Olingan natijalar va ularning tahlili




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana29.05.2024
Hajmi0,67 Mb.
#256941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarida hayotiy ko\'nikmalarni rivojlantirish tavsifi

Olingan natijalar va ularning tahlili. 
Ta‘lim sohasidagi Oʻzbekiston davlatining siyosati Oliy ta‘lim 
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining uzluksiz ta‘limning barcha turlarida amalga oshirilishi 
bilan chambarchas bogʻliqdir. Ushbu konsepsiyaning dolzarbligi shu bilan izohlanadiki, raqamli 
iqtisodiyotni tez sur‘atlarda oʻsib borishi bilan kadrlarning doimiy oʻz ustida ishlab borishga zaruriyati 
hamda nafaqat tor doiradagi mutaxassislikka yoʻnaltirilgan koʻnikmalar majmuasiga ega kadrlar, balki keng 
koʻlamli universal kompetensiyalarga ega mutaxassislarga ehtiyojning mavjudligidadir. Universal 
kompetensiyalar hozirda hayotiy va moslashuvchanlik koʻnikmalarga ega boʻlishlik bilan izohlanadi. 
Hayotiy va moslashuvchanlik koʻnikmalarini muhim va tayanch bilim, koʻnikmalar sifatida koʻrib 
chiqiladigan boʻlsa, ular inson uchun oʻzi tanlagan kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatli ishlab ketishiga imkon 
berishini yaqqol koʻrish mumkin. 
Shuningdek, ushbu koʻnikmalarni shakllantirish masalalariga bagʻishlangan ilmiy ishlar mahalliy 
ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlarni yanada boyitadi. Ushbu mavzudagi 2009-2019-yillardagi ilmiy 
maqolalarni tasodifiy izlash natijasida hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish masalalari boʻyicha 
shugʻullangan mualliflarning 46 dan ziyod ilmiy ishlari aniqlandi. Ushbu maqolalarning gʻoyasi uzluksiz 
ta‘lim tamoyili doirasida birlashadi. 
Milliy tizimini yaratishdan iboratdir. Bu esa yuqorida qayd etilgan Konsepsiya ushbu dasturning 
zamonaviy talqindagi mantiqiy davomi ekanligidan dalolat beradi. Chunonchi, dasturning vazifalari sirasiga 
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, 
jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan 
holda qayta qurishga qaratilganligi ta‘lim oluvchilarda hayotiy koʻnikmalarni shakllantirilishi ta‘lim 
jarayonining muvaffaqiyatini belgilaydi. Biroq, bugungi kunda mavjud an‘anaviy ta‘lim tizim, ya‘ni uzluksiz 
ta‘lim tizimida qoʻllanilayotgan oʻquv dasturlari, oʻquv jarayonlari hamda ―kelajak kompetensiyalari‖ da‘vo 
qiladigan talablar oʻrtasidagi jarlik mavjuddir. Bu esa hayotiy koʻnikmalarni uzluksiz ta‘lim tizimga 


―PEDAGOGIK MAHORAT‖ ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2024, № 2 
10 
qoʻllashning yanada dolzarbligini oshiradi. 
Hayotiy koʻnikmalarga ega boʻlinganlikni hech qanday diplom bilan tasdiqlab boʻlmaydi. Bu 
shaxsning kirishimliligi, vazminligi, kreativligi, vaziyatga koʻra moslasha olish, keskin vaziyatlarda oʻzini 
yoʻqotib qoʻymaslik va adekvat ravishda harakatlarini boshqara olishidir. Ushbu koʻnikmalarni chigʻiriqdan 
oʻtkazishda miyaning oʻng katta yarim sharlari (ijodiy) ishlaydi, EQning (emosional intellekt) yuqori 
darajasiga ega boʻlgan ma‘qulroqdir. 
Hayotiy koʻnikmalar kasbiy bilimlardan koʻra, hayotiy bilimlar kabi ifodalanadi. Bu tushuncha 
zamirida esa nomutaxassis faoliyat shakli bilan bogʻliq koʻnikmalar majmui bilan birga kasbga oid sifatlar 
tushuniladi. 
Hayotiy koʻnikmalar insonning toʻgʻridan-toʻgʻri ish harakatlari bilan bogʻliq emas, lekin ushbu 
koʻnikmalar unga oʻz kasbida yuqori mahsuldorlikka erishishga imkon beradi va oʻz oldiga qoʻygan 
vazifalarni nisbatan muvaffaqiyatliroq bajarishiga yordam beradi. Bunda ish beruvchilar bunday 
moslashuvchan koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlarni jon dili bilan ishga qabul qiladilar. Biroq, hozirgi 
davrga qadar har qaysi bir oliy ta‘lim muassasasida (xususan, bizning mamlakatimizda) ushbu koʻnikmalar 
ongli ravishda talabalarga ongiga singdirilmaydi. 
Shu kunga kelib, moslashuvchan yoki hayotiy koʻnikmalarni umumiy tasnifi mavjud emas, chunki 
ushbu koʻnikmalar ta‘rifi doirasida mos keluvchi sifat va koʻnikmalarning aniq miqdori qayd qilinmagan. 
Shuningdek, ushbu koʻnikmalar tafakkurning oʻziga xos xususiyatlari – tezlik, kreativlik, moslashuvchanlik, 
tizimlilik – bilan toʻldiriladi. 
Taraqqiyotni oʻzi nima tezlashtiradi? 
Inson oʻz ustida ishlash yoʻnalishini aniqlagan paytida tanlov yoʻnalishi boʻyicha taraqqiyotga olib 
boruvchi harakatlarni bilishga intiladi. 
Insonni nimalar rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi: 
1. Noaniq maqsadlar, chalkash rejalar, qaysi yoʻnalishda harakatlar olib borish va buni nima uchun 
bajarish kerakligini yetarlicha tushunmaslik. 
2. Oʻz ishida va shaxsiy hayotida nimanidar tubdan oʻzgartirishga tayyoremaslik. 
3. Hali hech kim bajarib koʻrmagan, yangi ishni boshlashga choʻchish. ―Yaxshilab sinalgan yoʻl‖dan 
borishni ma‘qul topish. 
4. Oʻz xatti-harakatlari va erishgan natijalarini mulohaza qilishga vaqt ajratishni xohlamaslik. 
5. Ikkinchi tomonning manfaatdor emasligi. 
Hayotiy koʻnikmalarga xos kompetensiyalar. 
Yuqorida qayd etilganidek, hayotiy koʻnikmalar aniq tasnifga ega boʻlmasa ham, biroq mutaxassislar 
uni toʻrt yetakchi yoʻnalishlarga ajratgan holda oʻrganadilar: 

Download 0,67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish