• Yerning Quyosh atrofida aylanishi.
  • Quyosh turishi kuni
  • Quyoshning qishki turish kuni
  • O`tilgan mavzuni takrorlash




    Download 370.31 Kb.
    bet2/3
    Sana04.05.2023
    Hajmi370.31 Kb.
    #56335
    1   2   3
    Bog'liq
    1-soatlik dars 5-1
    1-Ma\'ruza, 7-mavzu, 3, 3, Asosnoma-SA’DULLAYEV BOTIR QAHRAMON O‘G‘LI, tarix-seminar-test-javoblari, 4-topshiriq-4, fiziologiya(1), Elektr va magnetizm (YaDAK u-n test), 1- Darsga havola, 1 (2), 11 (22), 309928d4b100a5d75adff48a9bfc1ddb, 1-mavzu, 9
    O`tilgan mavzuni takrorlash.
    1.O`zbekiston Respublikasining yer maydonini ayting?
    2.Mehnat unumdorligi deganda nimani tushunasiz?
    3.Qaysi sinf geografiya darslarida tabiiy geografiya kurslario`tiladi?
    Yangi mavzu bayoni
    Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi. Odamlar juda qadim zamonlardanoq Quyosh har kuni sharqdan chiqib, g‘arb tomonga botishini bilib olganlar. Quyosh chiqib, botgunga qadar o‘tgan yorug‘ vaqt kunduzi va botgandan chiqqunicha o‘tgan qorong‘i vaqt kechasi deb ataladi. Bir kecha bilan bir kunduz sutka deb ataladi. Bir sutka 24 soatga teng. Binobarin, Yer o‘z o‘qi atrofida 24 soatda g‘arbdan sharqqa tomon bir marotaba aylanib chiqadi.
    Kecha bilan kunduzning almashinib turishini o‘zingiz tajriba qilib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun kechqurun qorong‘ida koptok yoki sharni olasiz. Ularni chiroq yonida tutib tursangiz, yarmiga nur tushib yorug‘ ko‘rinadi, yarmi esa qorong‘i bo‘ladi. Agar sharni sekin aylantirsangiz yorug‘ va qorong‘u tomonlari almashinadi. Yerda kecha bilan kunduz ham xuddi shunday almashinadi. Chunki Quyosh nuri bir vaqtning o‘zida Yerning hamma tomonini yorita olmaydi, faqat Quyoshga qaragan qismini yoritadi.
    Yerning Quyosh atrofida aylanishi. Yer Quyosh atrofini 365 kun (sutka) va 6 soatda bir marta to‘liq aylanib chiqadi. Hisobga to‘g‘ri bo‘lishi uchun bir yil 365 kun deb qabul qilingan. Shunda har yili 6 soatdan yig‘ilib, 4 yilda 24 soat, ya’ni bir sutka bo‘ladi. Shuning uchun har uch yildan keyin to‘rtinchi yil 366 kun bo‘ladi. Bu yil kabisa yili deyiladi. Shu yili fevral oyi 28 kun emas, 29 kun hisoblanadi.
    Nega yil fasllari almashinib turadi? Buni tushunish uchun 13-rasmni tahlil qilamiz. Rasmda Yerning Quyosh atrofida aylanayotgan oylardagi holati tasvirlangan. Iyun oyida Yerning Shimoliy yarimshar qismi Quyoshga ko‘proq qarab turadi. 22-iyun yozgi Quyosh turishi kuni deyiladi. Bu kuni Quyosh Shimoliy yarimsharda ufq ustida eng baland ko‘tariladi, kunduz uzun, tun esa qisqa bo‘ladi. Shimoliy qutb atrofidagi yerlarda Quyosh butunlay botmaydi. Shimoliy yarimsharda yoz,
    Janubiy yarimsharda esa qish bo‘ladi.
    22-dekabr kuni Quyosh Janubiy yarimsharda ufqdan eng baland ko‘tariladi. Janubiy yarimsharni eng ko‘p, Shimoliy yarimsharni esa yer — quyosh sistemasidagi sayyora aksincha eng kam yoritadi va isitadi. Shimoliy yarimsharda kunduz eng qisqa, tun esa eng uzun bo‘ladi. Shuning uchun bu kunni Shi moliy
    yarimsharda Quyoshning qishki turish kuni deyiladi.
    21-mart va 23-sentabr kunlari esa Quyosh ikkala yarimsharni bir xilda yoritadi. Bu kunlarni bahorgi va kuzgi kun-tun tengligi kunlari deyiladi.
    Yer yuzida turli fasllarda Quyoshning turlicha baland ko‘tarilishi oqibatida fasllarning almashinishi kishilar hayotiga, o‘simliklarga, hayvonlar hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi (bolalar, siz yashaydiganjoyda turli fasllarda ob-havo qanday bo‘lishini eslang).

    Download 370.31 Kb.
    1   2   3




    Download 370.31 Kb.