• Iqtisodiyoti
  • Fan-texnikasi
  • Jizzax viloyati Jizzax shahar




    Download 73.27 Kb.
    bet3/4
    Sana12.05.2023
    Hajmi73.27 Kb.
    #58845
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1-soatlik dars ishlanma Koreya
    “ Avtomatlashtirish sistemalarini loyixalash va sozlash” fanidan (1), 12. Geografiya, 3 oshkormas fuksiya , Control work 2, 1-topshiriq Mavzu Rastrli grafika. Rastrli tasvirning kompyute, ИН ва ДА 2-оралиқ билет, ko\'rgazma, Tarbiya Taqvim, Islom taqvim tarbiya, Konspekt, KONSPEKTLAR, usti, Tarix ishchi dastur 2022-2023 1-kursga, 2-Amaliy mashg’ulot, UZBEKISTONDA EKOLOGIYA FANINING QISQACHA RIVOJLANTIRISH TARIXI

    Hukumati


    Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi.
    Koreya hukumati uchta qismga boʻlingan: ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimyati. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar davlat darajasida faoliyat koʻrsatadi. Mahalliy vazifalarni ijro etuvchi boʻlimdagi turli vazirliklar amalga oshiradi. Mahalliy hokimyat yarim-muxtor boʻlib, oʻzining ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi boʻlimiga ega. Sud hokimiyati davlat va mahalliy darajada faoliyat koʻrsatadi.
    Koreya hukumatining tuzilishi Koreya Respublikasining konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Bu hujjat 1948-yil kuchga kirgandan buyon bir necha marta tahrir qilindi. Ammo bir necha palata xususiyatlari oldingidek qoldi; Ikkinchi Koreya Respublikasidan tashqari barcha hukumat mustaqil bosh ijro etuvchi — prezidentga ega boʻldi.
    Puxta uch hokimiyatli tizim bu tekshiruv va muvozanatning ehtiyotkor tizimidir. Masalan, konstitutsiyaviy sudning sudyalari qisman ijro etuvchi, qisman qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan tayinlanadi. Shuningdek, impichment rezolutsiyasi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan berilib, sud hokimiyati soʻnggi qarorni qabul qiladi.

    Iqtisodiyoti


    Iqtisodiyot asosiy qismini qishloq xoʻjaligi tashkil qilgan yillar ham boʻlgan. Endilikda esa Janubiy Koreya qayta ishlash sohasi bilan gʻururlansa boʻladi, chunki 1997-yilning oʻzida YMM ning 25,7%ini ishlab chiqarish tashkil etti. 1997-yilgi YMM 5%ga, 1996-yil 6,8%ga, 1995-yil esa 8,9%ga oʻsish kuzatilgan edi. 1998-yil YMM oʻsishi 6,7% manfiy koʻrsatkichni tashkil etti. Buning asosiy sababi 1997-yilda Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy boʻhron oqibatidadir. Xorijiy sarmoyadorlarning Xitoy kabi boshqa rivojlanayotgan davlatlarga sarmoyalarini koʻchirishi bilan iqtisodiy ahvol yanada salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishiga qaramay, 1999-yil YMM oʻsishi 10,9%, 2000-yil 9,3%, 2001-yil 3%, 2002-yil 6,3%ni, 2007-yil 4,8%ni va miqdori 1,2 milliard AQSh dollarini tashkil etti.

    Fan-texnikasi


    Janubiy Koreyada dunyodagi xotira chiplarining 45%i ishlab chiqariladi.[8]
    Janubiy Koreyaning elektronika va mashinasozlik shirkatlari jahonda yetakchi oʻrinlardadir; ular qatoriga LG, Samsung va boshqalar kiradi. Butun dunyodagi LCD monitorlarning 50%i aynan Janubiy Koreyada tayyorlanadi.[9] Samsung va LG mobil telefon ishlab chiqaruvchilari orasida dunyoda yetakchi shirkatlardandir.
    Janubiy Koreya aholisi elektronikadan eng koʻp foydalanuvchi xalqlar qatoriga kiradi. Internetdan foydalanuvchilarning foiz nisbatdagi soniga koʻra birinchi oʻrinda turadi.[10] 2020-yilgacha har bir koreys xonadonida kamida bitta robot boʻlishi rejalashtirilgan.[11] Bu reja orqali Koreya aholisining keksayishi va shu tufayli ishchi kuchi hamda askarlar soni kamayishi muammolari qisman hal qilinishi koʻzda tutilgan.
    Koreya Respublikasi Rossiya bilan fazoviy hamkorlik olib bormoqda,[12] bu hamkorlik doirasida "Arirang-1" va "Arirang-2" nomli sunʼiy yoʻldoshlar uchirildi. 2008-yilning 8-aprelida Koreya oʻzining birinchi fazogiri — Yi So-yeonni koinotga uchirdi, u rus orbital kemasi "Soyuz TMA-12"da ishladi.

    Download 73.27 Kb.
    1   2   3   4




    Download 73.27 Kb.