• Tarixi
  • Iqlimi
  • O`tilgan mavzuni takrorlash




    Download 73.27 Kb.
    bet2/4
    Sana12.05.2023
    Hajmi73.27 Kb.
    #58845
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1-soatlik dars ishlanma Koreya
    “ Avtomatlashtirish sistemalarini loyixalash va sozlash” fanidan (1), 12. Geografiya, 3 oshkormas fuksiya , Control work 2, 1-topshiriq Mavzu Rastrli grafika. Rastrli tasvirning kompyute, ИН ва ДА 2-оралиқ билет, ko\'rgazma, Tarbiya Taqvim, Islom taqvim tarbiya, Konspekt, KONSPEKTLAR, usti, Tarix ishchi dastur 2022-2023 1-kursga, 2-Amaliy mashg’ulot, UZBEKISTONDA EKOLOGIYA FANINING QISQACHA RIVOJLANTIRISH TARIXI
    O`tilgan mavzuni takrorlash.
    1.Koreya Respublikasining yer maydonini ayting?
    2.Mehnat unumdorligi deganda nimani tushunasiz?
    3.Qaysi sinf geografiya darslarida tabiiy geografiya kurslario`tiladi?
    Yangi mavzu bayoni
    Koreya Respublikasi, norasmiy nomlari: Janubiy KoreyaKoreya (hangul: 대한민국, hanja: 大韓民國, tɛː.han.min.ɡuk̚), tinglang (yordam·maʼlumot)) Sharqiy Osiyoda, Koreys yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh. Poytaxti — Seul shahri aglomeratsiyasi aholisi boʻyicha jahonda ikkinchi oʻrinda turadi[1].
    Koreya jahonning eng qadimgi tamaddunlaridan biridir;[2] uning hududida Quyi Paleolit davridayoq odamlar yashaganligi maʼlum. Uch Koreys Qirolligining 668-yildagi birlashuvidan to 1910-yilgacha koreys xalqi yaxlit mamlakatda yashadi. Koreya boʻlinishidan soʻng 1948-yili Janubiy Koreya davlati yaratildi. Koreys Urushidan keyin Koreya Respublikasi iqtisodiyoti kuchli oʻsishni boshidan kechirib, mamlakat Katta Yigirmatalik safiga kirdi.[3] Bugungi kunda Janubiy Koreya Toʻrt Osiyo Barslaridan biri, deb hisoblanadi. Janubiy Koreya BMT, JST, OECD, APEC kabi tashkilotlar aʼzosi, AQShning yaqin hamkorlaridan biri boʻlib, xalqaro siyosatda faol qatnashadi.
    Janubiy Koreya iqtisodiyoti yuqori texnologiyalar va qulay infratizimga asoslangan,[4] Samsung, LG, Hyundai-Kia kabi koreys shirkatlari elektronika, avtomobil, kema, mashina va robotlar ishlab chiqarishadi. Janubiy Koreya shuningdek taʼlimi ilgʻor mamlakatlardan biri boʻlib, aholisi ilmiy savod darajasi boʻyicha jahonda birinchi,[5] matematik savod boʻyicha esa ikkinchi oʻrinda turadi.[6] Korea soliq tizimlari 것 아니냐는 지적이 ᆞ 안녕 것 아니냐는 관측이. 하지만. 하지만 이 관계자는 다만 이 같은

    Tarixi


    Arxeologik topilmalar daliliga asosan Koreyslar Koreya yarimorolini Ilk Paleolit davrida egallagan. Koreya tarixi eramizdan avvalgi 2333-yil Tanginning afsonaviy tarzda Koʻchoʻsonga asos solishi bilan boshlanadi.[7]
    Tanginning qirolligi "Choʻson" deb atalgan (ammo, hozirgi kunda yaqin davrdagi Choʻson sulolasidan farqlash uchun Koʻchoʻson yoki Qadimgi Choʻson deb ataladi). Koʻchoʻson Koreya yarimoroli shimoli va Manjuriyaning bir qismini egallashgacha kengaydi. Xitoyning Han sulolasi bilan bir necha urushlardan keyin, Koʻchoʻson parchalanib, bir necha davlatlarga boʻlinib ketdi va Koreyaning Uch Qirollik Timsoli davriga olib keldi.
    Uch Qirollik timsoli davri davomida Buyo, Okcho, Doʻngyo va Samhan birlashmasi Koreya yarimoroli va janubiy Manchuriyani egallab oldi. Aynan shu davrda Uch Qirollik ravnaq topdi.
    1945-yilda SSRI va AQSh Koreyani birgalikda boshqarish toʻgʻrisida shartnomaga qoʻl qoʻyishadi. Ikki katta davlat Koreyani 38-parallel chizigʻidan boʻlishib olishadi.
    1950—53-yillarda boʻlib oʻtgan Koreya urushi Shimol va Janub oʻrtasida harbiysizlashtirilgan hudud oʻtkazilishiga sabab boʻladi. Shunday qilib bir butun Koreya davlati shimolda Kommunistik boshqaruvli Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va janubda kapitalistik boshqaruvga ega boʻlgan Koreya Respublikasiga boʻlinib ketadi.

    Iqlimi


    Koreya iqlimi — moʻtadil, bir-biridan keskin farq qiladigan toʻrt faslga ega. Bahor qisqa boʻlishiga qaramasdan juda ham yoqimli va quyoshli boʻladi. Yozda esa issiq va namlik yuqori boʻlib, iyul oylarida yomgʻirga boʻy boʻladi. Kuz fasli yorqin tilla va qizil ranglar bilan boʻyalib ajoyib rang-barang panoramani yaratadi. Qish sovuq va quruq kelib vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Janubi-gʻarbdagi Jeju-do oroli yumshoq subtropik iqlimga ega. Koreya tumanlari oʻrtasidagi harorat farqi juda katta, oʻrtacha hisobda 6 °C dan 16 °C gacha boʻladi. Yilning eng issiq oʻyi boʻlgan avgustda esa harorat 19 °C va 35 °C orasida boʻladi, eng sovuq oyi yanvarda esa harorat minus 8 °C gacha tushib ketadi.
    Bahor faslining boshlarida shamol Xitoyning shimoliy qismidagi choʻllaridan sariq qum va tuproqlarni uchurib keladi. Ammo aprel oyi oʻrtalarida haqiqiy bahor nafasini his qilish mumkin boʻladi, togʻlar va maysazorlar esa ajoyib gullarga boʻyalgan boʻladi. Shu vaqtda dehqonlar dalalarni guruch ekishga tayyorlaydi.
    Koreyslarning yil fasllari orasida sevimlisi boʻlgani kuz odamni tetiklashtiradigan havo va musaffo osmonga ega boʻladi. Kuz — hosillarni yigʻishtirish vaqti hamda turli bayram va tarixiy anʼanalarga boy fasl.

    Download 73.27 Kb.
    1   2   3   4




    Download 73.27 Kb.