“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
18
Tajriba guruhidagi voyaga yetmaganlarda o‘ziga munosabatning sezilarli darajada yuqoriligining
sababi o‘zbek milliy madaniy muhitida voyaga yetmaganlar yoshlarga bo‘lgan e’tibor, ularning sha’ni va
qadr-qimmatini ardoqlash, ularga nisbatan yordam va qo‘llab-quvvatlashga doimiy shaylik, shuningdek,
ularning bilim olishga, biror-bir kasbni egallash uchun zarur imkoniyatlar mavjudligiga qaramasdan, boshqa
tomondan ba’zi voyaga yetmaganlar yoshlar uchun ularga xos tabiiy-biologik ehtiyojlarning vaqtida va
me’yorli qondirilmasligi, oilada voyaga yetmaganlarga xos ijtimoiy-iqtisodiy (sharoitlarning) motivlarning
me’yorli ta’minlanmaganligi, voyaga yetmaganlar uchun tarbiyaviy muhitning yetarlicha va barqaror tashkil
etilmaganligi, voyaga yetmaganlar tarbiyasi uchun mas’ullarning voyaga yetmaganlar rivojlanishini
ta’minlaydigan jismoniy, ijtimoiy-madaniy va individual- psixologik omillar ta’siridan bexabarligi bilan
izohlash mumkin.
Voyaga yetmaganlar yoshlarda o‘ziga munosabatning ijobiy o‘zgarishiga ta’sir etadigan ijtimoiy-
psixologik va milliy-madaniy xarakterdagi omillar haqida to‘xtalsak, bunga-o‘ziga nazorat va tanqidiy
munosabatda bo‘lishni, o‘zining shaxsiy fazilatlarini chuqur anglashni, yoshi ulug‘lar, o‘qimishli- ziyoli
kishilarni hurmatlashni, kamtarlik, bag‘rikenglik, odoblilik, kamgaplik, kattalarga itoatkorlik va boshqa
fazilatlarni aytish mumkin.
Biroq, voyaga yetmaganlarning yashash tarzi va kundalik faoliyati belgilangan me’yorlar asosida
to‘g‘ri tashkil etilmas ekan ularda jinoyat motivlari shakllanishiga xos imkoniyatlar yuzaga kelaveradi.
Chunki, yuqorida aytilgan milliy-psixologik va ijtimoiy-madaniy omillar o‘spirinlar psixikasini shakllantirib,
uning o‘ziga munosabatida bevosita aks etadi.
Tajriba guruhidagi voyaga yetmaganlarda boshqalarning ijobiy munosabatini kutish (p<0.05), o‘ziga
qiziqish (p<0.01), o‘zini qabul qilish (p<0.01), o‘z-o‘ziga rahbarlik qilish ko‘rsatkichlari (p<0.01) nazorat
guruhidagi voyaga yetmaganlar ko‘rsatkichlariga qaraganda, ancha yuqori farqlar orqali ifodalanishi
kuzatildi.
Voyaga yetmaganlarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlaridagi o‘zini hurmatlash (tajriba guruhida-
9,7, nazorat guruhida- 9,5), o‘zini yoqtirish (tajriba guruhida- 9,9, nazorat guruhida- 9,7), o‘ziga ishonish
(tajriba guruhida- 5,6, nazorat guruhida-5,8), o‘zgalardan kutilayotgan yordam (tajriba guruhida -6,1, nazorat
guruhida- 6,3), o‘zini ayblash (tajriba guruhida -5,2, nazorat guruhida- 5,6), o‘ziga qiziqishni ifodalash
(tajriba guruhida- 5,4, nazorat guruhida- 5,2), o‘zini tushunish (tajriba guruhida -3,2, nazorat guruhida-3,4)
ko‘rsatkichlarida sezilarli farqlar bo‘lsa-da, jiddiy farqlar kuzatilmadi.
Tajriba guruhidagilarda ba’zi ko‘satkichlar biroz ustunroq namoyon bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘ziga
ishonish, o‘zini ayblash, o‘zini tushunish va o‘zgalardan kutilayotgan yordam ko‘rsatkichlarida nazorat
guruhidagilarni ko‘rsatkichlariga nisbatan pastroq ko‘rsatkichlar namoyon bo‘lganligi aniqlandi. Bu holatni
jinoyat motivlari shakllanayotgan Voyaga yetmaganlar yoshlar oilasida sog‘lom tarbiyaviy-psixologik
muhitning yo‘qligi, yoshlar tarbiyasi uchun muhim hisoblangan o‘qituvchi, ota-ona va mahalla-guzar
hamkorligining yo‘lga qo‘yilmaganligi, ota-onaning bola tarbiyasidagi befarqligi, natijada milliy-madaniy
muhitda amal qiladigan me’yorlar- itoatkorlik, andishalilik, bir qarorga kelishda doimo yoshi kattalar va
o‘qimishlilar maslahatiga amal qilish, ko‘ngilchanglik, o‘zini aybdor his qilish, o‘ziga tanqidiy baho berish,
o‘zini tushunishda e’tiborlilik kabi xususiyatlarning aynan shunday voyaga yetmaganlarda shakllanmaganligi
bilan izohlash mumkin. Bu xususiyatlar zarur ko‘rsatkichlarni jinoyat motivlari shakllanayotgan voyaga
yetmaganlarda boshqa tengdoshlariga nisbatan pastroq namoyon bo‘lishiga sababdir.
Shunday qilib, biz erishgan natijalarda voyaga yetmaganlar “integral men”ining tuzilmasi va
yunalganligi oila, maktab va mahalla-guzar tarbiyaviy hamkorligi tizimida alohida e’tiborga olinsa, ularning
o‘ziga munosabati faol himoyalanishi va uning hyech qanday tarkibiy qismi (elementi) inkor etilmasligini
yana bir karra isbotlaydi.
Bugungi kunda jamiyatimizda qaror topgan o‘zaro munosabatlar tizimi, barqaror milliy-madaniy
muhit, milliy-psixologik xususiyatlar va uning zamonaviy o‘quv- tarbiya tizimi hamda axborot manbalari,
shu kabi boshqa muhim omillar voyaga yetmaganlar yoshlarning “integral men”ida aks etib, uning “Men”
konsepsiyasini barqaror shakllanishini ta’minlaydi.