―PEDAGOGIK MAHORAT‖ ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2024, № 2
9
mavjud tizimni har tomonlama
qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‗nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar,
ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.
Tadqiqot obyekti va qo„llanilgan metodlar
. Jamiyat va hayotda sodir bo‘layotgan
yangilanishlar
ta‘lim tizimiga ham yangicha innovatsion yondashuvni, ta‘lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi
integratsiya jarayonlarini yanada tezlashtirishga zamin yaratadi, natijada yangicha innovatsiyalarni ta‘lim
jarayoniga tatbiq etish dolzarb masalalar qatoridan joy oldi. Ta‘lim sifati va samaradorligini oshirishda xorij
tajribalarni o‘rganish, tizimga xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Uzluksiz ta‘lim davlat ta‘lim standartlariga muvofiq ta‘lim oluvchilarda
universal kompetensiyalarni
shakllantirishga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim. Zamonaviy adabiyotlarda ushbu kompetensiyalarni izohlashga
oid bir nechta yondashuvlar mavjud. Xususan, koʻnikmalarning ―hayotiy‖ va ―moslashuvchanlik‖
tushunchalari qoʻllanilmoqda. Ushbu mavzudagi ilmiy ishlarning tahlili tushunchalar mazmun-mohiyatidagi
nozik farqlar, uzluksiz ta‘limda ushbu tushunchalarni qoʻllashning muhim sohalari va foydalanishning
imkoniyatlari haqidagi xulosa chiqarishga yordam beradi.
2022-yilning may oyida Toshkentda ―Oʻquvchilarda hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish: mazmun va
metodika‖ mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Respublika ta‘lim markazi Axborot
xizmati ma‘lumotiga koʻra, 2020-yildan boshlab Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan ilgʻor
xalqaro tajriba
asosida zamonaviy ta‘lim standartlari, oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikasi
va baholash tizimini qamrab
olgan Milliy oʻquv dasturi loyihasi amalga oshirilmoqda. Milliy oʻquv dasturi loyihasi doirasida fanlar
oldiga har bir sinf kesimida oʻquvchida rivojlanishi kerak boʻlgan koʻnikmalar belgilab berildi. Milliy oʻquv
dasturi doirasida 2021- yilda 252 nomdagi yangi zamonaviy darsliklar, oʻquvchi
mashq daftarlari hamda
pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanmalari tayyorlanib, maktablarning 1- va 2-sinflarida joriy qilindi. Milliy
oʻquv dasturi hamda yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash jarayonlarida jami 246 nafar
milliy ekspert, jumladan, 119 nafar maktab oʻqituvchisi, oliy ta‘limdan 105 nafar professor-oʻqituvchi, 22
nafar fan
metodist, shuningdek, YUNICEF, USAID va boshqa xalqaro donor tashkilotlari orqali jalb qilingan
16 nafar xorijiy ekspert ishtirok etmoqda.
Milliy oʻquv dasturi asosida yangilanayotgan oʻquv dasturlarida mavzularning 50 foizi, ya‘ni teng
yarmi amaliy mavzular ekani ahamiyatlidir. Mavzularning amaliyotga yoʻnaltirilishi oʻquvchida hayot uchun
zarur boʻlgan koʻnikma shakllanishi, olingan bilimni hayotda qoʻllay olish imkonini beradi. Xususan, Milliy
oʻquv dasturi uchun 20 ta eng muhim hayotiy koʻnikmalar tayanch kompetensiyalar sifatida tanlab olingan.
Jumladan, fanlar mazmuni hamda yangi oʻquv metodikalar oʻquvchilarda
vatanparvarlik va milliy
qadriyatlarga sadoqat, faol fuqarolik va tashabbuskorlik, ijodkorlik hamda tanqidiy fikrlash, muloqot qilish
koʻnikmalari, IT- va mediasavodxonlik, jamoada ishlash va hayot xavfsizligi, bagʻrikenglik va xayrixohlik,
tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik, mehnatsevarlik hamda liderlik, ekologik madaniyat koʻnikmalari
rivojlanishiga xizmat qiladi.