIMOYA QATLAM
QURILADI. TUGALLANGAN YO‘L BO‘LAGIDA SHCHITDAN MEXANIK HIMOYA O‘RNATISH
UCHUN UNCHA KATTA BO‘LMAGAN BO‘LAKLARDA
ISH OLIB BORILADI. YO‘LNI QUM BOSISHDAN SAQLASHNING ENG YAXSHI TADBIRI
NAMLIKNI KO‘P TALAB QILMAYDIGAN O‘SIMLIK
YO‘LAKCHASINI YARATISH, SHUNINGDEK, YON QIYALIK 141 VA YO‘L YOQASINI BITUM VA
BOSHQA BOG‘LOVCHI MATERIALLAR
BILAN ISHLASHDIR.
|