• Loyiha ishini bajarishda qo‘llaniladigan uslub va usullar ma’lumot olish uslublari
  • Oz-ozini rivojlantirish texnikasi
  • Loyiha ishini bajarish bosqichlari




    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/266
    Sana23.01.2024
    Hajmi4,29 Mb.
    #143747
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   266
    Bog'liq
    11-son PM Ped Psixolo

    Loyiha ishini bajarish bosqichlari 
    1. Har qanday loyiha muayyan muammoni hal qilishga qaratilgan bo‘ladi. O‘quvchi o‘zining 
    qiziqishiga asoslanib, hal qilinishi zarur bo‘lgan muammoni topishi kerak.
    2. O‘quvchi loyiha maqsadiga erishish uchun vazifalarni va ularni amalga oshirish muddatini 
    belgilaydi. 
    3. Loyiha mahsulotini yaratish va natijaga erishishga alohida e’tibor qaratiladi. Unda rejalashtirish 
    bosqichida belgilangan ishlarni bajarish juda muhimdir. 
    4. O‘quvchi maqsadga erishdimi yoki yo‘qmi, uning o‘zi va bajargan ishi haqida xulosa chiqarishi 
    muhimdir, bu esa kelgusida samaraliroq ishlashga imkon yaratadi. 
    Loyiha ishini bajarishda qo‘llaniladigan uslub va usullar ma’lumot olish uslublari 
    • kuzatish; 
    • tajriba; 
    • o‘lchash; 
    • taqqoslash; 
    • intervyu; 
    • tahlil qilish. 
    ma’lumotlarni qayd etish usullari
     diagramma, grafik, sxema; 
     jadval; 
     xarita; 
     fotosurat, audio va video materiallar; 
     model va prototiplar. 
    O'z-o'zini rivojlantirish texnikasi 
    O'z-o'zini rivojlantirish jarayoni o'ziga xos tarzda qiyin va ilgari bu haqda o'ylamaganlar uchun 
    tushunarsizdir. Ba'zida bu mexanik ravishda sodir bo'ladi, hatto odamning o'zi ham sezmaydi. Ammo 
    samarali natijaga osonroq va tezroq erishishga yordam beradigan o'z-o'zini rivojlantirishning ishlab chiqilgan 
    usullari mavjud. 
    O'z-o'zini anglashning to'g'ri usullarini tanlab, maqsadlaringizga erishish va o'zingizni maksimal 
    darajada oshirish juda oson. Shuning uchun ba'zida o'z sohasidagi mutaxassislardan yoki malakali o’qituvchi 
    murabbiydan yordam so'rash juda muhimdir. 
    Ilmiy tadqiqot sohasida ixtiro yangi eksperimental uskunalar, izlanish vositalari va usullar, modellar 
    va laboratoriyalarni yaratishda namoyon bo‘ladi. Sohalariga qarab yangilikni yaratish ijtimoiy, ilmiy, badiiy, 
    amaliy va boshqa turlarga bo‘linadi. Yangilik ochilsa,u birinchi marta kuzatish ob’ektiga aylansa
    -
    kashfiyot 
    hosil bo‘ladi, agarda oldin mavjud bo‘lmagan tuzilma yaratilsa, unda ixtiro vujudga keladi. O’quvchilarni 
    o’rgatish orqali qiziqarli topshiriqlarni dars jarayonlarida o’quvchilar bilan birgalikda bajarilsa maqsadga 
    erisha olamiz.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida»gi 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qarori 
    • Ushbu qarorga asosan Respublikamizning har bir hududida iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida 
    Prezident maktablari ochildi.
    • Ular STEAM fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan.
    • STEAM — maktab o‘quvchilarini yangi o‘qitish metodikasi bo‘lib, an’anaviy o‘qitish tizimiga 
    muqobil tizim hisoblanadi.
    • U bolalarni bir vaqtning o‘zida Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya), Engineering 
    (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika) bo‘yicha o‘qitish tizimiga asoslangan, bunda 
    o‘quvchilar amaliy va ko‘ngilochar loyihalar mashg‘ulotlari yordamida saboq oladilar.
    STEAM ta’limi texnologiyasi loyihalash metodiga tayangan holda uning asosida bilish va badiiy 
    izlanish yotadi. Bunday izlanish amaliy faoliyat jarayonida bilimlarni olish, so‘ngra ulardan amaliyotda 
    qayta foydalanish, ya’ni o‘yinlarda konstruksiyalar tuzish, texnik ijodiyot elementlarini qo‘llab, bilim olishga 
    oid tadqiqot ishlarida amalga oshiriladi. STEAM ta’limi o‘quvchi yoshlarning rivojlanishini tashqi olam 
    bilan bevosita bog‘laydi. Ma’lumki, tabiiy fanlar atrofimizdagi olam bilan bevosita bog‘liq texnologiya 
    kundalik hayotimizda doimiy ravishda qo‘llaniladi, muhandislik esa uylar, yo‘llar, ko‘priklar va mashina 


    “PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
    31 
    mexanizmlarda o‘z aksini topgan, biror bir kasb, kundalik mag‘ulotlarimiz ozmi-ko‘pmi matematika fani 
    bilan ham bog‘langandir.
    STEAM ta’limi asosida yondashuv o‘quvchi yoshlarga dunyoni tizimli ravishda o‘rganishga, atrofda 
    ro‘y berayotgan jarayonlarni mantiqiy mushohada qilishga, ulardagi o‘zaro aloqani anglab yetishga o‘zi 
    uchun yangi, noodatiy va qiziqarli narsalarni kashf qilishga imkon beradi. Qandaydir yangilikni kutish orqali 
    o‘quvchi yoshlarda qiziquvchanlikni rivojlantiradi, o‘zi uchun qiziqarli masalani aniqlab olishni, yechimini 
    topishning algoritimini ishlab chiqishni, natijalarni tanqidiy baholashni, fikrlashning muhandislik jihatlarini 
    shakllantirishga olib keladi.
    1)Ta’lim berishni o‘quv fanlari bo‘yicha emas, balki mavzular bo‘yicha integratsiyalab olinadi. 
    STEAM ta’limida fanlararo aloqa va loyihalash metodi birlashtirilgan bo‘lib, uning asosida tabiiy fanlarni 
    texnologiyaga, muxandislik ijodiyotiga va matematikaga integratsiya qilish yotadi. Bunda muhandislik bilan 
    bog‘liq kasblarga bo‘lgan tayyorgarlik amalga oshiriladi. 
    2) Ilmiy –texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash. STEAM ta’limida amaliy mashg‘ulotlar yordamida 
    bolalarga ilmiy-texnik bilimlaridan real hayotda foydalanish namoyish qilinadi. Har bir darsda o‘quvchilar 
    zamonaviy industriya modellarini ishlab chiqadi, quradi, va modelini rivojlantiradi. Ular aniq loyihani 
    o‘rganadi, natijada real mahsulotning prototipini yaratadilar.
    3) Tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarni rivojlantirish va muammolarni yechish. STEAM dasturi, bolalar 
    kundalik hayotlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yengishga zarur bo‘ladigan tanqidiy tafakkur va 
    muammolarni yechish ko‘nikmalarni rivojlantiradi.
    Masalan, bolalar tez yuradigan mashina modelini yig‘ishda, so‘ngra uni sinovdan o‘tkazishadi.
    4) O‘quvchi yoshlarni texnologik innovatsion hayotga tayyorlash. STEAM ta’lim o‘quvchi yoshlarni 
    texnologik rivojlangan dunyoda yashashga tayyorlaydi. Keyingi 60 yil davomida texnologiyalar jadal 
    darajada rivojlanadi:Internetning ochilishi(1960), GPS texnologiyalar(1978)dan DNKni skanerlashgacha va 
    albatta Ipod(2001). Texnologiyalar bundan keyin ham rivojlanishda davom etadi va STEAM ko‘nikmalar bu 
    rivojlanishning asosi bo‘ladi.

    Download 4,29 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   266




    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish