|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH INBog'liq 344-347
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 6, 2023. SEPTEMBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
346
anvoyi gullar, kapalaklar, qo‘ng‘izlar, qushlar, hayvonlar, suzib yurgan bulutlar,
pag‘a-pag‘a yog‘ayotgan qor uchqunlari, jilg‘a va ko‘lmaklar o‘ziga jalb qiladi.
O‘simlik hamda jonzotlarning xilma-xil olami bolalarda tabiatga nisbatan jonli
qiziqish va havas uyg‘otadi, ularni faoliyatga undaydi. Tabiat bilan muloqotda
bo‘lish bolalarda atrofolam haqida realistik bilim, jonli mavjudotga insoniy
munosabatda bo‘lishni shakllantirishga yordam beradi.
Bolalar tabiat haqida juda bo‘lmaganda ilk bilimlarni egallab, o‘simliklarni
o‘stirish, hayvonlarni parvarish qilishning oddiy usullarini o‘rganib, tabiatni
kuzatish, uning go‘zalliklarini ko‘ra olishni bilib olgan taqdirdagina ularda tabiatga
nisbatan ehtiyotkorlik va g‘amxo‘rona munosabatda bo‘lishni tarbiyalash
imkoniyati tug‘iladi. Bolalarda tabiat, jonajon o‘lka, ona vatanga muhabbat xuddi
mana shu asnoda shakllanadi.
Tabiatga
nisbatan
aqliy,
estetik
munosabatlar
bola
tomonidan
o‘zlashtirilayotgan bilimlarning mazmuni bilan yaqindan bog‘liqdir. Ekologik
mazmun bilan bog‘liq bo‘lgan bilim tabiatda bolalar faoliyati va ularning o‘zini tuta
bila olishi, intizomini boshqarib turadi va maqsad sari yo‘naltiradi. Tabiatga bo‘lgan
munosabatni shakllantirishda bolalar idrokiga yetarli darajada yetib boruvchi tabiat
qonunlari bo‘yicha bilim alohida o‘rin egallaydi. Tabiatga nisbatan bo‘lgan
munosabatni rivojlantirish (mashg‘ulot, ekskursiya, sayr qilish kabi hayotiy
vaziyatlar) bolaning ma’naviyijobiy, ruhiy kechinmalariga asoslangan pedagogik
jarayonni tashkil qilish bilan yaqindan bog‘liq.
Tarbiyachi bolada tirik jonzotga nisbatan achinish, uni asrab avaylash, jonli
tabiat bilan uchrashganda undan bahra olish, quvonish, taajjublanish, o‘zining qilgan
ishidan mag‘rurlanish, qoniqish hissini uyg‘ota bilishi kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tabiat, yilning turli fasllarida
unda ro‘y berib turadigan o‘zgarishlar bilan tanishtirib boriladi. Hosil qilingan
bilimlar asosida tabiat hodisalarini aniq tushuna bilish, qiziquvchan bo‘lish, kuzata
bilish, mantiqan fikr yurita olish, jamiki tirik narsaga zavqshavq bilan qarash kabi
fazilatlar shakllanib boradi. Tabiatga mehr qo‘yish, uni ehtiyot qilib e’zozlash, tirik
jonivorlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish tabiatga qiziqish uyg‘otibgina qolmay, balki
bolalarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tabiat boyliklarini ardoqlab, ko‘paytirib
borayotgan kattalarning mehnatiga hurmat bilan qarash kabi eng yaxshi
xususiyatlarni shakllantirib borishga ham yo‘l ochadi.
|
| |