|
Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadiBog'liq 11-son PM Ped PsixoloMetodlar. Ma’lumki, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishi kursantlarida aholi bilan muomala,
muloqot, munosabatga kirishishda yuqorida ko‘zga tashlangan qator muammolar yuzaga kelishi ularning
yechimi bilan bog‘liq masalalarni ilgari surish imkoniyatini beradi. Shu nuqtai nazardan olganda
kursantlarda kommunikativ kompetentlikni shakllanganlik darajasini o‘rganish maqsadida L.Mixelson
tomonidan ishlab chiqilgan “Kommunikativ malakalar” testidan foydalanildi. Ushbu metodika kursantlarda
kommunikativ ko‘nikmalar va kommunikativ kompetentlikni shakllanganlik darajasini aniqlashga imkoniyat
yaratadi.
Natijalar. Mazkur metodika tanlab olingan sinaluvchilar guruhida o‘tkazilib, natijalar miqdor va sifat
jihatidan tahlil qilindi. Natijalarni ko‘rgazmali ifodalash maqsadida jadvallarda aks ettirildi.
1-jadval.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishi kursantlarida kommunikativ kompetentlik
komponentlari o‘rtasidagi aloqadorlik
Kommunikativ kompetentlikning
ustuvor strategiyalari
Tobelik
Kompetentlik
Agressivlik
Tobelik
1
-0,06
0,18**
Kompetentlik
-0,06
1
0,07
Agressivlik
0,18**
0,07
1
Jadvalda ko‘rsatilgan natijalarga ko‘ra, sinaluvchilar guruhida kommunikativ kompetentlikning
tarkibiy komponentlari o‘rtasida ahamiyatli aloqadorlik mavjudligi aniqlandi. Natijalarga asoslanib, tobelik
agressivlik bilan yuqori darajada ahamiyatga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi (r=0,18; p≤0,01). Ta’kidlash joizki,
kursantlarda insonlarga nisbatan tobelikning ortib ketishi ularda agressivlikni ham kuchayishiga sabab
bo‘ladi. Ma’lumki, kursantlarda tobelikning ortishi ularda o‘zidan va o‘zgalardan qoniqmaslik hissini yuzaga
keltirishi bilan birga atrofdagilarga nisbatan tajovuzkor munosabatni ham paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu
o‘rinda ta’kidlash joizki, agressivlik insonning salbiy xulq-atvoridan bo‘lib vaziyat va sharoitga qarab turli
shakllarda namoyon bo‘ladi.
Metodika bo‘yicha natijalarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, kompenentlik alohida mustaqil hodisa
sifatida namoyon bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin. Haqiqatdan ham, kompetentli inson har qanday holatda
ham o‘zini o‘zi boshqarishi, nazorat qilishi hamda salbiy ta’sirlarda himoya qila olishi bilan tavsiflanadi.
Bunday toifaga kirgan shaxslar doimo muloqot va munosabatga kirishishlari jarayonida suhbatdoshning har
bir fikrini qo‘llab-quvvatlashlari, diqqat bilan tinglash ko‘nikmalari shakllanligidan dalolat beradi. Shu bois,
ularda muloqot jarayonida o‘zga insonlarga nisbatan tobelik va agressivlik holatlari kuzatilmasligi tabiiy
hisoblanadi.
|
| |