-jadval.  Voyaga yetmaganlarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini tadqiq qilish natijalari (V.V.Stolin va




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

1-jadval. 
Voyaga yetmaganlarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini tadqiq qilish natijalari (V.V.Stolin va 
V.V.Panteleyevlarning “Voyaga yetmaganlarni o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini aniqlash” testi) 
(n=256) 
№ 
O‘z-o‘ziga munosabat 
Hamma voyaga 
yetmaganlarga 
nisbatan 
5-sinf 
7-sinf 
9-sinf 

Integral “Men” 
21,1 
21,6** 
21,1** 
20,6 

O‘zini hurmatlash 
9,6 
9,2 
9,5** 
10,1 

O‘zini yoqtirish 
9,8 
10,4** 
9,8** 
9,3 

Boshqalarning ijobiy 
munosabatini kutish 
8,4 
7,7** 
8,4*** 
9,2 

O‘ziga qiziqish 
5,8 
5,4 
5,6** 
6,3 

O‘ziga ishonish 
5,7 
5,2* 
5,7* 
6,1 

O‘zgalardan kutilayotgan yordam 
6,2 
6,6* 
6,3** 
5,8 

O‘zini qabul qilish 
5,3 
4,8* 
5,3** 
5,9 

O‘z-o‘ziga rahbarlik qilish 
3,7 
3,3* 
3,6** 
4,1 
10 
O‘zini ayblash 
5,4 
5,0* 
5,4** 
5,9 
11 
O‘ziga qiziqishni ifodalash 
5,3 
5,9** 
5,3** 
4,8 
12 
O‘zini tushunish 
3,3 
3,0 
3,2* 
3,6 
*) p<0.05, **)p<0.01, ***)p<0.001 
1-jadvalda ham, boshqa shunga o‘xshash jadvallar ham tadqiqotda ishonchsizlik yoki noto‘g‘ri 
ma’lumot va xulosalar kirib qolmasligi maqsadida foydalanilgan turli metodikalarning natijalari EHMda 
matematik-statistik usulda qayta ishlandi. O‘rtacha kvadratik chetga og‘ishni hisoblashda ishonchlilik farqini 
topish uchun Styudent mezoni (t-kriteriyasi) bo‘yicha ish olib borildi.
Ishonchlilik farqini topish natijalari va korrelyatsiyali hamda faktorli tahlillar tadqiqotdagi shubha 
uyg‘otadigan, joyi almashtirilgan yoki kelishtirilgan ma’lumotlarga chek qo‘yadi.
1-jadvaldagi ko‘rsatkichlar tahlillaridan ko‘rinadiki, voyaga yetmaganlarning integral “Men”i (o‘z 
“meni”dagi “yaxshi va yomon” jihatlarni integral his etish ko‘rsatkichi) o‘rtachadan biroz yuqoriroq 
ahamiyatga ega (30 tadan 21,4 ball). Ushbu ko‘rsatkichning o‘rtachadan yuqoriligi O‘zbekistondagi voyaga 
yetmaganlar yoshlarning o‘qishi, yashashi, dam olishi, jismoniy va ruhiy imkoniyatlarini ruyobga chiqarish 
uchun hamma qulaylik hamda tegishli shart-sharoitlar yaratilayotganligi bo‘lsa, boshqa bir tomoni ularning 
o‘z imkoniyatlariga qisman yuqoriroq baho berayotganligi natijasidir.
Biz ular bilan olib borgan tadqiqot natijalari hozirgi voyaga yetmaganlar yoshlarning o‘zlari haqida 
biroz yuqori baho berayotganligini tasdiqlaydi. Bizningcha, mamlakatimizda ular uchun hamma 
imkoniyatlarning yaratilayotganligi, ular qaysiki ishga qo‘l urmasin yoki o‘qish yoki kasb egallash uchun 
qaysi bir sohani tanlamasin (ishonch motivi), ularda hammasini uddalay olish imkoniyati bordek 
tuyulayotganligini ifodalaydilar. Biz mazkur ko‘rsatkichga asoslanib voyaga yetmaganlarda o‘zini- o‘zi 
anglashning shakllanishida individual imkoniyatlariga ortiqcha baho berish bilan milliy-tipik va tarbiyaviy 
psixologik omillar ta’sirining ba’zi o‘rinlarda pasayganligi natijasi deb baholashga ko‘proq moyilmiz. 
O‘zbek xalqining ma’naviyati, qadriyatlari, an’analari, jamiyatda amal qiladigan me’yorlar, qonun va 
qoidalarga qat’iy rioya qilishga qarama-qarshi o‘laroq ota-onalarning farzandlar tarbiyasiga biroz 
e’tiborsizligi, yoshlarda kechayotgan jismoniy va psixologik rivojlanish qonuniyatlarini bilmaslik
axborotning globallashuvi sharoitida psixologik tahdid manbalarining yoshlar hayoti va faoliyatiga 
“indamasdan” kirib kelayotganligiga (aralashayotganligi) qarshi ota-onalar, ta’lim muassasalari xodimlari va 
mahalla jamoatchiligining birgalikda uyushgan tarbiyaviy ta’sir choralarining zamonaviy talablar darajasida 
tashkil etilmayotganligi sabab bo‘lmoqda. Mana shularning hammasi belgilangan me’yorlar asosida 
kechmayotganligi natijasida ba’zi yoshlarning o‘z meniga noto‘g‘ri yondashuvi yoki ortiqcha baho 
berishidan hayotda ularning noto‘g‘ri yo‘nalish olishi, adashishi va xato qilishiga sabab bo‘lmoqda (yoshlar 
ko‘proq noto‘g‘ri axborot manbalari, noqonuniy xatti-harakatlar yordamida biror bir manfaatga erishish 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
16 
ishonchining kuchayishi, internetdagi aldamchi ma’lumotlarga amal qilishi bilan birga, ota-ona, o‘qituvchi -
ustoz va yoshi kattalar fikrlariga quloq solish, itoatkorlik, ularni ko‘rsatmalariga amal qilish, o‘ylab-fikrlab 
ish qilish, voqyealarni o‘rganib, taqqoslab tahlil qilish, unga xolisona baho berish, uzoqni ko‘ra bilish kabi 
sifat va fazilatlarning egallanishi zarurat ekanligiga e’tiborni pasayib ketayotganligi sabab bo‘lmoqda.) 
Bizningcha, voyaga yetmaganlarning “integral meni” dinamikasi ularning yoshi va bilim tajribasiga 
bog‘liqligi qiziqarlidir (1-jadval). Masalan, voyaga yetmaganlarning (5-sinflar 21,6; 7-sinflar 21,1; 9-sinflar 
20,6 ball) yosh bosqichlari o‘sishi va hayot tajribalari oshishi bilan, ularning o‘z “Meni”ga tarafdorlik 
(ortiqcha baho berish) ko‘rsatkichlari pasayib borishini yaqqol ko‘ramiz. Bizningcha, voyaga yetmaganlik 
yoshi bosqichlarida uning o‘zi haqida eng ko‘p fikr yuritadigan , xayoliy va haqiqiy “Meni”ni keskin 
taqqoslaydigan, uning o‘z mavqeyini belgilash uchun kurashadigan davridir (ayniqsa, yuqori sinf voyaga 
yetmaganlar). Xususan, ana shu davrda o‘z “Meni”ni nazorat qilish, boshqalarga taqqoslash va uni qayta 
baholash ro‘y beradi, umuman qatnashchining o‘qish, yashash va hayotga ongli munosabati ortishi bilan 
(bizning o‘ylashimizcha) o‘z-o‘zini tanqid, o‘ziga nazorat va o‘zini boshqalar bilan taqqoslash kuchayib 
boradi. O‘z “Meni”ni to‘g‘ri va real baholashga yaqinlashib borishi kuzatiladi.
Bu esa, Voyaga yetmaganlarning “o‘z menini” to‘g‘ri va chuqurroq anglab borayotganligini ta’minlab, 
o‘qish, kasb egallash va hayotda to‘g‘ri yo‘nalish olishiga imkoniyat yaratadi. 
1-jadvalda “integral men”ni kuzatganimizda, voyaga yetmaganlarning o‘zligiga umumlashgan 
munosabatlari ifodalanganligini ham ko‘ramiz. Bular o‘zini o‘zi hurmatlash, o‘zini yoqtirish, boshqalarning 
ijobiy munosabatini kutish va o‘ziga qiziqishdir (1-jadvaldagi 2-5 ko‘rsatkichlar).
O‘zini hurmatlash – o‘z kuchlariga, qobiliyatlariga ishonish, o‘zini tushunish, ichki izchillik, 
mustaqillik, o‘zini nazorat qila olish va hokazolarning ko‘rsatkichlaridir.
Ushbu ko‘rsatkichda ular o‘zini yetarli darajada hurmat qilsalar va boshqalarni ham hurmat qilishini 
xohlasalar-da, ba’zida o‘zlariga ishonmaslik, bir xulosaga kelishda beqarorlik, o‘z-o‘zini tushuna olmaslik va 
o‘z imkoniyatlari hamda boshqalarning munosabatlariga shubha bilan qarash kabi holatlar ham tez-tez 
kuzatiladi. 
Voyaga yetmaganlarni yoshi bilan bog‘liq bilim va tajribalari oshib borishi bilan bu holatlar pasayib, 
o‘zini hurmat qilishi, o‘ziga ishonishi,atrofdagilarga ongli munosabati va mustaqilligi oshib borgan (9.2; 9.5; 
10.1). 
O‘zini yoqtirish-o‘ziga nisbatan do‘stlik yoki dushmanlik yuqori ko‘rsatkichlari o‘zini umumiy ijobiy 
baholashni, umuman o‘zini ma’qullashni bildiradi. Tadqiqotlarimizda voyaga yetmaganlarning o‘zini 
yoqtirishi umumlashgan ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘rtacha baholangani ko‘zatildi.(9,8 ball) 
Umuman olganda, voyaga yetmaganlar o‘zlarini katta kishilar yordamida qo‘llab-quvvatlashga 
o‘zlariga ishonishga moyildirlar, o‘zlarini ijobiy baholashga ko‘proq urinadilar, shu bilan birga, ular o‘zlarini 
ayblashga, xatolarini tan olishga ham tayyorlar, ular xarakteri va irodaviy sifatlarida ko‘proq beqarorlik ham 
kuzatiladi. Bu holat ularning yosh bosqichiga qarab pasayib borishi, natijada, o‘z meniga nazoratni kuchayib 
borishi, o‘z munosabatlari va faoliyati natijalariga ongli munosabat va real baho berishning oshib borishida 
kuzatilgan (10,4; 9,8; 9.3).
Boshqalardan ijobiy munosabatni kutish 13 imkoniyatdan o‘rtacha 8,4 ballda ifodalandi (1-jadval). Bu 
esa ular o‘zlarining jamiyatda va atrofidagilar uchun ahamiyatliliklarini tushunib borishlarini va o‘zlariga 
boshqalarning kerakli yordami hamda shu urinda ijobiy munosabatda bo‘lishini kutayotganliklarini 
ifodalaydi. Bu holat voyaga yetmaganlarda atrofidagi odamlarning munosabatlariga munosib bo‘lishga, 
ijtimoiy axloq normalariga rioya qilishga, tashqi qiyofasiga e’tiborli bo‘lishga, o‘zini nazorat qilishga 
intilishni vujudga keltiradi. Shuni aytish kerakki, bu o‘rinda o‘zbek xalqining milliy-madaniy muhiti, 
an’analari, qadriyatlari, ayniqsa, bolajonligi zarur shart-sharoit sifatida xizmat qiladi. Bizningcha, tarbiyaviy 
jarayonlarda jamoatchilik fikri, xalq pedagogikasi va mahalla institutlari faoliyatini milliy qadriyatlar va 
zamonaviy talablar asosida tashkil qilish mazkur ko‘rsatkichning o‘sishini ta’minlaydi. Mazkur ko‘rsatkich 
voyaga yetmaganlarning yoshi ulg‘ayishi, bilim va tajribalarining ko‘payishi bilan hamohang ortib 
borganligini (7.7; 8.4; 9.2) kuzatish mumkin.
O‘ziga qiziqish – o‘zining boshqalar uchun qiziqarli va e’tiborli ekaniga ishonishni bildiradigan va 
o‘spirinning o‘z fikri va hissiyotlariga qiziqishini aks ettiradigan ko‘rsatkich bo‘lib, tadqiqotimizda biroz 
yuqoriroq darajada namoyon bo‘ldi (8ta imkoniyatdan 5,8 ball, 1-jadval). Yuqori voyaga yetmaganlar 
yoshidagilarda o‘ziga qiziqish nisbatan yuqori darajada (6,3) dir. Bizningcha, uning xuddi manashu yosh 
bosqichi yakunida (16 yoshdan boshlab) ular o‘z fazilatlarini chuqurroq anglaydilar hamda o‘zlarining faqat 
o‘zlari uchun emas, balki boshqalar uchun ham qiziqarli ekanliklariga ishonch hosil qiladilar. Ularning 
ko‘rsatkichlari 11 yoshli voyaga yetmaganlardan (p<0.05) va 13 yoshlilardan (p<0.01) ishonarli farqlanadi. 
Voyaga yetmaganlarni o‘ziga qiziqishi ko‘rsatkichining biroz yuqoriligi ularga atrofdagilarning ularni 
ayab, hali voyaga yetmaganligini e’tiborga olgan holda ishonch bilan qarashlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin, 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
17 
shuningdek, bu holat maktablarda qunt bilan o‘qiyotgan voyaga yetmaganlar yoshlarga ijobiy munosabat 
ko‘rinishida milliy-psixologik hamda ijtimoiy-madaniy omillardan kelib chiqadi. O‘ylaymizki, bu omillar 
ularni rag‘batlantiradi va ularning faolligini oshiradi.
Endi voyaga yetmaganlarning o‘zlariga qaratilgan ichki harakatlarining (yo‘nalganlikning) 
ifodalanishini belgilovchi (1-jadvaldagi 6-12 tartibdagi) ko‘rsatkichlarning tahliliga e’tibor qaratamiz.
O‘ziga ishonish, boshqalarning munosabatlari, o‘zini qabul qilish, o‘zini ayblash, o‘ziga qiziqish va 
o‘zini tushunish ko‘rsatkichlari voyaga yetmaganlarning o‘ziga munosabatlarining yuqorida sharhlangan (1-
jadval 2-5 ko‘rsatkichlar bilan) va voyaga yetmaganlarning “integral men”ida bevosita aks etgan 
umumlashgan darajalariga muhim tarkibiy qism bo‘lib kiradi va uning xulq-atvorini belgilashda muayyan 
ahamiyag kasb etadi. 
Biz, yuqorida aytilgan o‘ziga munosabatning har biriga qisqacha to‘xtalsak, voyaga yetmaganlarning 
o‘ziga ishonish ko‘rsatkichi (5.2; 5.7; 6.1), o‘zini qabul qilish ko‘rsatkichi (4,8; 5,3; 5,9), o‘z-o‘ziga 
rahbarlik qilish ko‘rsatkichi (3,3; 3,6; 4,1), o‘zini ayblash ko‘rsatkichi (5,0; 5,4; 5,9), o‘zini tushunish 
ko‘rsatkichi (3,0; 3,2; 3,6) voyaga yetmaganlar yoshining o‘sib borishi va o‘quv-tarbiya jarayonlarini 
takomillashib borishi hamda ularning ijtimoiylashuv doirasining kengayishiga qarab rivojlanib ko‘tarilib 
borish tendensiyasini kuzatishimiz mumkin. Ularning o‘zgalardan kutilayotgan yordam ko‘rsatkichi (6,6; 
6.3; 5.8) bilan ishtirokchilarning o‘ziga qiziqishini ifodalash ko‘rsatkichi (5,9; 5,3; 4,8) ilk voyaga 
yetmaganlarda boshqa voyaga yetmaganlarga nisbatan yuqori bo‘lib, uning yoshi, bilimi va hayot tajribasi 
ortib borishi bilan bu ko‘rsatkichlar pasayib muvozanatlashish tomon yaqinlashib borayotganligini kuzatish 
mumkin. Xulosa qilib aytganda, voyaga yetmaganlar o‘zlarini har xil vaziyatlarda muammolarni kattalarni 
yordami bilan bo‘lsa-da, hal qila olishga qobiliyatli, deb hisoblaydilar; o‘zlariga boshqalarning ijobiy 
munosabatda bo‘lishi va yordamini kutadilar; o‘zlarining xususiyat va fazilatlari hali barqarorlashmagan 
bo‘lsa ham ularni ancha yuqori baholaydilar; o‘z-o‘zini tanqid ruhida gapirishga kam jur’at etadilar
faoliyatlari va munosabatlarida izchillikning kuchayib borayotganligi kuzatiladi; o‘zlariga ijobiy-darajadagi 
munosabatlarni qo‘lllab-quvvatlashga tirishadilar. Tadqiqotimizdan voyaga yetmaganlarda tasavvurlar, 
hissiyotlar, g‘oyalar, fikrlar, yechimlar va hokazolarning ichki muvofiqligi xamda mukammallashib borishi 
kuzatiladi. Bu natijalar tarbiya uchun mas’ul bo‘lgan ota-onalar, o‘qituvchilar, mahalla faollari va 
boshqalarning voyaga yetmaganlarga xos xususiyat va imkoniyatlarni chuqur shrganib,ularni to‘g‘ri anglab, 
to‘g‘ri baho berish va tarbiyaviy ta’sirlarni hamkorlik asosida oqilona tashkil etishga imkoniyat yaratadi. 

Download 4,29 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval.  Voyaga yetmaganlarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini tadqiq qilish natijalari (V.V.Stolin va

Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish